Yuldashev G‘iyos Turabekovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Dehqonchilikni innovatsion asosda rivojlantirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish masalalari (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2895
Ilmiy rahbar: Mirzaev Qulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar:
Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Abdulloev Asliddin Junaydulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyot sharoitida qishloq xo‘jaligida dehqonchilik sohasini innovatsion asosda rivojlantirish va iqtisodiy samadorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, dehqonchilikni innovatsion asosida rivojlantirishni baholashning iqtisodiy samaradorlik I_D=I_DM/M_DM x100 darajasi ishlab chiqilgan va ularni aniqlash tartibi hududlar xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
hududlarda dehqonchilikni barqaror innovatsion rivojlantirish imkoniyatini yaratuvchi qishloq xo‘jaligi dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashini ta’minlaydigan “Innovatsion dehqonchilik” modeli va mahsulot ishlab chiqarish darajasi 2,5-3 martaga oshishiga hamda soha rentabelligi 65-70 % ga o‘sishi asoslangan;
hududlar xususiyatlarini hisobga olgan holda, yuqori samaradorlikni ta’minlovchi qishloq xo‘jaligi dehqonchilik innovatsiyasiga asoslangan Samarqand viloyati “Dehqonchilik innovatsion hududiy klasteri”ni shakllantirish asosida innovatsion texnologiyalarga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi 30-35 % oshish taklifi asoslangan;
Samarqand viloyatida dehqonchilik mahsulotlarini innovatsion asosda ishlab chiqarish tizimini yaratuvchi 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari asosida dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 52,5 % oshish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik faoliyatini innovatsion asosda rivojlantish va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalari hamda amaliy takliflarni ishlab chiqarishga joriy etilishi bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, dehqonchilikni innovatsion asosida rivojlantirishni baholashning iqtisodiy samaradorlik I_D=I_DM/M_DM x100 darajasi ishlab chiqilgan va ularni aniqlash tartibi hududlar xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha taklifi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabr №05/03-04482-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif etilayotgan ko‘rsatkichlar tizimi respublika va hududlarda dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklarida innovatsion jarayonlarining har tomonlama barcha rarametrlari bo‘yicha hisoblashga hamda ularni iqtisodiyotdagi salmog‘i va o‘rnini to‘g‘ri baholashga imkon beradi;
hududlarda dehqonchilikni barqaror innovatsion rivojlantirish imkoniyatini yaratuvchi qishloq xo‘jaligi dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashini ta’minlaydigan “Innovatsion dehqonchilik” modeli va mahsulot ishlab chiqarish darajasi 2,5-3 martaga oshishi hamda soha rentabelligi 65-70 % ga o‘sishi asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabr №05/03-04482-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi dehqonchiligida innovatsiyalar yaratuvchi jismoniy va yuridik subyektlar ayniqsa, innovatsion byurolar, dehqonchilik tizimida innovatsiya yaratuvchi OTM lar hamda ITM larga asoslangan ilmiy salohiyatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib, dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi 2,5-3 martaga oshishiga hamda soha rentabelligini 65-70% ga o‘sishiga erishiladi;
hududlar xususiyatlarini hisobga olgan holda, yuqori samaradorlikni ta’minlovchi qishloq xo‘jaligi dehqonchilik innovatsiyasiga asoslangan Samarqand viloyati “Dehqonchilik innovatsion hududiy klasteri”ni shakllantirish asosida innovatsion texnologiyalarga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi 30-35 % oshishi bo‘yicha taklifi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabr №05/03-04482-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligining dehqonchilik mahsulotlarini “ishlab chiqarishdan-iste’molchigacha” bo‘lgan zanjir asosida mahsulot ishlab chiqarish innovatsion klasterining tashkiliy tuzilmasi amalga oshirilib, ishlab chiqarish-fan-ta’lim-biznes hamkorligi asosida sohada innovatsion texnologiyalarga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi 30-35 % ga oshishi ta’minlanadi;
Samarqand viloyatida dehqonchilik mahsulotlarini innovatsion asosda ishlab chiqarish tizimini yaratuvchi 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari asosida dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 52,5 % oshishi asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabr №05/03-04482-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, Samarqand viloyatida 2022-yilga nisbatan 2027-yilda dehqonchilik mahsulotlarini innovatsion asosda ishlab chiqarish hajmi 52,5% ga va 2023-yilga nisbatan 24,9 % ga oshishi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan. Shu bilan birga, prognoz rarametrlariga ko‘ra 2027-yilda dehqonchilik mahsulotlarining ishlab chiqarish qiymati 198652,0 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 68369 mlrd.so‘mga oshishi ta’minlangan.