Juraev Alisher Tulqinboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston ta’lim tizimida davlat-xususiy sheriklik: institutsional asoslarining ijtimoiy-falsafiy tahlili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1060
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alimardonov To‘lqin Turdievich siyosiy fanlari doktori(DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Musaev Odil Raxmatovich falsafa fanlari doktori(DSc), professor; Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston yoshlari faoliyatida diniy va dunyoviy madaniyat uyg‘unligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limda davlat-xususiy sheriklikning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish, bunda ijtimoiy ta’sir etuvchi, regulyativ (nazorat qiluvchi), integratorlik (birlashtiruvchi), legitimlik (qonunlashtiruvchi)  funksiyalarining atributiv (ijtimoiy nazorat va jamoaviy birdamlik) kabi jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlar transformatsiyasiga intensiv ijobiy ta’sir etish tamoyillari aniqlangan;
davlat-xususiy sheriklik ta’lim xizmatlarini modernizatsiyalashda zamonaviy ta’lim tizimi amal qilishining “avialiability” - mavjudlik, “accessibility” - qulaylik, “acceptability” - maqbullik, “adabtability” - moslashuvchanlik kabi tamoyillarining jamiyatda shaxsning etarlicha ta’lim olish sharoitlari, sifatli ta’limga ega bo‘lishi, bunda sheriklikning rivojlanish bosqichlari, uning institutsional asoslari, inson huquqlari, erkinliklari va jamiyat rivoji, inson kapitaliga ta’siri ilmiy asoslangan;
zamonaviy ta’lim darajasiga erishishda jahon innovatsion yondashuvlari va tajribalari, davlat-xususiy sheriklikning rivojlanish tendensiyalari, ta’limda milliy qadriyat va an’analarni singdirish, amaliy o‘quv jarayonlarini kengaytirish, tajribaviy loyihalar majmuini yaratishga doir ta’limning milliy falsafasini o‘rganishning ijtimoiy – falsafiy mohiyati ochib berilgan;  
xususiy sektor va nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyati kafolatini ta’minlaydigan aniq, maqsadli va ishonchli mezonlarni o‘rnatish, uni zamon talablari asosida liberallashtirish hamda normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy xulosalarning konstruktiv mohiyati falsafaning sabab va oqibat kategoriyasi prizmasi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston ta’lim tizimida davlat-xususiy sheriklik: institutsional asoslarining ijtimoiy-falsafiy tahlili” tadqiqot natijalari asosida:
     ta’limda davlat-xususiy sheriklikning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish, bunda ijtimoiy ta’sir etuvchi, regulyativ (nazorat qiluvchi), integratorlik (birlashtiruvchi), legitimlik (qonunlashtiruvchi)  funksiyalarining atributiv (ijtimoiy nazorat va jamoaviy birdamlik) kabi jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlar transformatsiyasiga intensiv ijobiy ta’sir etish tamoyillariga ga oid amaliy tavsiya, xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil yanvar va iyun oylaridagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 2-iyuldagi 04-36-799-sonli dalolatnomasi). Natijada, “Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” va “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” g‘oya va tamoyillarini targ‘ib qilishga qaratilgan qator ko‘rsatuv va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash hamda ularning senariylarini ishlab chiqishga muayyan darajada xizmat qilgan;
davlat-xususiy sheriklik ta’lim xizmatlarini modernizatsiyalashda zamonaviy ta’lim tizimi amal qilishining “avialiability” - mavjudlik, “accessibility” - qulaylik, “acceptability” - maqbullik, “adabtability” - moslashuvchanlik kabi tamoyillarining jamiyatda shaxsning etarlicha ta’lim olish sharoitlari, sifatli ta’limga ega bo‘lishi, bunda sheriklikning rivojlanish bosqichlari, uning institutsional asoslari, inson huquqlari, erkinliklari va jamiyat rivoji, inson kapitaliga ta’sirini aniqlashga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturining “Ta’limda ijtimoiy tenglik” qismining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 5-iyuldagi 1-262-sonli dalolatnomasi). Natijada, partiya ijtimoiy-siyosiy mafkurasining asosiy qadriyati hisoblangan “ta’limda ijtimoiy tenglikni ta’minlash mamlakatimizda demokratik jamiyatni shakllantirishning muhim omili” ekanligiga oid mezonlarni ishlab chiqishga samarali xizmat qilgan.
zamonaviy ta’lim darajasiga erishishda jahon innovatsion yondashuvlari va tajribalari, davlat-xususiy sheriklikning rivojlanish tendensiyalari, ta’limda milliy qadriyat va an’analarni singdirish, amaliy o‘quv jarayonlarini kengaytirish, tajribaviy loyihalar majmuini yaratishga doir ta’limning milliy falsafasini o‘rganishning ijtimoiy – falsafiy mohiyatini  ochib berishga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining elektorat manfaatlari yo‘lidagi amaliy faoliyatida, partiyadan saylangan deputatlar faoliyatini amalga oshirish jarayonida hamda partiya tomonidan o‘tkaziladigan siyosiy o‘quv soatlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 5-iyuldagi 1-262-sonli dalolatnomasi). Natijada, mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan partiya saylovoldi dasturini ishlab chiqishga hamda partiyaning amaliy faoliyatini samarali tashkil etishga yordam bergan.
xususiy sektor va nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyati kafolatini ta’minlaydigan aniq, maqsadli va ishonchli mezonlarni o‘rnatish, uni zamon talablari asosida liberallashtirish hamda normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy xulosalarning konstruktiv mohiyatini falsafaning sabab va oqibat kategoriyasi prizmasi asosida aniqlashtirishga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘ibotining 10-bandi “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” g‘oyasini aholi ongiga chuqur singdirish hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy va targ‘ibot ishlarni tashkil etish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 12-iyuldagi 10/24-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini jonlantirish, taraqqiy ettirish va ta’lim sohasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish