Tuychiev Adxamjon To‘xtaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirish metodikasi” (texnika oliy o‘quv yurtlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped1406.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘ilxon Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tursuniv Xusanboy Burgutovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tilini o‘qitishda tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirishga doir amaliy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarining tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirishga qaratilgan asosiy mezonlar: rejalashtirishga tayyorlik (readiness for planning), fikrlashning moslashuvchanligi (flexibility of thinking), qat’iyatlilik (persistency), xatolarni tuzatishga tayyorlik (willingness to correct mistakes), metakognitivlik (metacognition), murosali echimlarni izlash (search of compromise solutions) xususiyatlari orqali aniqlashtirilgan;
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarida tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirish jarayonida Umumevropa tillarni egallash CEFR kompetensiyasi talablari asosida texnika oliy o‘quv yurtlari ingliz tili darslarida Critical reading (predicting, scanning, skimming, analyzing, interpreting, evaluating)texnikasidan foydalanish yordamida talabalarning tanqidiy fikrlash malakalari rivojlantirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarning tanqidiy fikrlash modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida texnik yo‘nalishlarga mos autentik materiallar, jamoaviy va guruh bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar, o‘yinli mashqlar texnologiyasi; elektron ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish; taqqoslash, umumlashtirish, xulosa qilish, baholash, qaror qabul qilish va xulosa chiqarish kabi ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan usullarga ingliz tili darslarida ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tilini o‘qitishda tanqidiy fikrlashga o‘rgatishning mazmuni, fikrlash operatsiyalari (analysis, synthesis, comparison, classification), fikrlash shakllari (independence, creativity, reasoning)ni amaliyotga kiritish, shuningdek, ingliz tili fani o‘qituvchilarining mazkur faoliyatni amalga oshirishga tayyorgarlik holatini aniqlashga qaratilgan amaliy-metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslarida texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarining tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirishga doir ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarining tanqidiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy mezonlar: rejalashtirishga tayyorlik (readiness for planning), fikrlashning moslashuvchanligi (flexibility of thinking), qat’iyatlilik (persistency), xatolarni tuzatishga tayyorlik (willingness to correct mistakes), metakognitivlik (metacognition), murosali echimlarni izlash (search of compromise solutions) asosida ishlab chiqilgan autentik materiallaridan Namangan davlat universitetida 2018-2021 yillarda bajarilgan “O‘zbekiston oliy ta’limi jarayonini modernizatsiyalash va xalqarolashuvini rivojlantirish (561624-EPP-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE (2015-3722/001-001) nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillar instituti 2023-yil 13-yanvar 008-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tanqidiy fikrlash va mulohaza yuritish jarayonini belgilovchi aqliy operatsiyalarni o‘z ichiga olgan: maqsadni belgilash, muammoni aniqlash, farazlarni ilgari surish, dalillarni keltirish va asoslash, muqobil nuqtai nazarlarni qabul qilish yoki rad etish kabi ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarida tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirish jarayonida Umumevropa tillarni egallash CEFR kompetensiyasi talablari asosida texnika oliy o‘quv yurtlari ingliz tili darslarida Critical reading texnikasini muqobil usuli sifatida talabalarning tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirish va takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan metodlar bo‘yicha tavsiyalardan Namangan davlat universitetida 2018-2021 yillarda bajarilgan “O‘zbekiston oliy ta’limi jarayonini modernizatsiyalash va xalqarolashuvini rivojlantirish (561624-EPP-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE (2015-3722/001-001) nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillar instituti 2023-yil 13-yanvar 008-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, tanqidiy fikrlashning tarbiyaviy konsepsiyasi sifatida Sharq va G‘arb madaniyatlariga asoslangan ko‘rsatmalarni o‘rganish va ularni tahlil qilishga doir ma’lumotlari ta’lim mazmuniga singdirilgan;
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tilini o‘qitishda tanqidiy fikrlash modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida ijodiy faoliyatlar: autentik matnlar va materiallar, jamoaviy va guruh bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar, fikrlashni rivojlantirishga oid o‘yinli mashqlar texnologiyasi, elektron ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda taqqoslash, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa qilish, baholash, qaror qabul qilish va xulosa chiqarish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan usullar « English for Civil Engineering studens» nomli o‘quv qo‘llanmada taqdim etilgan didaktik materiallar ingliz tili darslarida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i asosida berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarga ingliz tilini o‘qitishda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv komponentlar va uning mexanizmlari takomillashtirilgan;
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tilini o‘qitishda tanqidiy fikrlashga o‘rgatishning tuzilmaviy modeli, fikrlash operatsiyalari (tahlil, sintez, taqqoslash, tasniflash), fikrlash xususiyatlari mustaqillik, kreativlik komponentlarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, OTM ingliz tili fani o‘qituvchilarining mazkur faoliyatni amalga oshirishga tayyorgarlik holatini aniqlashga qaratilgan tavsiyalar va ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DMning 2024 yil fevral va aprel oylaridagi «O‘zbekiston yoshlari», «Ta’lim va taraqqiyot», «Bolalar va biz» ko‘rsatuvlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va senariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalining 2024 yil 4 apreldagi 04-36-449-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga ingliz tilini o‘qitishda tanqidiy fikrlashni samarali rivojlantirishga va texnika oliy o‘quv yurtlari ingliz tili fani o‘qituvchilarining mazkur sohadagi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ma’lumotlar ommalashtirilgan.