Nuriddinov Ziyoviddin Zayniddin o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzumning (Vitis vinifera) mahalliy Parkent va Soyaki navlarining hosildorligi va mahsulot sifatini oshiruvchi agrotexnik tadbirlarni takomillashtirish (Parkent tumani sharoitida)”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1395.
Ilmiy rahbar: Sultonov Komolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Xasan Chutboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ochildiev O‘tkir Ollanazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Parkent tumanining tog‘oldi adirliklari sharoitida uzumning mahalliy Parkent va Soyaki navlarining agrobiologik xususiyatlarini tadqiq qilish, ularning hosildorligi va mahsulot sifatini oshiruvchi agrotexnik tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzumning mahalliy Parkent va Soyaki navlarini agrobiologik va texnologik xususiyatlarini baholash asosida ularni Parkent tumanining tog‘oldi adirliklarida universal navlar sifatida etishtirish istiqbolli ekanligi isbotlangan;
3,0×3,0 m ekish sxemasida uzumni Parkent navining novda hosil qiluvchanlik xususiyati va novdalarining rivojlanish ko‘rsatkichlari eng yuqori (K11,2; K20,41) bo‘lishi aniqlangan;
Parkent tumanining tog‘oldi adirliklarida uzumni Parkent navining eng yuqori (286,6 s/ga) hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari (sharbat chiqishi 76,1%, qanddorligi 23,1%) 3,0×3,0 m ekish sxemasida ta’minlanishi aniqlangan;
uzumni mahalliy Parkent navini bir elkali kordon usulida o‘stirishda eng yuqori tugish va hosil tuguvchanlik koeffisienti (K11,2 va K20,39) ta’minlanishi aniqlangan;
uzumni mahalliy Parkent navini bir elkali kordon usulida o‘stirishda uzumni eng yirik (405,8 g) uzum boshlar, yuqori mahsuldorlik (23,5 kg/tup) va hosildorlik (260,6 s/ga) olinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parkent tumanining tog‘oldi adirliklari sharoitida uzumning mahalliy Parkent va Soyaki navlarining agrobiologik xususiyatlarini tadqiq qilish, ularning hosildorligi va mahsulot sifatini oshiruvchi agrotexnik tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Uzumchilikka ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun «Parkent tumanining tog‘oldi adirliklari sharoitida uzumning mahalliy navlariga kordon usulida shakl berish» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-397-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer va dehqon xo‘jaliklarida Parkent tumanining tog‘oldi adirliklari sharoitida uzumning mahalliy navlariga kordon usulida shakl berishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Toshkent viloyati Parkent tumanining tog‘oldi adirliklari sharoitida uzumning yo‘qolib borayotgan Parkent va Soyaki navlari tokzorlarini qayta tiklash ishlanmasi Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Islomxo‘ja plyus Kamron” fermer xo‘jaligida 0,5 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-397-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida uzumning yo‘qolib borayotgan yuqori sifatli universal Parkent va Soyaki navlari tokzorlari 2023 yilda 0,5 gektar maydonda barpo etilgan. Ushbu tokzorlardan sanoat hosilini 2025 yildan ola boshlash ko‘zda tutilgan. Bunda maydon birligidan Parkent navidan 25 tonnadan, Soyaki navidan 20 tonnadan ortiq, yuqori sifatli sharbat va madera tipidagi sharob olish imkonini beruvchi sifatli hosil olish va rentabellik darajasini 50% dan oshirish rejalashtirilgan;
Parkent va Soyaki navlari tokzorlarini ilmiy asoslangan – 3×3 m ekish sxemasida barpo qilish ishlanmasi Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Zafar ota” fermer xo‘jaligida 0,8 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-397-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tokzor to‘liq hosilga kirganda (2026 yilga borib) Parkent va Soyaki navlarining hosildorligini an’anaviy 4,0×3,0 m ekish sxemasiga nisbatan 20-25% gacha, rentabellik darajasini 50% dan oshirish mumkinligi ilmiy asoslangan;
Parkent navi tokzorlariga bir elkali kordon usulida shakl berish ishlanmasi Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Boyqozon Shokir” fermer xo‘jaligida 0,6 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-397-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy kalta zangli elpig‘ichsimon shakl berishga nisbatan 2,7 tonna ko‘proq hosil olindi, iqtisodiy samaradorlik 48,1% ni tashkil etgan.