Seilbekov Ruslan Baxitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston sharoitiga mos behi (Cydonia Oblonga Mill) navlarini tanlash va ko’chatlarini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx665
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Juraev Erkin Baxtiyorovich, qishloq xoʻjaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi behi navlarining xo’jalik-biologik xususiyatlarini o’rganish, istiqbolli navlarni tanlash hamda standart ko’chat tayyorlashda maqbul payvandtag tipi va payvandlash muddatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlim sharoitida behini 18 ta navlaridan yuqori agrobiologik xususiyatiga ega “Non behi”, “Xorazm noksimon behisi” va “Yablokovidnaya” navlari ajratib olingan;
behidan yuqori hosil olishda “Xorazm noksimon behisi” (208,1 s/ga), “Savxoznaya” (207,6 s/ga) va “Non behi” (207,4 s/ga) navlaridan foydalanishni ilmiy tavsiya berilgan;
maydon birligidan Quince C (66,9 ming dona), Quince A (66,3 ming dona) va BA-29 (65,2 ming dona) payvandtaglarida yuqori standart ko’chat chiqishi aniqlangan;
eng baland bo’yli behi ko’chat kurtak usulida payvandlashda 10 avgust muddatida (104,8 sm) shakllangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Behi navlarining xo’jalik-biologik xususiyatlarini o’rganish hamda ko’chat etishtirishda payvadtag tiplari va payvandlash muddatlarning ta’siri bo’yicha tadqiqotlar natijasida:
tanlab olingan behining serhosil “Non behi”, “Xorazm noksimon behisi” va “Yablokovidnaya” navlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Amu-anorlari” MChJning 1 gektar, Kegeyli tumanidagi “Sultanbek bag‘man” fermer xo’jaligining 1 gektar, Xojeli tumanidagi “Zulfrya Tadbirkor Ayol” fermer xo’jaligining 1 gektar, jami 3 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2024 yil 16 apreldagi 03/03-1513-son ma’lumotnomasi). Natijada behining “Non behi” (237,3 s/ga), “Xorazm noksimon behisi” (208,1 s/ga), “Sovxoznaya” (207,6 s/ga), “Aromatnaya” (199,1 s/ga), “Otlichnisa” (195,2 s/ga) va “Yablokovidnaya” (192,8 s/ga) navlarida bo’lib, behining “Non behi” navidan – 52,4 mln. so’m, “Xorazm noksimon behisi” navidan – 45,6 mln. so’m hamda “Yablokovidnaya” navidan – 41,3 mln. ming so’m yuqori daromad olish mumkinligi ilmiy asoslangan. Bu esa maydon birligidan behining “Non behi”, “Xorazm noksimon behisi” va “Yablokovidnaya” navlaridan 54-25% samaradorlikka erishilgan.
Behi ko’chatlarini etishtirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “Gulziy” hamda Nukus tumanidagi “Aygira Zarafshan” fermer xo’jaliklarining jami 2 gektar maydonida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2024 yil 16 apreldagi 03/03-1513-son ma’lumotnomasi). Natijada, behi ko’chatini “Quince C”, “Quince A” va “BA-29” payvandtaglari qalamchalarini 70×20 sm ekish sxemasida payvandustni 20 iyuldan 10 avgustgacha payvandlashda “Yovvoyi behi” urug‘idan ko’paytirilganga nisbatan 42,3-40,1 foizga yuqori standart ko’chatlar olinganligi hamda “BA-29” payvandtagda – 541,8 mln. so’m, “Quince C” payvandtagda – 557,5 mln. so’m va “Quince A” payvandtagda – 551,8 mln. so’m foyda ko’rilgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish