Musaev Iskandar Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlardagi uzumning biogeokimyoviy xossalarini o‘zgarishi», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V1223.
Ilmiy rahbar: Turdaliev Avazbek Turdalievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fargʻona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor; Mansurov Sherali Siddiqovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Farg‘onada shakllangan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy, geokimyoviy, biogeokimyoviy xususiyatlari, agroekologik holatini sug‘orma dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishini aniqlash hamda uzum yetishtirishda tuproqdan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning morfologiyasi, fizik, kimyoviy va agroekologik xususiyatlarining hozirgi holatiga ko‘ra ularning sug‘orma dehqonchilik ta’sirida yangi o‘zlashtirilgan → yangidan sug‘oriladigan → eskidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar tomon o‘zgarayotganligi aniqlangan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar tarkibidagi makro-, mikroelementlar, og‘ir metallar, metalloidlarning akkumulyasiyalanishi va migratsiyalanishi natijasida tuproqlarni og‘ir metallar va metalloidlar bilan ifloslanishi ilmiy asoslangan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida uzumning Saperavi, Xindogni, Bayan shirey navlarini biogumus bilan o‘g‘itlash va bargidan oziqlantirish natijasida nazoratga nisbatan hosildorlik Saperavi navida 44,7%, Xindogni navida 72,01 % va Bayan shirey navida 39,93% ga ortishi isbotlangan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda yetishtirilayotgan uzum organlaridagi kimyoviy elementlarning akkumulyasiya, differensiatsiyasi, hosildorligi hamda biologik singdirish koeffisientlari aniqlangan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda og‘ir metallar va metalloidlarning xavflilik darajasi bo‘yicha baholangan va As>Ni>Zn>Sb>Co qatorida kamayib borishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlardagi uzumning biogeokimyoviy xossalarini o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona viloyatidagi yangi o‘zlashtirilgan, yangidan va eskidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlari, geokimyoviy xossalari va ularda yetishtirilgan uzumning biogeokimyoviy xususiyatlari hisobga olingan holda kimyoviy elementlarning fon miqdorlari “FERGANA FRANCE” MChJning 220 gektar yer maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/05-02-868-son ma’lumotnomasi). Natijada, hudud tuproqlari va uzum navlarini tavsiflash, tuproq-ekologik monitoringi ishlari olib borish, uzum mevalari sifatini baholash hamda tuproqlarni o‘g‘itlash va unumdorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilash imkonini bergan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar tarkibidagi og‘ir metallar va metalloidlar miqdorlari, ularning migratsiyasi, differensiatsiyasi, akkumulatsiyasi, biologik singdirish koeffisientlari, tuproqlarni ekologik xavflilik darajalari hisobga olinib, tayanch hududning 1:5000 masshtabli tuproqlarni ekologik jihatdan baholash kartogrammasi “FERGANA FRANCE” MChJning 220 gektar yer maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil8-oktyabrdagi 05/05-02-868-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda uzumdan ekologik toza mahsulot olishda, tuproqlarni agroekologik jihatdan baholashda, ekologik meliorativ holatini yaxshilashda va rekul`tivatsiya tadbirlarini ishlab chiqishda asos sifatida xizmat qilgan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda uzumning Saperavi, Xindogni, Bayan Shirey kabi texnik navlarini yetishtirish bo‘yicha dala tajribalari natijalari asosidagi yangi agrotexnologiyalarga asoslangan “Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda uzum etishtirish” nomli tavsiyanoma viloyatning uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/05-02-868-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning xossa-xususiyatlarini yaxshilash va uzumdan yuqori hosil yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda uzumning Saperavi, Xindogni, Bayan Shirey kabi texnik navlaridan yuqori va sifatli hosil olish maqsadida “FERGANA FRANCE” MChJ dala maydonlarida o‘tkazilgan dala tajribalari asosida uzumning texnik navlariga mineral, organik o‘g‘itlarni qo‘llash va bargdan oziqlantirishning maqbul me’yorlari “FERGANA FRANCE” MChJning 220 gektar yer maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/05-02-868-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzum navlaridan nazorat (o‘g‘isiz) variantiga nisbatan Saperavi navidan 33,8 s/ga, Xindogni navidan 41,3 s/ga  va Boyan Shirey navidan 36,6 s/ga qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish