Ismailova Muxayyo Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Spazmolitik ta’sirga ega «Simverin» tabletkasi texnologiyasini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Far97.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sotimov G‘ayrat Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oshqozon – ichak traktining funksional kasalliklarini davolash uchun kombinirlangan tabletka preparatini innovatsion texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor drotaverin gidroxlorid hamda suyuq agregat xolatdagi simetikon substansiyalari asosida keng qamrovli, spazmolitik ta’sirga ega kombinirlangan tabletka tarkibi hamda texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor tavsiya qilinayotgan kombinirlangan tabletkaning sifatiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganilib, sifat va miqdor ko‘rsatkichlari me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi isbotlangan;
in vitro va in vivo usullarida olib borilgan eksperimental tadqiqotlar asosida tavsiya etilayotgan tarkib va texnologiyada olingan «Simverin» kombinirlangan tabletkalarining yuqori biosamaradorlikga ega ekanligi  aniqlangan;
«Simverin» tabletkasining spazmolitik ta’siri va xavfsizligi aniqlangan va uning samaradorligi solishtirma preparat «Meteospazmil»dan kam emasligi tajribalarda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Spazmolitik ta’sirga ega «Simverin» tabletkasi texnologiyasini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Spazmolitik ta’sirga ega bo‘lgan vositani olish usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (№FAP 2565, 17.08.2024 y.). Natijada, drotaverin gidroxlorid va simetikon asosida yangi kombinirlangan tabletkalarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Simverin» kombinirlangan tabletkasi uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» Davlat muassasasining 2024 yil 17 sentyabrdagi №41/11-12243-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu korxona farmakopeya maqolalarining tasdiqlanishi spazmolitik ta’sirga ega dori preparatlarini ishlab chiqarish va tibbiyotda qo‘llash imkonini beradi;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlari natijasida «Simverin» kombinirlangan tabletkalarining spesifik faolligi va o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli spazmolitik ta’sirga ega zararsiz dori preparatining samaradorligini isbotlash imkonini bergan;
«Simverin» kombinirlangan tabletkasi uchun tajriba sanoat reglamenti «Radiks» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 2183442-06-24). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida spazmolitik dori preparati uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish