Zufarova Zuxra Xabibullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega dori shakllari texnologiyasini ishlab chiqishning va muvofiqlashtirishning texnologik aspektlari», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1. DSc/Far35.
Ilmiy maslahatchi: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Zarifa Alimjanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Mamatxanova Muniraxon Axmatxon qizi, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kauxova Irina Evgen`evna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar asosida qattiq va yumshoq dori shakllarini muayyan tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish va muvofiqlashtirishning texnologik aspektlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yallig‘lanishga qarshi ta’sir qiluvchi «Ketomaks» va «Asrutas» tabletkalarining optimal tarkibi tanlangan va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor eksperimentlarni matematik rejalashtirish usulidan foydalanib «Glas» kapsulasining tarkibi ilmiy asoslangan va ushbu dori shaklini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
nosteroid yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega «Ketoprofen» gelining tarkibi takomillashtirilgan va uning asosida texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tarkibida glisirrizin kislotasining monoammoniyli tuzini saqlagan kombinirlangan tarkibli «Glilagin» va «Salas» gellari uchun yordamchi moddalar kompleksi tajribalar asosida tanlab olingan va ularga asosan yumshoq dori turlarining texnologiyasi yaratilgan;
«Ketoprofen», «Glilagin» va «Salas» gellarining struktura-mexanik xossalarini o‘rganishda qayta tiklanishini ta’minlovchi tiksotroplik xususiyati borligi isbotlangan;
ishlab chiqilgan gellarning osmotik va adsorbsion faolligini o‘rganish natijasida ularni yara jarayonining turli fazalarida qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
biofarmatsevtik tadqiqotlar natijasida kapsula va tabletka shaklida ishlab chiqilgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalar uchun “Eruvchanlik” sinovini o‘tkazish sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega dori shakllari texnologiyasini ishlab chiqishning va muvofiqlashtirishning texnologik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ketoprofen» geli uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-18243068-2945-2021). Ushbu korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi gel shaklidagi mahalliy qo‘llaniladigan dori preparatlarning assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Ketomaks» tabletkasi uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-15745533-4951-2022). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi nosteroid yallig‘lanishga qarshi ta’sirli qattiq dori shaklidagi preparatni olish imkonini bergan;
«Ketoprofen» geli va «Ketomaks» tabletkasi O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasi tomonidan ro‘yhatdan o‘tkazilgan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M №01033/09/16 va №04118/05/22 guvohnomalar). Mazkur preparatlarning ro‘yhatdan o‘tkazilishi ularni mahalliy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Ketomaks» tabletka dori shakli uchun tajriba sanoat reglamentlari «SAMO» MChJ korxonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR RUz-42-2942/15745533-4951-2022). Mazkur xujjatning tasdiqlanishi natijasida «Ketomaks» tabletkasi uchun me’yoriy xujjatlar o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.
«Ketoprofen» gel dori shakli uchun tajriba sanoat reglamentlari «Radiks» MChJ korxonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 42 Uz-03873-18243068-4180-2024). Mazkur xujjatning tasdiqlanishi natijasida nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositasi uchun me’yoriy xujjatlar o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.