Normahmatov Bektosh Xujaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft va gaz sanoatining burg‘ulash qorishmalari uchun modifikatsiyalangan kompozit tarkibli stabillovchi reagentlarni ishlab chiqarish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3594.
Ilmiy rahbar: Bozorov Otabek Nashvandovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz sanoatining burg‘ulash qorishmalari uchun modifikatsiyalangan kompozit tarkibli stabillovchi reagentlarni ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terak, pavlovniya, qamish, hamda paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilari asosida Na-KMSning turli markalaridan modifikatsiyalangan stabillovchi burg‘ulash qorishmalari olingan va ularni optimal nisbatlari va fizik –kimyoviy, mexanik xossalari aniqlangan;
 terak, pavlovniya, qamish, hamda paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilari asosida olingan PASning neft va gaz qazib olishda qo‘llashning optimal miqdori topilgan va xossalari aniqlangan;
mutloq quruq KMS loy eritmasining suv yoʻqotilishi, uning massa ulushi 0,75 (asosiy modda uchun hisoblanganda) sm3 /daqiqada stabillovchi xususiyatlarga ega bo’lishi tadqiqoti va tahlil natijalari aniqlangan;
neft va gaz sanoatining burg‘ulash qorishmalari uchun modifikatsiyalangan stabillovchi reagentlarni olish yo’riqnomasi ishlab chiqilgan;
neft va gaz sanoatining burg‘ulash qorishmalari uchun modifikatsiyalangan kompozit tarkibli stabillovchi reagentlarni olish texnologiyasini prinsipial sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli mahalliy xom ashyolar asosida olingan Na-KMS hamda PAS reagentlarining modifikatsiyalangan stabillovchi burg‘ulash qorishmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
terak, pavlovniya, qamish hamda paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilari asosida olingan Na-KMSning turli markalaridan modifikatsiyalangan stabillovchi burg‘ulash qorishmalarini olish texnologiyasi “INNOVATIVE ChEMICAL TEChNOLOGIES” MChJda amaliyotga joriy etilgan (Sho‘rtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2023 yil 14 iyuldagi P05/EM-1789-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xom ashyolar asosida kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza va undan Na-KMS hamda PAS markalarini olish imkonini bergan;
burg‘ulash qorishmalari uchun mahalliy xomashyolar asosida olingan Na-KMS va PAS markali stabillovchi reagentlar “INNOVATIVE ChEMICAL TEChNOLOGIES” MChJda amaliyotga joriy qilingan (Sho‘rtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2023 yil 14 iyuldagi P05/EM-1789-son ma’lumotnomasi). Natijada, burg‘ulash qorishmalari uchun mahalliy xomashyolar asosida olingan stabillovchi reagentlar neft va gaz qazib olishda samarali natijalar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish