Jiyanova Sayyora Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida texnik va toza kremniy olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llanilishi», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4583.
Ilmiy rahbar: Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor; Shukurov Dilmurod Xursanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy kvars qumlaridan metallotermiya usulida texnik va toza kremniy olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy kvars qumlarining tarkibi zamonaviy analiz usullarida aniqlanib, ularni boyitish usullari ishlab chiqilgan va boyitilgan kvars qumlari tarkibidagi kremniy oksiddan texnik kremniy olishning maqbul sharoitlari magniyotermiyada reaksiyaning maqbul harorati 800°C, boshlang‘ich moddalarning mol nisbati Mg:SiO2=2:1 bo‘lishi, aralash usulda maqbul harorat 1800°C va boshlang‘ich moddalarning mol nisbati Al:Mg:SiO2=1:0,2:1,33 bo‘lishi aniqlangan;
mahalliy kvars qumlaridan magniyotermiya usulida 75% unumdagi va 94% tozalikdagi, aralash usulda 99,24% va 80,48% tozalikdagi texnik kremniy olingan;
magniyotermik usullarda texnik kremniy olish jarayonida hosil bo‘ladigan magniy silisiddan toza kremniy olishning samarador usullari qo‘llanilib, 99,417% tozalikdagi kremniy olingan va toza kremniy olish usuli ishlab chiqilgan;
mahalliy kvars qumlari tarkibidagi kremniy oksiddan metallotermik usullarda olingan texnik va toza kremniyning tozalik darajasi rentgen fazali, emission yarimmiqdoriy, rentgen-flouressent, SEM, element tahlil kabi fizik-kimyoviy tahlilning zamonaviy usullari yordamida isbotlangan;
mahalliy kvars qumlari tarkibidagi kremniy oksiddan texnik va toza kremniy olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va olingan kremniydan magnetron changlatish usulida kremniyli qatlam olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy kvars qumlari asosida texnik va toza kremniy olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy kvars qumlari tarkibidagi kremniy oksiddan texnik va toza kremniy olish texnologiyasi “FOTON” AJda amaliyotga joriy etilgan (“FOTON” AJning 08.05.2024 yildagi 100-sonli ma’lumotnomasi; Uzeltexsanoatning 10.05.2024 yildagi 04-3/651-sonli xati). Natijada, kvars qumlaridan texnik va toza kremniy olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida olingan texnik va toza kremniy “FOTON” AJda kremniyli qotishmalar va kremniyli plyonkalar olish uchun amaliyotga joriy qilingan (“FOTON” AJ ning 08.05.2024 yildagi 100-sonli ma’lumotnomasi; Uzeltexsanoatning 10.05.2024 yildagi № 04-3/651 sonli xati). Natijada, kvars qumlaridan olingan texnik kremniydan kremniyli qotishmalar hamda polikristall kremniy asosida kremniyli plyonkalar olish imkonini bergan.