Esemuratov Alisher Izbasarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Migrantlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmlarini
takomillashtirish masalalari”, 12.00.13 – Inson huquqlari (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu828
Ilmiy rahbar: Isoqov Luxmonjon Xolboevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, DSc.39/30.11.2020.Yu/S.128.01
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Turgunov Murodjon Tursunbaevich, yuridik fanlar doktori, professor Yuldashev Djaxongir Xayitovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi migrantlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish va ularning mehnat huquqlarini ta’minlash jarayonlarini tartibga solishga doir masalalar yuzasidan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish zarurati asoslab berilgan;
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirishga oid davlat xizmatlari yashash joyida ko‘rsatilishini istagan fuqarolar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va immigrantlar (chet el fuqarolari, fuqaroligi yo‘q shaxslar va ularning qonuniy vakillari) ham, bunday xizmatlardan foydalanish uchun “Call-markaz”ga murojaat qilishlari mumkinligi isbotlab berilgan;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh migrantlarni dehqon xo‘jaligini yuritish uchun er uchastkalarini ijaraga berish tartibni joriy etishlishi yosh mehnat migrantlarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirilishi asoslantirilgan.
Xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari ro‘yxatiga kiritilgan yoshlarga ochiq elektron tanlov orqali ularga er uchastkalarini ajratishda soddalashtirilgan tartibni joriy etishlishi xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarining tadbirkorlik sohasida reintegratsiyasi uchun qulay sharoit yaratilishi isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Migrantlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmlariga doir olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish va ularning mehnat huquqlarini ta’minlash jarayonlarini tartibga solishga doir masalalar yuzasidan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 apreldagi PF-59-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Vazirlar Mahkamasining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va konsullik muassasalaridagi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe faoliyatini tashkil etish tartibining 1.4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2024 yil 18 maydagi 03/01-07/4204-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilgan;
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirishga oid davlat xizmatlari yashash joyida ko‘rsatilishini istagan fuqarolar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va immigrantlar (chet el fuqarolari, fuqaroligi yo‘q shaxslar va ularning qonuniy vakillari) ham, bunday xizmatlardan foydalanish uchun “Call-markaz”ga murojaat etish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 31 iyuldagi 321-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning” ma’muriy reglamentining 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining 2024 yil 26 sentyabrdagi 12/1-390-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mamlakatimizdagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda migratsiya sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratishga asos bo‘lgan;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh migrantlarni dehqon xo‘jaligini yuritish uchun er uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yildagi 28 iyuldagi 320-son Qarorining 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining 2024 yil 26 sentyabrdagi 12/1-390-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi xorijdan qaytib kelgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan mehnat migrantlarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratgan.
Xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari ro‘yxatiga kiritilgan yoshlarga ochiq elektron tanlov orqali ularga er uchastkalarini ajratishda soddalashtirilgan tartibni joriy etish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yildagi 28 iyuldagi 320-son Qarorining 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining 2024 yil 26 sentyabrdagi 12/1-390-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarining tadbirkorlik sohasida reintegratsiyasi uchun qulay sharoit yaratilishiga xizmat qilgan.