Muxitdinova Jamilaxon Ruslanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Texnologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda ijodiy-ijtimoiy faollikni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2264.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01.
Rasmiy opponentlar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Qurbonova Baxtixon Quchqarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy-ijtimoiy faolligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning ijodiy-ijtimoiy faolligi tushunchasining mohiyati, ular tomonidan amalga oshiriladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, bosqichlari (tayyorgarlik, ijodiy-izlanishli, ijodiy-amaliy va yakuniy) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanib, didaktik shart-sharoitlarni modernizatsiyalashga ustuvorlik berish ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligi asoslangan;
texnologiya fani mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga va ularning ijodiy-ijtimoiy faolliklariga ta’sir etuvchi omillar, pedagogik imkoniyatlarni namoyon bo‘lishi ta’lim muhitida motivatsion-yo‘naltiruvchi, intellektual, amaliy-faoliyatli va refleksiv kabi ijodiy-ijtimoiy faolligi rivojlanganligini diagnostika qilish mezonlari, taksonomik ko‘rsatkichlari va belgilangan maqsadga moslik darajalari asosida ochib berilgan;
umumiy o‘rta ta’lim tizimida texnologiya fani mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni ijodiy-ijtimoiy faolligini shakillantirishga xizmat qiluvchi ikkita konseptual komponent (maqsad va nazariy metodologik asosini tashkil etuvchi) hamda amaliy-metodik ko‘rsatmalar, ijodiy-ijtimoiy faolliklarini shakillantirishga yo‘naltirilgan auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limni tashkil etishning innovatsion shakl, metod va vositalari (onlayn loyihali, loyihali, muammoli, kreativ, evristik, media ta’lim metodi) hamda SMART ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
texnologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy-ijtimoiy faolligini shakillantirish klasterli modelini samarali amalga oshirish imkoniyatlari kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv-uslubiy ta’minoti ijodiy-ijtimoiy faoliyatdagi muammoli vaziyat, kasbiy echimlar banki va a’lo, o‘rta, past baholash mezonlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda ijodiy-ijtimoiy faollikni shakllantirish jarayonida olingan ilmiy natijalari asosida:
o‘quvchilarning ijodiy-ijtimoiy faolligi tushunchasining mohiyati, ular tomonidan amalga oshiriladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, bosqichlari (tayyorgarlik, ijodiy-izlanishli, ijodiy-amaliy va yakuniy) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanib, didaktik shart-sharoitlarni modernizatsiyalashga ustuvorlik berish ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligi asoslash bo‘yicha taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi” tomonidan moliyalashtirilgan. Namangan viloyati “G‘urumsaroy” xalq hunarmandchiligi va kasb-hunarga o‘rgatish markazida 2022 yil davomida bajarilgan №-73-08/97 “Yoshlar bo‘lsa hunarli - hayoti bo‘lar zavqli” nomli grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy Majlis huzuridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi”ning 2022 yil 73-08/97-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarni ijodiy-ijtimoiy faolligini shakllantirishning amaliy-nazariy-metodologik asoslarini tahlil qilish imkoni oshirilgan;
texnologiya fani mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga va ularning ijodiy-ijtimoiy faolliklariga ta’sir etuvchi omillar, pedagogik imkoniyatlarni namoyon bo‘lishi ta’lim muhitida motivatsion-yo‘naltiruvchi, intellektual, amaliy-faoliyatli va refleksiv kabi ijodiy-ijtimoiy faolligi rivojlanganligini diagnostika qilish mezonlari, taksonomik ko‘rsatkichlari va belgilangan maqsadga moslik darajalari asosida ochib berish bo‘yicha ilmiy amaliy tavsiyalardan 2018-2019 yillarda bajarilgan KA 107/2018-2019 raqamli Namangan davlat universiteti hamda Timisoara G‘arb universiteti o‘rtasida tuzilgan “Erasmus+ mobility program” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Isxoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining 2023 yil 22 maydagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodiy-ijtimoiy faollikning shakllanishi o‘quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim tizimida texnologiya fani mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni ijodiy-ijtimoiy faolligini shakillantirishga xizmat qiluvchi ikkita konseptual komponent (maqsad va nazariy metodologik asosini tashkil etuvchi) hamda amaliy-metodik ko‘rsatmalar, ijodiy-ijtimoiy faolliklarini shakillantirishga yo‘naltirilgan auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limni tashkil etishning innovatsion shakl, metod va vositalari (onlayn loyihali, loyihali, muammoli, kreativ, evristik, media ta’lim metodi) hamda SMART ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalaridan 2022-2023 yillarda bajarilgan 02-01/33-raqamli Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Xotin-qizlarning asosiy hayotiy qadriyatlariga erishish yo‘llarining sotsiologik tadqiqi” nomli grant loyihasi doirasida natijalar olishda foydalanilgan 2023 yil 29 maydagi 11/23-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar faoliyatiga doir komponentlariga gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari hamda izchillik tamoyillariga ko‘ra takomillashtirish metodikasini amaliyotga samarali joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
texnologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy-ijtimoiy faolligini shakillantiish klasterli modelini samarali amalga oshirish imkoniyatlari kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv-uslubiy ta’minoti (ijodiy-ijtimoiy faoliyatdagi muammoli vaziyat, kasbiy echimlar banki va a’lo,o‘rta, past baholash mezonlari) takomillashtirishga doir ma’lumotlar Oliy ta’limning 60112300- texnologik ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun “Texnologiya ta’limi praktikumi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yilning 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i). Natijada texnologik ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun ilmiy metodologik adabiyotlar ta’minoti hamda uni mazmunan boyitishiga erishilgan.