Suyunov Sherzodbek Jamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori sinf o‘quvchilarining milliy-ma’naviy salohiyatini rivojlantirishda oilaviy tarbiya tizimini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped2081.
Ilmiy rahbar: Bozorova Muslima Qodirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Xajieva Maqsuda Sultonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarining milliy-ma’naviy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarida milliy-ma’naviy salohiyatni rivojlantirish jarayonining psixologik va pedagogik xususiyatlari namoyon bo‘lish darajalariga ustuvorlik berish orqali faoliyatning kognitiv, hissiy-emotsional, faoliyatli-motivatsion, qadriyatli-baholashga doir tarkibiy komponentlarini birlashtirish natijasida oiladagi milliy-ma’naviy salohiyatni optimallashtirishning shaxsga yo‘nalgan metaindividual xarakteristikasi aniqlangan;
yuqori sinf o‘quvchilaridagi milliy-ma’naviy salohiyatni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini integrallashtirish tufayli ta’lim jarayonida milliy urf-odat, an’ana, qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglashda madaniy meros namunalarining uzviylik, moslashuvchanlik, tarixiylik xossalarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash metodik-loyihaviy va refleksiv-didaktik tamoyillar asosida takomillashtirilgan;
oilaning muhim ijtimoiy funksiyalari o‘rtasidagi dinamik aloqadorliklarini pedagogik prognozlash orqali oila-mahalla-maktab hamkorligiga doir faoliyat mazmunini yuqori sinf o‘quvchilaridagi milliy-ma’naviy salohiyatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy, pedagogik va psixologik omillarni refleksiyalashtirish natijasida oilaviy tarbiya mazmunini pedagogik baholashning insayt-kreativ tizimi diagnostik jihatdan takomillashtirilgan;
oilaviy tarbiyaning stabilizatsiyasiga immanent ta’sir etuvchi maqsadli, mazmunli, faoliyatli va natijaviy-baholash kabi bloklarni integratsiyalash natijasida insonparvarlik, onglilik, madaniy va kompleksli yondashuvni rivojlantirish orqali yuqori sinf o‘quvchilarida milliy-ma’naviy salohiyatni mobil rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model mazmuni generatsiyalashtirish asnosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Yuqori sinf o‘quvchilarining milliy-ma’naviy salohiyatini rivojlantirishda oilaviy tarbiya tizimini takomillashtirishga doir olib borilgan tadqiqot ishi natijalari asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarida milliy-ma’naviy salohiyatni rivojlantirish jarayonining psixologik va pedagogik xususiyatlari namoyon bo‘lish darajalariga ustuvorlik berish orqali faoliyatning kognitiv, hissiy-emotsional, faoliyatli-motivatsion, qadriyatli-baholashga doir tarkibiy komponentlarini birlashtirish natijasida oiladagi milliy-ma’naviy salohiyatni optimallashtirishning shaxsga yo‘nalgan metaindividual xarakteristikasi aniqlanganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalari “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-086-son guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarda milliy-ma’naviy salohiyatni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
yuqori sinf o‘quvchilaridagi milliy-ma’naviy salohiyatni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini integrallashtirish tufayli ta’lim jarayonida milliy urf-odat, an’ana, qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglashda madaniy meros namunalarining uzviylik, moslashuvchanlik, tarixiylik xossalarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash metodik-loyihaviy va refleksiv-didaktik tamoyillar asosida takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalari “Umumiy pedagogika va psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-069-son guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarda milliy-ma’naviy salohiyat va qadriyatli dunyoqarashni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
oilaning muhim ijtimoiy funksiyalari o‘rtasidagi dinamik aloqadorliklarini pedagogik prognozlash orqali oila-mahalla-maktab hamkorligiga doir faoliyat mazmunini yuqori sinf o‘quvchilaridagi milliy-ma’naviy salohiyatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy, pedagogik va psixologik omillarni refleksiyalashtirish natijasida oilaviy tarbiya mazmunini pedagogik baholashning insayt-kreativ tizimi diagnostik jihatdan takomillashtirilganligiga oid yangiligi “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” va “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-070-son guvohnomasi; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-071-son guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy-ma’naviy salohiyatni rivojlantirish bilan bog‘liq kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oilaviy tarbiyaning stabilizatsiyasiga immanent ta’sir etuvchi maqsadli, mazmunli, faoliyatli va natijaviy-baholash kabi bloklarni integratsiyalash natijasida insonparvarlik, onglilik, madaniy va kompleksli yondashuvni rivojlantirish orqali yuqori sinf o‘quvchilarida milliy-ma’naviy salohiyatni mobil rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model mazmuni generatsiyalashtirish asnosida optimallashtirilganligiga oid taklifi “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-086-son guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarda milliy-ma’naviy salohiyatni rivojlantirish usullari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish