Abdalieva Gulistan Rafikovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “T.Kaipbergenov asarlari tilining struktur-semantik va stilistik xususiyatlari”, 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fil515.
Ilmiy maslahatchilarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qulmamatov Dusmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yusupova Biybisanem Turdıbaevna, filologiya fanlari doktori, docent; Chuponov Otanazar Otojonovich, filologiya fanlari doktori, docent; Yuldasheva Nilufar Ergachovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Xalq yozuvchisi To‘lepbergen Kaipbergenov “Maman biy ápsanası”, “Baxısızlar”, “Túsiniksizler”, “Qaraqalpaqnama” asarlari asosida qoraqalpoq badiiy nutqining lingvistik va stilistik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yozuvchining qo‘llagan stilistik usullari, stil yaratishga ta’sir qiluvchi metaforalar, taqqoslashlar, ramz, giperbola kabi omillar, frazeologizmlarning turlari, semantik va struktural xususiyatlari, romanlar tilidagi asosiy konseptlar orqali yozuvchi asarlari tilining o‘ziga xosligi asoslangan;
T.Kaipbergenov asarlari tilining badiiy o‘ziga xosligi, yozuvchining frazeologik birliklarni transformatsiya qilishda shaxsiy novatorligi natijasida til qurollarining ma’naviy rang-barangligi va obrazliligi strukturaviy-semantik hamda stilistik o‘zgarishlari dalillangan;
T.Kaipbergenovning “Qaraqalpaq dástanı” trilogiyasi “Maman biy ápsanası”, “Baxısızlar”, “Túsiniksizler” va “Qaraqalpaqnama” romanlari matnida “razvyornutaya metafora” – “kengaytirilgan metafora”, “sep metafor” – “metafora zanjiri”, “sep sravneniy” – “taqqoslashlar zanjiri” hamda boshqa tushunchalar dalillanib, ular ilmiy atama sifatida tadqiqot ishida qo‘llanilgan;
yozuvchi dunyosining individual lingvistik tasviri, uning individual uslubining ekspressivlik va obrazlilikning lingvistik vositalaridan foydalanishning tarkibiy-semantik va stilistik xususiyatlarining badiiy o‘ziga xosligi, qoraqalpoq xalqining tarixi, madaniyati, dostonlar, afsonalar, maqollar hamda xalq qo‘shiqlari, ertaklari yozuvchining badiiy asarlarida muhim o‘rin tutganligi dalillangan;
yozuvchi T.Kaipbergenovning obekt sifatida tilga olingan romanlaridagi til konseptosferasidagi stil yaratishga ta’sir qiluvchi “adam”, “ómir”, “xalıq táǵdiri” kabi konseptlar aniqlanib, ularning semantik, strukturaviy xususiyatlari va badiiy asar matnida bajaradigan stilistik funksiyalari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. T.Kaipbergenov asarlarining strukturaviy-semantik va stilistik xususiyatlarini o‘rganish natijalaridan foydalanilgan:
yozuvchining qo‘llagan stilistik usullari, stil yaratishga ta’sir qiluvchi metaforalar, taqqoslashlar, ramz, giperbola kabi omillar, frazeologizmlarning turlari, semantik va struktural xususiyatlari, romanlar tilidagi asosiy konseptlar orqali yozuvchi asarlari tilining o‘ziga xosliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining o‘quv jarayonlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2024-yil 19-apreldagi 01-01/9-367-son ma’lumotnomasi). O‘rganilgan “Maman biy apsanası”, “Baxısızlar”, “Túsiniksizler”, “Qaraqalpaqnama” romanlari matnidagi metafora, qiyos, epitet, timsol va boshqa obrazli vositalarning obrazli hamda ifodali imkoniyatlari Davlat (qoraqalpoq) tili yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslarining o‘quv materiallarini tayyorlashga xizmat qilgan;
T.Kaipbergenov asarlari tilining badiiy o‘ziga xosligi, yozuvchining frazeologik birliklarni transformatsiya qilishda shaxsiy novatorligi natijasida til qurollarining ma’naviy rang-barangligi va obrazliligi strukturaviy-semantik va stilistik o‘zgarishlari Nukus davlat pedagogika institutining “Qoraqalpoq tili”, “Stilistika”, “Lingvopoetika” kurslarini o‘qitish jarayoniga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-apreldagi BK-04/849-1-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning yozuvchi T.Kaipbergenov asarlari tilining badiiy o‘ziga xosligi, uning individual uslubi va yozuvchi tilidagi uslubni shakllantirish omillarining xususiyatlari, shuningdek, yozuvchining individual til innovatsiyasi haqidagi bilimlari va g‘oyalari bilan boyitilgan;
T.Kaipbergenovning “Qaraqalpaq dástanı” trilogiyasi “Maman biy ápsanası”, “Baxısızlar”, “Túsiniksizler” va “Qaraqalpaqnama” romanlari matnida “razvyornutaya metafora” – “kengaytirilgan metafora”, “sep metafor” – “metafora zanjiri”, “sep sravneniy” – “taqqoslashlar zanjiri” va boshqa tushunchalar dalillanib, ular ilmiy atama sifatida tadqiqot ishida yoritilishi Berdaq Milliy muzeyida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 19-apreldagi 2-03/934-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchi T.Kaipbergenov asarlarining badiiy matnlarida qoraqalpoq xalqining frazeologik birliklari, afsonalar va urf-odatlari, dasturlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar va ijodiy kechalarni o‘tkazishda joriy etilishi natijasida yozuvchi badiiy merosidan foydalanish maqsadida Berdaq milliy muzeyida yosh avlod ongida badiiy adabiyotni o‘qishga, xalqlarimiz madaniyati handa tarixiga qiziqish ortdi, ular qalbida milliy adabiyotimizning eng sara vakillari ijodini ilmiy tadqiq qilishning ahamiyati haqida keng tushunchaga boy bo‘lishi ta’minlangan;
yozuvchi dunyosining individual lingvistik tasviri, uning individual uslubining ekspressivlik va obrazlilikning lingvistik vositalaridan foydalanishning tarkibiy-semantik va stilistik xususiyatlarining badiiy o‘ziga xosligi, qoraqalpoq xalqining tarixi, madaniyati, dostonlar, afsonalar, maqollar hamda xalq qo‘shiqlari, ertaklari yozuvchining badiiy asarlarida muhim o‘rin tutganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasidagi ijodiy seminarlarda, master-klasslarda yosh yozuvchilarning nazariy bilimlari va badiiy mahoratini oshirishda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 18-apreldagi 39-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnni tahlil qilishda kognitiv tilshunoslik nazariyasi tushunchalarini qo‘llash, yozuvchi dunyosining individual lingvistik jihatlarini aniqlash, qoraqalpoq xalqi tarixi va madaniyati, mentaliteti, urf-odatlari va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettirishning badiiy o‘ziga xosligi bilan bog‘liq tadqiqot natijalari va ularning yozuvchi badiiy asarlarida aks etishi, yoshlarni madaniy qadriyatlarga hurmat, san’at va badiiy adabiyotga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalash bo‘lib xizmat qilgan;
yozuvchi T.Kaipbergenovning obekt sifatida tilga olingan romanlaridagi til konseptosferasidagi stil yaratishga ta’sir qiluvchi “adam”, “ómir”, “xalıq táǵdiri” kabi konseptlar aniqlanib, ularning semantik, strukturaviy xususiyatlari va badiiy asar matnida bajaradigan stilistik funksiyalari isboti Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumta’lim maktablarida dars mashg‘ulotlarida Qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish jarayoniga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2024-yil 19-apreldagi 01-01/9-367-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish, maktab o‘quvchilarining badiiy tasviriy vositalarning stilistik xususiyatlari: epitetlar, metaforalar, metonimiya, sinekdoxa, taqqoslash, ramz, giperbola, litota, taqlid qilish haqidagi bilimlari yangi nazariy bilimlar bilan to‘ldirilgan.