Boysarieva Saodat Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron morfem o‘quv lug‘at yaratishning lingvistik asoslari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3030.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Sadullaeva Nilufar Azimbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Bahriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi avlod o‘quv lug‘atchiligida elektron morfem o‘quv lug‘atining leksikografik tamoyillarini nazariy jihatdan asoslash hamda uning lingvistik modellarini kompyuter fondi uchun takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili morfotaktik qoidalariga ko‘ra o‘zbek tili korpusi (https://uzbekcorpus.uz/) uchun nominal va verbal guruhli grammatik morfemalarning lingvistik modellari shakllantirilgan;
o‘zbek tili morfem o‘quv lug‘ati elektron bazasining lingvistik ta’minotini yaratishda umume’tirof etilgan leksikografik tamoyillarga tayanib, so‘z yasovchi hamda grammatik hosila modellarning statistik ko‘rsatkichlari dalillangan;
o‘zbek tili morfem lug‘atining so‘z yasovchi va grammatik morfemalarning lisoniy modellari asosida https://tilshunos.com saytida uning lingvistik bazasi yaratilib, undan ta’limiy korpusda foydalanishning funksional imkoniyatlari ochib berilgan;
o‘zbek tili elektron morfem lug‘atni shakllantirishda diaxron va sinxron yondashuv asosida yaratilgan lug‘atlarning tavsifiy xarakteri yoritib berilgan hamda o‘zbek tilida mavjud okkazionalizmlarning kompyuter morfem baholash algoritmlari uchun morfologik qonuniyatlari asoslanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron morfem o‘quv lug‘at yaratishning lingvistik asoslarini tadqiq qilish asosida:
o‘zbek tili morfem o‘quv lug‘ati elektron bazasining lingvistik ta’minotini yaratishda umume’tirof etilgan leksikografik tamoyillarga asoslanib, so‘z yasovchi hamda grammatik hosila modellarning statistik ko‘rsatkichlaridan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-20-sonli “Oila, mahalla va gender tengligi mavzusida badiiy asarlarning elektron korpusini yaratish” mavzusidagi (2021-2022) ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (“Oil ava gender” (“Mahalla va oila”) ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 4-sentyabrdagi 01-09/1609-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash amaliy loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar va to‘plamlarning hamda til korpusi haqidagi olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek tili morfem lug‘atining so‘z yasovchi va grammatik morfemalarning lisoniy modellari asosida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish” (2021-2023) mavzusidagi amaliy loyihasining lug‘at bazasini boyitishda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024-yil 7-avgustdagi 2763/20-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash amaliy loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalarning hamda morfem lug‘at borasidagi olib borilayotgan tadqiqotlar loyihaning ilmiy saviyasini boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek tilida mavjud okkazionalizmlarning kompyuter morfem tahlili uchun tahlil qilish algoritmlari uchun morfologik qonuniyatlariga doir xulosalardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot” dasturida foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 4-iyuldagi 01-16/675-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ma’naviy va madaniy mazmuni boyitib borilgan.