Yakubova Iroda Baxramovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston va Yaponiya qonunchiligida shaxsiy nomulkiy huquqlarni fuqarolik-huquqiy muhofaza qilinishi», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Yu10.

Ilmiy rahbar:  Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.

Rasmiy opponentlar: Sindarov Komil Oydinovich, yuridik fanlar doktori; Hazratqulov Odilbek Tursunovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston va Yaponiya qonunchiligini qiyosiy-huquqiy tahlili natijasida shaxsiy nomulkiy huquqlarning fuqarolik-huquqiy muhofaza qilinishini takomillashtirish va uni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

shaxsiy hayotga oid ma’lumotlarni shaxsning roziligisiz yig‘ish yoki tarqatish uchun ma’muriy javobgarlik chorasini belgilash hamda hayot daxlsizligini muhofaza qilish mexanizmlarini kuchaytirish lozimligi asoslangan;

fuqaroning tasvirini (shu jumladan suratini, videolavhasini yoki u tasvirlangan san’at asarini) e’lon qilishga va undan foydalanishga faqat shu fuqaroning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi lozimligi asoslangan;

ommaviy axborot vositalari oilaviy munosabatlarga bevosita aloqador ma’lumotni er-xotin va ularning voyaga etgan farzandlarining (farzandlikka olganlar va farzandlikka olinganlarning) roziligisiz tarqatishni taqiqlash lozimligi asoslangan;

shaxsning ismidan uning roziligisiz foydalanish davlat va jamiyat manfaatlari, shu jumladan jamoat tartibi va xavfsizlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi maqsadlarida amalga oshirilganda, ismdan foydalanish qonunsiz foydalanish hisoblanmasligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston va Yaponiya qonunchiligida shaxsiy nomulkiy huquqlarning fuqarolik-huquqiy muhofaza qilinishi tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

shaxsiy yoki oilaviy sirni tashkil etuvchi shaxsiy hayot to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish  eng kam ish haqining o‘n baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishiga oid taklif Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 461-moddada o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 19 dekabrdagi 06-18/799-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif shaxsning shaxsiy nomulkiy huquqi hisoblanmish sirga bo‘lgan huquqi buzilishining oldini olish va tegishli tartibda himoyasini  ta’minlashga xizmat qilgan;

fuqaroning tasvirini e’lon qilishga va undan foydalanishga faqat shu fuqaroning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Vafot etgan fuqaroning tasviridan faqat uning rafiqasi, farzandlari, ular yo‘q bo‘lganda esa ota-onasining roziligi bilan foydalanilishiga oid taklif Fuqarolik kodeksining 991-moddasida o‘z aksini topgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 9 dekabrdagi 06/1-06/3312-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif shaxsning shaxsiy nomulkiy huquqi hisoblangan tasvirga bo‘lgan huquqi himoyasini ta’minlashga xizmat qilgan;

ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolar va tashkilotlarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini haqiqatga mos kelmaydigan materiallar tarqatish orqali tahqirlash, fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashish, oilaviy munosabatlarga bevosita aloqador ma’lumotni er-xotin va ularning voyaga etgan farzandlarining roziligisiz tarqatish taqiqlanishiga oid taklif «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasi ikkinchi qismida o‘z aksini topgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 9 dekabrdagi 06/1-06/3312-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning shaxsiy hayotiga, oilaviy munosabatlariga o‘zboshimchalik bilan aralashishning oldini olishga xizmat qilgan;

shaxsning ismidan uning roziligisiz foydalanish davlat va jamiyat manfaatlari, shu jumladan jamoat tartibi va xavfsizlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi maqsadlarida amalga oshirilganda, ismdan foydalanish qonunsiz foydalanish hisoblanmaydi degan taklif  O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 20-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 9 dekabrdagi 06/1-06/3312-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi maqsadi uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish