Qurbanova Gulbahor Safarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nurali Qobulning qissachilikdagi badiiy mahorati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1419.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmetovich filologiya fanlari doktori, professor, Nasrullaev Elmurod Jumaboevich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nurali Qobul qissalarida mahalliy kolorit, psixologik tasvir, davr, sharoit, qahramon, inson bilan tabiat munosabatini, folklorizmlardan foydalanish mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nurali Qobulning “Salom, tog‘lar”, “Bug‘doy pishig‘iga etmaganlar” qissalarida aql-idrok, ruhiyatga oid ma’naviy-axloqiy, inson va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyat, yolg‘izlik, mas’uliyat, beg‘amlik kabi ijtimoiy-falsafiy muammolarning aks etishi hamda urf-odat, tarbiya bilan bog‘liq mahalliy kolorit, muhit va xarakterlararo dramatik kolliziyalar tasviri aniqlangan;
yozuvchi qissalarida muallif obrazi, muallif nutqi, yozuvchi tasvir uslubidagi tarixiy voqelikka tayanish, qahramon qiyofasini badiiy til orqali mujassamlashtirish, psixologik holatni dramatik tarzda berilishi hamda “Oyqor”, “Sangzor” kabi asarlaridagi hayotiy va xayoliy voqelik asosining siqiqlik, soddalik, an’anaviylikdagi kompozision qurilishi ochib berilgan;
yozuvchining “Tubsiz osmon”, “Yashashga kechikma” kabi ilk qissalarida an’anaviy tendensiya ko‘zga tashlansa, uning keyingi o‘n yillikdagi “Johillik va qotillik”, “Tantanadan keyingi kun” qissalarida modernizmning mantiqsiz, murakkab absurd konsepsiyasi, o‘ynoqi shaklning janrga sintezlashuviga oid postmodernizm xususiyatlari aniqlangan;
adib ijodiy individualligini ta’minlashda xalq og‘zaki ijodining ibora, matal, maqol, ertak, rivoyat, afsona, olqish, qarg‘ish kabi janrlaridan va obraz ruhiyatidagi evrilishlar, gallyusinatsion holatlar, kelajak bashorati, qiyofalar yangilanishi singari tush motivi tasvirlaridan unumli foydalanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nurali Qobulning qissachilikdagi badiiy mahorati tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Nurali Qobulning “Salom, tog‘lar”, “Bug‘doy pishig‘iga etmaganlar” qissalarida aql-idrok, ruhiyatga oid ma’naviy-axloqiy, inson va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyat, yolg‘izlik, mas’uliyat, beg‘amlik kabi ijtimoiy-falsafiy muammolarning aks etishi hamda urf-odat, tarbiya bilan bog‘liq mahalliy kolorit, muhit va xarakterlararo dramatik kolliziyalar tasviridagi xulosalardan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 6-maydagi 04/1-1179-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy, tahliliy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
yozuvchi qissalarida muallif obrazi, muallif nutqi, yozuvchi tasvir uslubidagi tarixiy voqelikka tayanish, qahramon qiyofasini badiiy tilda mujassamlashtirgan o‘rinlar namoyon bo‘lgan “Oyqor”, “Sangzor” kabi asarlaridagi hayotiy va xayoliy voqelik asosining birlashish va tizimlashishdagi kompozision qurilishi ochib berilganligi kabi xulosalardan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlanlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda amaliy foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2024-yil 15-apreldagi 161-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida nashr qilingan o‘quv materiallarining manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
yozuvchining “Tubsiz osmon”, “Yashashga kechikma” kabi ilk qissalarida an’anaviy tendensiya ko‘zga tashlansa, uning keyingi o‘n yillikdagi “Johillik va qotillik”, “Tantanadan keyingi kun” qissalarida modernizmning mantiqsiz, murakkab absurd konsepsiyasi, o‘ynoqi shaklning janrga sintezlashuviga oid postmodernizm xususiyatlaridan televidenie dasturlari ssenariylarini tayyorlashda unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2023-yil 14-11/536-son ma’lumotnomasi). Natijada televidenie ssenariylari axloqiy-ma’naviy, ijtimoiy-falsafiy tahlillar, ziddiyatlarning bola, o‘smir, inson taqdiriga ta’siri haqidagi fikr-mulohazalar bilan boyigan.