Yulbarsova Xurshida Abdullajonovna
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped504.
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sodiqova Shoxida Marhaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak sotsiologlarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, motivatsion-shaxsiy, faoliyatli, vositali, refleksiv komponentlarning “shaxs – jamiyat”, “shaxs – shaxs” va “shaxs – professional muhit” bilan bogʻliq kompetensiyalarning amaliy, moslashuvchan, integrativ, yo‘naltiruvchi, maqomli, rolli funksiyalar bilan qayta aloqasi identivligini qat’iy belgilash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish mazmuni fanlararo, fan ichida, shaxslararo, shaxsiy integratsiyaga muvofiq sotsiologik fanlardan o‘quv materiallarini xronologli, muammoli, siklli ko‘rinishda, gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda integrallashtirish jarayonini modellashtirish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish modelining tashkiliy-didaktik komponenti sotsiologik tadqiqotchilik, keys, ijodiy, aqliy hujum, loyihalash, ishbilarmonlik, rolli va interfaol o‘yinlar kabi o‘qitish strategiyalarini maqsadli yo‘naltirilgan tarzda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashgʻulotlarda inklyuziv qo‘llash taktikasini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
loyihaviy ta’lim va ishbilarmonlik o‘yinlari orqali bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik tizimi izlanuvchan faoliyat xarakteri va ustivor metodlarga ko‘ra tadqiqiy, ijodiy va informatsion turdagi o‘quv loyihalari integratsiyasiga muvofiq etti bosqichli sotsiologik tadqiqotni loyihalash, sotsiodrammalarni o‘tkazish algoritmini ishlab chiqish va dasturiy paketlash orqali takomillashtirilgan;
axborot texnologiyalari vositasida bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish mexanizmi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, savollar bilan ishlash, diagrammalar tuzish kabi sotsiologik tadqiqot ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonlarini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan “edusocial.uz” platformasini yaratish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak sotsiologlarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish tuzilmasini kognitiv, motivatsion-shaxsiy, faoliyatli, vositali, refleksiv komponentlarning “shaxs – jamiyat”, “shaxs – shaxs” va “shaxs – professional muhit” bilan bogʻliq kompetensiyalarning amaliy, moslashuvchan, integrativ, yo‘naltiruvchi, maqomli, rolli funksiyalar bilan qayta aloqasi identivligini qat’iy belgilash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60111000 – Sotsiologiya ta’lim yo‘nalishi uchun “Oila va gender sotsiologiyasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 4-martdagi  55-son buyrug‘i, 828271-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak sotsiologlarning familistik va gender kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish mazmunini fanlararo, fan ichida, shaxslararo, shaxsiy integratsiyaga muvofiq sotsiologik fanlardan o‘quv materiallarini xronologli, muammoli, tsiklli ko‘rinishda, gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda integrallashtirish jarayonini modellashtirish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan  70920101 – Ijtimoiy ish magistratura mutaxassisligi uchun “Nogironlik sotsiologiyasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son Qarori asosida moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2022-yil 23-dekabrdagi 586-son buyrug‘i, 342-026-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishda inklyuziv yondashuvni tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish modelining tashkiliy-didaktik komponentini sotsiologik tadqiqotchilik, keys, ijodiy, aqliy hujum, loyihalash, ishbilarmonlik, rolli va interfaol o‘yinlar kabi o‘qitish strategiyalarini maqsadli yo‘naltirilgan tarzda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashgʻulotlarda inklyuziv qo‘llash taktikasini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Oila xotin-qizlar qo‘mitasi va Jahon banki bilan hamkorlikda bajarilayotgan “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” (2023-y.) nomli amaliy loyihasining bo‘lajak sotsiologlarni ehtiyojmand ayollarni mobilizatsiya qilishga tayyorlash qismini bajarishda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 25-yanvardagi 02-01/121-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak sotsiologlarni oilalar bilan ishlashga doir ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
loyihaviy ta’lim va ishbilarmonlik o‘yinlari orqali bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik tizimini izlanuvchan faoliyat xarakteri va ustivor metodlarga ko‘ra tadqiqiy, ijodiy va informatsion turdagi o‘quv loyihalari integratsiyasiga mufoq etti bosqichli sotsiologik tadqiqotni loyihalash, sotsiodramalarni o‘tkazish algoritmini ishlab chiqish va dasturiy paketlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60111000 – Sotsiologiya ta’lim yo‘nalishi uchun “Oila va gender sotsiologiyasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 828271-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak sotsiologlarda sotsiologik tadqiqotlarni loyihalash va ijtimoiy treninglarni tashkil etish malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
axborot texnologiyalari vositasida bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish mexanizmini ma’lumotlar bazasini shakllantirish, savollar bilan ishlash, diagrammalar tuzish kabi sotsiologik tadqiqot ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonlarini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan “edusocial.uz” platformasini yaratish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va Jahon banki bilan hamkorlikda bajarilayotgan “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” (2023-y.) nomli amaliy loyihasining bo‘lajak sotsiologlarda ayollarga konsultativ xizmat ko‘rsatish malakasini shakllantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 25-yanvardagi 02-01/121-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy-konsultativ yordam ko‘rsatish kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish