Mexmonov Qambariddin Miradxamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasiga oid munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu42.

Ilmiy rahbar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.

Rasmiy opponentlar: Rustambekov Islombek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Safoeva Sadoqat Musoevna, yuridik fanlar nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasiga oid munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasiga oid fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquqiy maqomi, identifikatsiyasi va huquqiy munosabat ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash qoidalari ishlab chiqilgan;

elektron hukumat doirasida kompyuter dasturi va ma’lumotlar bazasidan integratsiyalashgan holda foydalanishga doir milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga unifikatsiyalash zarurati asoslangan;

kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasidan foydalanishda mualliflarning mutlaq huquqlari va iste’molchilar huquqlarini ta’minlash qoidalari asoslangan;

kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasiga oid fuqarolik-huquqiy munosabatlar sub’ektlarining huquq va majburiyatlari belgilanib, o‘zaro elektron hamkorlik qilish qoidalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasiga oid munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasiga oid fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquqiy maqomi, ularni identifikatsiya qilish, kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasini yaratish, foydalanish, ularga nisbatan mutlaq huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish, huquqiy munosabat ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonuni 10-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 25 noyabrdagi 15-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasiga oid munosabat ishtirokchilarini aniqlash, taraflar o‘rtasidagi munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;

kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasidan fuqarolik-huquqiy munosabatda uyg‘un ravishda foydalangan holda huquqiy tartibga solish mexanizmini takomillashtirish va xalqaro standartlar darajasiga etkazishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonuni 27-moddasining ikkinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 25 noyabrdagi 15-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilgan;

kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasidan intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni amalga oshirish va himoya qilishda foydalanish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va bu borada davlat organi bilan huquqiy hamkorlik qilishga oid taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasining «Kinematografiya to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqilishida foydalanilgan («O‘zbekkino» milliy agentligining 2016 yil 11 noyabrdagi 01-05/03-891-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mualliflarning mutlaq huquqlarini himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qilgan;

kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasiga oid fuqarolik-huquqiy munosabatda sub’ektlarning mulkiy huquqlarining mavjudligi va tan olinishi, ma’lumotlar bazasini saqlovchi va foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash, elektron hamkorlik qilishga oid taklifdan huquq ijodkorligi jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil 25 oktyabrdagi 18-8/5861-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni qabul qilinganligi mulk huquqini tan olish va himoya qilish, huquq buzilishining oldini olish, hamda mulk huquqini kafolatlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish