Shaazizova Madina Eldarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘krak bezi sarartoni kasalligini erta aniqlash algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.2.PhD/T4553
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muhamedieva Dildora Kabulovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nomaz, texnika fanlari doktori, professor; Dadaxonov Musaxon Xoshimxonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasvirdan ajratib olingan belgilar asosida mashinali o‘rgatish va noravshan Sugeno modeli hamda tasvir ma’lumotlar to‘plamidan foydalangan holda o‘ramli neyron to‘ri asosida ko‘krak bezi saratoni kasalligini erta aniqlash algoritmlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tegishlilik funksiyalari xossa va xususiyatlarini inobatga olgan holda tasvirlar ustida bajariladigan morfologik amallar takomillashtirilgan;
noravshan to‘plamlar nazariyasi elementlari asosida ko‘krak bezi rentgen tasvirlariga dastlabki ishlov berish algoritmi takomillashtirilgan;
ko‘krak bezi saratoni belgilarini inobatga olgan holda tashxislashning gibrid algoritmi ishlab chiqilgan;
ko‘krak bezi tasviri asosida saraton kasalligini tashxislash uchun neyron to‘r arxitekturasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ko‘krak bezi tasviri asosida tashxislash algoritmlari va dasturiy ta’minot yordamida:
ko‘krak bezi saratoni kasalligini erta aniqlash algoritmlari uslubiyati  Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy  tibbiyot  markazi Samarqand filialiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 02-28/2852-sonli ma’lumotnomasi). Natijada  ko‘krak bezi saratonini tashxislash samaradorligini o‘rtacha 13% ga oshirish imkonini bergan;
o‘ramli neyron to‘ri asosida ko‘krak bezi saratonini tashxislashning kompyuter tizimlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy  tibbiyot  markazi Surxondaryo filialiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 02-28/2852-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘krak bezi saratonini tashxislash samaradorligini o‘rtacha 15% ga oshirish imkonini bergan.
o‘ramli neyron to‘ri asosida ko‘krak bezi saratonini tashxislashning kompyuter tizimlari “Status Medline” mas’uliyati cheklangan jamiyatida joriy qilingan. (2023-yil 16-oktyabrdagi 3-sonli dalolatnoma) Natijada ko‘krak bezi saratonini tashxislash samaradorligini o‘rtacha 15% ga oshirish imkonini bergan.
dasturiy majmua “IT-PARK FARG‘ONA” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ko‘krak bezi saraton kasalliklari belgilarini aniqlash, tibbiy tasvirlarga ishlov berish va tashxislash vositasi sifatida qo‘llanilmoqda (2024-yil 8-maydagi 4-sonli dalolatnoma). Natijada tashxislash uchun sarflangan vaqtni o‘rtacha 10% ga qisqartirish va tashxislash aniqligini o‘rtacha 5% ga oshirish imkonini bergan.
dasturiy majmua “UNICON-SOFT” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ko‘krak bezi saraton kasalliklari belgilarini aniqlash, tibbiy tasvirlarga ishlov berish va tashxislash vositasi sifatida qo‘llanilishiga tavsiya etiladi (2024-yil 28-maydagi 5-sonli dalolatnoma). Natijada tashxislash uchun sarflangan vaqtni o‘rtacha 10% ga qisqartirish va tashxislash aniqligini o‘rtacha 5% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish