Yunusov Xaydarali Muratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi zamon Evropa Ittifoqi huquqining o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari”, 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Yu26.
Ilmiy maslahatchi: Saidov Akmal Xolmatovich, akademik, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSc.11/25.08.2022.Yu.24.01.
Rasmiy opponentlar: Toshev Bobokul Norqobilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Eshmatova Feruza Farxadovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Bobokulov Inomjon Ibragimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqot maqsadi Evropa Ittifoqi huquqining avtonom huquqiy tizim sifatida shakllanishi, o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish tendensiyalari, muammolari va istiqbollarini huquqiy asoslash, Evropa Ittifoqi huquqining ilg‘or tajribalari asosida O‘zbekiston milliy qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evropa Ittifoqi huquqi hamda Evropa Ittifoqi-O‘zbekiston shartnoma-huquq amaliyoti tendensiyalaridan kelib chiqib, Evropa Ittifoqi huquqining tashqi aloqalarga oid jihatlari tahlili asosida vakolatlar taqsimoti tamoyilining ahamiyatini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etayotgan “qo‘shma bitimlar”da shartnoma ishtirokchilarining maqomini belgilab qo‘yish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonuni “ahdlashuvchi tomon”, “xalqaro tashkilot”, “xalqaro shartnoma ishtirokchisi” tushunchalari bilan to‘ldirilgan;
Evropa Ittifoqining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiyalash jarayoni talablariga muvofiq ko‘p tomonlama Kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik bitimlarining ratifikatsiya qilish tartibini milliy qonunchiligimizda aks ettirish zarurati asoslantirilgan;
keng qamrovli ko‘p tomonlama sherikchilik va hamkorlik bitimlarining ayrim qismlarini asosiy shartnoma kuchga kirgunga qadar muddatidan avval amalga tatbiq etish, qo‘shimcha shartlar kiritish, shartnomani to‘xtatib turish tartibining qonunchilik asoslarini yaratish zarurati asoslantirilgan;
inson huquqlari sohasida Evropa Ittifoqi huquqi tizimidagi oxirgi o‘zgarishlarga mos tartibda O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarining Evropa Ittifoqi tuzilmalari bilan xalqaro hamkorligining qonunchilik asoslarini, jumladan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonuni, “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi” hamda “Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi”ni yangi normalar bilan to‘ldirish zarurati ko‘rsatib berilgan;
Evropa Ittifoqi huquqining rivojlanishida Lissabon shartnomasining ahamiyati ochib berildi, Evropa Ittifoqi huquqining rivojlanish tendensiyalari tahlili asosida uning istiqbollari ilmiy bashorat qilingan;
Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo respublikalari, jumladan, O‘zbekiston bilan aloqalarining huquqiy asoslari tahlil qilindi, GSP+ imtiyozlari misolida Evropa Ittifoqining xalqaro aloqalardagi “normativ qudrati”ga talqin berildi, Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyalarining huquqiy tabiatiga baho berilgan;
respublikamizda Evropa Ittifoqi huquqi sohasida ta’lim va tadqiqotchilikni rivojlantirishning institutsional, o‘quv-dasturiy va ilmiy-metodologik ta’minotini mustahkamlash bo‘yicha amaliy takliflar shakllantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil izlanuvchining ilmiy tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanildi:
“ahdlashuvchi tomon”, “xalqaro tashkilot”, “xalqaro shartnoma ishtirokchisi” atamalarini milliy qonunchilik hujjatlariga kiritish va ularga ta’rif berish orqali O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etayotgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarda shartnoma ishtirokchilarining maqomini belgilab qo‘yishga oid taklifidan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2023-yil 9-avgustdagi 04/6-08-36-son dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 10-yanvardagi 07-11/976-son dalolatnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston tomonidan tuziladigan “qo‘shma bitimlar”da xalqaro tashkilot (Evropa Ittifoqi) va uning a’zo davlatlarining maqomi va ishtirokini aniqlashtirish hamda shartnomadan kelib chiqadigan nizo tomonlarini identifikatsiya qilishga xizmat qilgan;
Evropa Ittifoqi bilan tuziladigan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish jarayonining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish tartibini belgilashga oid taklifidan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunining 18-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2023-yil 9-avgustdagi 04/6-08-36-son dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 10-yanvardagi 07-11/976-son dalolatnomasi). Natijada ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish jarayonini o‘zaro muvofiqlashtirish mexanizmi joriy etilgan;
xalqaro shartnomada o‘zaro kelishuvga muvofiq xalqaro shartnoma yoki xalqaro shartnomaning bir qismi u (asosiy shartnoma) kuchga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan vaqtincha qo‘llanishi mumkinligini nazarda tutuvchi qoidaning milliy qonunchilik asoslarini yaratish zarurati bo‘yicha taklifidan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunining 24-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2023-yil 9-avgustdagi 04/6-08-36-son dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 10-yanvardagi 07-11/976-son dalolatnomasi). Mazkur norma ratifikatsiya jarayoni uzoq davom etadigan Kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik bitimlarining savdo-ayirboshlashga oid qismini ratifikatsiya muddatidan oldin amalga tatbiq etish imkoniyatini yaratgan;
O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etayotgan xalqaro shartnomalarda qo‘shimcha shartlarni qo‘llash hamda shartnomaning amal qilishini uning barcha ishtirokchilari yoki ayrim ishtirokchisiga nisbatan to‘xtatib turish tartibini milliy qonunchilikda mustahkamlab qo‘yish taklifidan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunining 26 va 40-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 10-yanvardagi 07-11/976-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasining shartnoma-huquq amaliyotini takomillashtirishga xizmat qilgan, shuningdek, xalqaro shartnomaviy huquqbuzarlikka nisbatan ta’sir choralarini qo‘llashning milliy qonunchilik asosini yaratgan;
inson huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda mintaqaviy tashkilotlar, xususan Evropa Ittifoqiga oid taklifidan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasining IV Bobi 5-bandini shakllantirishda foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazining 2023-yil 23-iyundagi 01/640-son dalolatnomasi). Mazkur taklif orqali Evropa Ittifoqi bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorlikka huquqiy asos yaratilgan;
Evropa mintaqaviy tashkilotlari hamda xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlari bilan inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish zarurati bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son qarori bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining 3-bob 7-bandini shakllantirishda foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazining 2023-yil 23-iyundagi 01/640-son dalolatnomasi). Ushbu taklif O‘zbekistonning inson huquqlari ta’limi sohasidagi hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
Ombudsmanning nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini ko‘zda tutuvchi 15 va 32-moddasi hamda Ombudsmanning inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir faoliyatiga oid 26-moddasiga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2023-yil 23-iyundagi 01-07/445-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar Ombudsmanning huquq va majburiyatlarini kengaytirish hamda uning xalqaro tashkilotlar va xorijiy institutlar bilan hamkorligini rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratgan;