Mamasoliev Abrorbek Isroiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda o‘stiriladigan oddiy arpa (Hordeum vulgare L.) urug‘ini farmakognostik o‘rganish», 15.00.02 - farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Far69.
Ilmiy rahbar: Pulatova Dildora Kaxramonovna, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmasevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmasevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Zakirdjan Abidovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Musaeva Nargiza Abidjanovna, farmatsevtika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oddiy arpa o‘simligini farmakognostik aniqlash, uni tibbiyot amaliyotida qo‘llash imkoniyatini asoslash va uning asosida oshqozon yara kasallliklariga qarshi ishlab chiqilgan samarali dori vosita va biologik faol qo‘shimchani yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda etishtirilgan oddiy arpa (Hordeum vulgare L.) donlarining mikroskopik tahlili o‘tkazilgan va o‘ziga xos bo‘lgan diagnostik belgilari (perikarpiy, urug‘ qobig‘i, aleyron qatlami, urug‘ murtak va endosperm) aniqlangan;
oddiy arpa (Hordeum vulgare L.) donlari tarkibidagi asosiy biologik faol moddalar (polisaxaridlar, lipidlar, fenolkarbol kislotalar, suvda eruvchi vitaminlar, aminokislotalar, makro- va mikroelementlar)ning tarkibi va miqdori aniqlangan;
oddiy arpa donlarining o‘ziga xos faolligini belgilovchi polisaxarid kompleksi ajratib olingan, ularning tarkibi va miqdori aniqlangan, shuningdek, polisaxaridlar to‘planish dinamikasi asosida xomashyoni pishib etilish davrida ularni maksimal darajada bo‘lishi isbotlangan hamda olingan natijalar asosida mo‘tadil tayyorlash va saqlash muddati sharoitlari aniqlangan;
oddiy arpa donlarining quruq ekstraktini standartlash va uning asosida dori vositasi hamda biologik faol qo‘shimcha olish uchun zarur bo‘lgan chinlik va sifat ko‘rsatkichlarining ilmiy asoslangan mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda o‘stiriladigan oddiy arpa (Hordeum vulgare L.) urug‘ini farmakognostik o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Barleynol» dori vositasi uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasining 2024 yil 1 maydagi 41/11-6087- son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yil 15-oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi oshqozon yara kasalligini davolovchi mahalliy dori vositalari assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
«Barley E Active» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (S 304475996-02:2020) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 304475996-02:2021) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada «CORALL PHARM» MChJda kapsula shaklidagi ozuqaga qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida oddiy arpa (Hordeum vulgare L.) donlarining spesifik farmakologik faolligi hamda o‘tkir zaxarli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yil 15-oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli yaraga qarshi faollikga ega bezarar preparatlar va biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida sashe shaklidagi «Barleynol» dori vositasining yaraga qarshi farmakologik faolligi hamda xavfsizligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yil 15-oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada yuqori samarali, bezarar dori vositasiga me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash va tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish