Shaxizirova Iroda Djabbarovnaning
fan doktori (DSc)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bilan kasallangan bolalar sog‘lig‘ini baholash, tibbiy va ijtimoiy yordamni optimallashtirish», 14.00.09 – Pediatriya; 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejmenti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib752.
Ilmiy maslahatchilar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi.
IK faoliyat kursatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Toshkent pediatriya tibbiet instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib29.01.
Rasmiy opponentlar: Safina Asiya Ildusovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi COVID-19 kasalligini boshdan kechirgan bolalarning sog‘lig‘ini baholash, postkovid davrda klinik va tashkiliy yondashuvlarni kulangan holda tibbiy va ijtimoiy yordamni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postkovid buzilishlar bolalarda, ularning yoshi va boshdan kechirilgan kovid infeksiyasining og‘irligi darajasidan qat’iy nazar, ko‘proq kasallikdan so‘ng uch oy o‘tgach namoyon bo‘lishi, ularning orasida asosiylari psixonevrologik (54,8%; RR=4,6, p<0,05), gastrointestinal (36,8%; RR=3,7, p<0,05), kardial (32,5%) va respirator (31,5%) buzilishlar ekanligi; miya astrotsitlari va oshqozon-ichak trakti epiteliy hujayralariga SARS-CoV-2 ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri natijasida 8-9 oy o‘tganidan so‘ng psixonevrologik buzilishlar saqlanib qolishi va gastrointestinal buzilishlar kuchayishi isbotlangan;
postkovid sindrom, bolalarda D vitaminining tanqisligi (χ2=10,56; p=0,002), askorbin kislotasi (χ2=8,95; p=0,018) va piridoksin V6 (χ2=9,65; p=0,003) etishmovchiligi, temir miqdorining kamligi (χ2=8,3; p =0,019), gipofosfatemiya (χ2=6,56; p=0,021), gipokaliemiya (χ2=5,68; p =0,038) va gipomagniemiya (χ2=5,42; p=0,039) sharoitida tizimli yallig‘lanish javob sindromining rivojlanishi tufayli C-reaktiv oqsili ko‘rsatkichlarining (RR=3,1; p<0,05) va TNF-α (o‘sma nekrozi omili) darajasining yuqori bo‘lishi va IL-10 ning esa, kamayganligi (RR=2,4; p<0,05) bilan birga kechishi isbotlangan;
bosh miya mikrotsirkulyasiyasining buzilishi va neyronlardagi degenerativ o‘zgarishlar tufayli bolalardagi postkovid sindromining psixonevrologik turi simpatikotoniya ustun bo‘lgan vegetativ disfunksiya sharoitida sefalgiya (RR=4,7; p<0,05), serebrosteniya (RR =2,5; r<0,05), his-tuyg‘u va fe’l-atvor buzilishlari (RR=3,7; r<0,05) bilan; kardiomiotsitlarning miotsitolizi, gipoksiya i apoptozi natijasida elektrokardiogrammada noto‘liq blokada (OR=11,25), ekstrasistoliya (OR=22,3), chap qorincha gipertrofiyasi (OR=4,2), repolyarizatsiya jarayonining buzilishi (OR=2,7), shuningdek, exokardiografiyada chap qorincha chekka-diastolik o‘lchamining(KDR) oshgan ko‘rsatkichlari bilan kardial turi tavsiflanishi isbotlangan;
postkovid sindromining respirator varianti organizm rezistentligining pasayishi fonida tashqi nafas olish funksiyasining restriktiv turiga xos buzilishi 58,4% (RR=2,5; r<0,05) xollarda uchrashi; mal`absorbsiya sindromining rivojlanishi natijasida postkovid sindromining gastrointestinal turining kechishi esa bolalarda ichaklar disbiozining ifodalanish kuchiga bog‘liq, hamda D, C va V6 vitaminlarining qondagi darajasi bilan aniq aloqadorlikka ega bo‘lgan qondagi diaminoksidaza darajasining yaqqol pasayishi (χ2=18,9; r=0,0011) hamda parallel ravishda gistamin miqdorining yuqoriga ko‘tarilishi (χ2=4,59; r=0,048) bilan birga kelishi isbotlangan;
klinik audit natijalari bo‘yicha oilaviy shifokorlar va pediatrlarning 59,7% bolalarda postkovid sindromini tashxislash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha bilimlar darajasi etarli emasligi, ota-onalarning bolalardagi postkovid sindromi haqida xabardorligi past 54,8% bo‘lishi sababli bolalarda postkovid sindromini erta tashxislash 41% va mazkur sindrom rivojlanishining oldini olish uchun o‘tkazilgan profilaktika choralari sonining 61,5% kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 kasalligini boshdan kechirgan bolalarning sog‘lig‘ini baholash, tibbiy va ijtimoiy yordamni, shu jumladan, postkovid davrda bolalarni olib borishda klinik va tashkiliy yondashuvlarni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: postkovid buzilishlar bolalarda, ularning yoshi va boshdan kechirilgan kovid infeksiyasining og‘irligi darajasidan qat’iy nazar, ko‘proq kasallikdan so‘ng uch oy o‘tgach namoyon bo‘lishi, ularning orasida asosiylari psixonevrologik (54,8%; RR=4,6, p<0,05), gastrointestinal (36,8%; RR=3,7, p<0,05), kardial (32,5%) va respirator (31,5%) buzilishlar ekanligi; miya astrotsitlari va oshqozon-ichak trakti epiteliy hujayralariga SARS-CoV-2 ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri natijasida 8-9 oy o‘tganidan so‘ng psixonevrologik buzilishlar saqlanib qolishi va gastrointestinal buzilishlar kuchayishi isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.09.2023 y. 7n-r/ 44-son yig‘ilishida tasdiqlangan. “Bolalarda postkovid sindromi diagnostikasi algoritmi” uslubiy tavsiyalariga hamda “Bolalarda koviddan keyingi davrda yurak-qon tomir tizimi moslashuvining buzilishlarini erta tashxislash dasturi”, DGU-29154 kompyuter dasturiga kiritilgan. Ushbu takliflar Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi (1-oilaviy poliklinika va 2-oilaviy poliklinika)ning 2023-yil 03 sentabrdagi 115-sonli, Yunusobod tumani 52-son (2023-yil 10-oktabrdagi 172-son buyrug‘i) va 54-son oilaviy poliklinikalarining amadiyotiga (2023-yil 9-oktabrdagi 162-son buyrug‘i bilan) joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2024-yil 15-iyuldagi 03/29-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: postkovid buzilishlarning shakllanishi va rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan bolalarni erta aniqlash uchun tavsiya etilgan diagnostika bolalar o‘limini va kovid infeksiyasidan keyin nogironlikni kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalarni tibbiy qo‘llab-quvvatlash (yo‘naltirish) bo‘yicha zamonaviy texnologiyasi va skrining so‘rovnomalari klinik amaliyotga joriy etish, 253 ta COVID-19 ni boshidan o‘tkazgan bolalar ichida 166 tasida postkovid sindromini erta tashxislash imkonini berib, bu esa, postkovid sindromi bilan kasallangan bolalarni qayta kasalxonaga yotqizish chastotasini 2,5 barobarga qisqartirishni ta’minladi va har bir bemorning statsionarda yotqizilgan 10 kunida o‘rtacha 575330 so‘m, 166 nafar bemorning yillik iqtisodiy ko‘rsatkichi 95504780 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga taklif etilgan marshrut sxemasi va skrining so‘rovnomalari bolalarda postkovid sindromini erta aniqlash sifatini oshirdi va har bir bemorning 10 kunlik kasalxonada bo‘lishi uchun 575330 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: postkovid sindrom, bolalarda D vitaminining tanqisligi (χ2=10,56; p=0,002), askorbin kislotasi (χ2=8,95; p=0,018) va piridoksin V6 (χ2=9,65; p=0,003) etishmovchiligi, temir miqdorining kamligi (χ2=8,3; p =0,019), gipofosfatemiya (χ2=6,56; p=0,021), gipokaliemiya (χ2=5,68; p =0,038) va gipomagniemiya (χ2=5,42; p=0,039) sharoitida tizimli yallig‘lanish javob sindromining rivojlanishi tufayli C-reaktiv oqsili ko‘rsatkichlarining (RR=3,1; p<0,05) va TNF-α (o‘sma nekrozi omili) darajasining yuqori bo‘lishi va IL-10 ning esa, kamayganligi (RR=2,4; p<0,05) bilan birga kechishi isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.09.2023 y. 7n-r/ 44-son yig‘ilishida tasdiqlangan « Bolalarda postkovid sindromi diagnostikasi algoritmi» uslubiy tavsiyalariga hamda «Bolalarda COVID-19dan keyingi davrda yurak-gon tomir tizimi moslashuvining buzilishlarini erta tashxislash dasturi», DGU-29154, «Bolalarda COVID-19dan keyingi davrda gastroenterologik tizimning holatini tashxislash dasturi» DGU -33807 kompyuter dasturlariga kiritilgan. Ushbu takliflar Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi (1-oilaviy poliklinika va 2-oilaviy poliklinika)ning 2023-yil 03-sentabrdagi 115-sonli, Yunusobod tumani 52-son (2023-yil 10-oktabrdagi 172-son buyrug‘i) va 54-son oilaviy poliklinikalarining amaliyotiga (2023-yil 09-oktabrdagi 162-son buyrug‘i bilan) joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2024-yil 15-iyuldagi 03/29-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: postkovid sindromi bilan og‘rigan bolalar guruhida diagnostika belgilarini aniqlash reabilitatsiya chora-tadbirlariga bolalarda postkovid sindromini davolashning dori-darmonsiz va dorili usullarini kiritish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: invaziv diagnostikaning biokimyoviy va immunologik usullari aniq ko‘rsatilgan, bu esa byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning moddiy xarajatlarini 50 foizga qisqartirishga, ya’ni 166 nafar bolaga yiliga 32785000 so‘mni iqtisod qilishga olib kelgan. Xulosa: bolalarda postkovid sindromi diagnostikasi jarayonlarini optimallashtirish har bir bemor uchun 197500 so‘mni tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya mikrotsirkulyasiyasining buzilishi va neyronlardagi degenerativ o‘zgarishlar tufayli bolalardagi postkovid sindromining psixonevrologik turi simpatikotoniya ustun bo‘lgan vegetativ disfunksiya sharoitida sefalgiya (RR=4,7; p<0,05), serebrosteniya (RR =2,5; r<0,05), his-tuyg‘u va fe’l-atvor buzilishlari (RR=3,7; r<0,05) bilan; kardiomiotsitlarning miotsitolizi, gipoksiya i apoptozi natijasida elektrokardiogrammada noto‘liq blokada (OR=11,25), ekstrasistoliya (OR=22,3), chap qorincha gipertrofiyasi (OR=4,2), repolyarizatsiya jarayonining buzilishi (OR=2,7), shuningdek, exokardiografiyada chap qorincha chekka-diastolik o‘lchamining(KDR) oshgan ko‘rsatkichlari bilan kardial turi tavsiflanishi isbotlanganligi TXKMRM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.09.2023 y. 7n-r/44-son yig‘ilishida tasdiqlangan “Bolalarda PKSni tashhislash algoritmi” uslubiy tavsiyalariga hamda “Bolalarda COVID-19dan keyingi davrda yurak-gon tomir tizimi moslashuvining buzilishlarini erta tashxislash dasturi”, DGU-29154, «Bolalarda COVID-19dan keyingi davrda gastroenterologik tizimning holatini tashxislash dasturi» DGU -33807 kompyuter dasturlariga kiritilgan. Ushbu takliflar Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi (1-oilaviy poliklinika va 2-oilaviy poliklinika)ning 2023-yil 03-sentabrdagi 115-sonli, Yunusobod tumani 52-son (2023-yil 10-oktabrdagi 172-son buyrug‘i) va 54-son oilaviy poliklinikalarining amaliyotiga (2023-yil 09-oktabrdagi 162-son buyrug‘i bilan) joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2024-yil 15-iyuldagi 03/29-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: makro - va mikroelementozlar, gipovitaminozlar, sitokinlarning nomutanosibligi bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarda PKSning psixonevrologik, kardial turlarini klinik va funksional markerlari postkovid buzilishlarning diagnostika va reabilitatsiya choralari sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 86 nafar bolada ambulator sharoitda postkovid sindromini dori-darmonsiz va dorivor usullar bilan davolashning ishlab chiqilgan reabilitatsiya tadbirlari majmuasini o‘tkazish bemorlarni statsionardagi 10 kuni uchun 49478380 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida postkovid sindromi bilan kasallangan bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlar kompleksi kasallangan bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish sifatini oshirdi hamda 10 kunlik statsionarda yotish sharti bo‘lmagan har bir bemor uchun 575330 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromining respirator varianti organizm rezistentligining pasayishi fonida tashqi nafas olish funksiyasining restriktiv turiga xos buzilishi 58,4% (RR=2,5; r<0,05) xollarda uchrashi; mal`absorbsiya sindromining rivojlanishi natijasida postkovid sindromining gastrointestinal turining kechishi esa bolalarda ichaklar disbiozining ifodalanish kuchiga bog‘liq, hamda D, C va V6 vitaminlarining qondagi darajasi bilan aniq aloqadorlikka ega bo‘lgan qondagi diaminoksidaza darajasining yaqqol pasayishi (χ2=18,9; r=0,0011) hamda parallel ravishda gistamin miqdorining yuqoriga ko‘tarilishi (χ2=4,59; r=0,048) bilan birga kelishi isbotlanganligi TXKMRM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.09.2023 y. 7n-r/ 44-son yig‘ilishida tasdiqlangan. «Bolalarda postkovid sindromini davolash va oldini olish usullari» uslubiy tavsiyalariga va «Bolalarda COVID-19dan keyingi davrda gastroenterologik tizimning holatini tashxislash dasturi» DGU-33807 kompyuter dasturlariga kiritilgan. Ushbu takliflar Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi (1-oilaviy poliklinika va 2-oilaviy poliklinika)ning 2023-yil 03-sentabrdagi 115-sonli, Yunusobod tumani 52-son (2023-yil 10-oktabrdagi 172-son buyrug‘i) va 54-son oilaviy poliklinikalarining amaliyotiga (2023-yil 09-oktabrdagi 162-son buyrug‘i bilan) joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2024-yil 15-iyuldagi 03/29-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: diaminoksidaza va gistamin, makro - va mikroelementozlar, gipovitaminoz, sitokin nomutanosibligi darajalari bilan bog‘liq holda bolalarda PKSning gastrointestinal va respirator variantlarini klinik va funksional markerlari postkovid buzilishlarning diagnostika va reabilitatsiya choralari sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 86 nafar bolada ambulator sharoitda postkovid sindromini dori-darmonsiz va dorivor usullar bilan davolashning ishlab chiqilgan reabilitatsiya tadbirlari majmuasini o‘tkazish bemorlarni statsionardagi 10 kuni uchun 49478380 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida postkovid sindromi bilan kasallangan bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlar kompleksi kasallangan bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish sifatini oshirdi hamda 10 kunlik statsionarda yotish sharti bo‘lmagan har bir bemor uchun 575330 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik:klinik audit natijalari bo‘yicha oilaviy shifokorlar va pediatrlarning 59,7% bolalarda postkovid sindromini tashxislash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha bilimlar darajasi etarli emasligi, ota-onalarning bolalardagi postkovid sindromi haqida xabardorligi past 54,8% bo‘lishi sababli bolalarda postkovid sindromini erta tashxislash 41% va mazkur sindrom rivojlanishining oldini olish uchun o‘tkazilgan profilaktika choralari sonining 61,5% kamayishi isbotlanganligi TXKMRM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.09.2023 y. 7n-r/44-son yig‘ilishida tasdiqlangan “Bolalarda postkovid sindromini davolash va oldini olish usuli” uslubiy tavsiyalariga kiritilgan.Ushbu takliflar Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi (1-oilaviy poliklinika va 2-oilaviy poliklinika)ning 2023-yil 03-sentabrdagi 115-sonli, Yunusobod tumani 52-son (2023-yil 10-oktabrdagi 172-son buyrug‘i) va 54-son oilaviy poliklinikalarining amaliyotiga (2023-yil 09-oktabrdagi 162-son buyrug‘i bilan) joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2024-yil 15-iyuldagi 03/29-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: shifokorlar uchun 4 ta o‘quv seminarlari tashkil etildi va o‘tkazildi,hamda COVID-19 infeksiyasidan keyin bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish (marshrutlash) sxemasini skrining so‘rovnomalari bilan birgalikda klinik amaliyotga joriy etish bolalar aholisiga ambulatoriya xizmati ko‘rsatishni yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasini boshidan o‘tkazgan 253 nafar boladan 166 nafarida PKSni erta diagnostikasi bu bolalarni qayta kasalxonaga yotqizish chastotasini 2,5 baravarga kamayshini va 166 nafar bemorga bir yilda 95504780 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ambulatoriya sharoitida shifokorlar uchun o‘quv seminarlari, marshrut sxemalari va skrining so‘rovnomalari joriy etilishi bolalarda PKSni erta aniqlash sifatini va shunga mos ravishda amalga oshirilgan reabilitatsiya tadbirlari hajmini oshirdi, bu esa statsionarda 10 kun bo‘lmaganda 1 bemorga 575330 so‘m tejash imkonini berdi.