Kurbonov Mirtemir Shodievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnik kremniy va kremniyli qotishmalarni eritish texnologiyalarini takomillashtirish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.DSc/T195.
Ilmiy maslahatchi: Ashurov Xatam Baxronovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.34.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yolkin Konstantin Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Xasan Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor; Aliev Rayimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo manbaalari va al`ternativ uglerod tiklovchilardan foydalangan holda ruda tiklovchi elektr yoyli pechda texnik kremniy va kremniyli qotishmalarni eritish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pechning elektr yoyi yonish zonasiga metanni uzatib berishni nazarda tutuvchi kremniy va kremniyli qotishmalarni eritish usuli ishlab chiqilgan;
bog‘lovchi sifatida natriyli suyuq shisha ishlatib mahalliy kvars qumlari va uglerodli tiklovchilardan tashkil topgan briketlangan shixtadan foydalanish asosida kremniy va uning qotishmalarini elektr yoyli eritish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor mahalliy kvars tomiridan tozaligi 99,0% dan kam bo‘lmagan oliy markadagi texnik kremniy olish mumkinligi asoslangan;
an’anaviy tiklovchilarni qo‘llab bo‘lakli shixtadan foydalanishga asoslangan texnologiyaga nisbatan, ishlab chiqilgan texnologiya - briketlangan shixta asosida texnik kremniy va ferrosilisiy eritish jarayonida solishtirma elektr energiya sarfini, mos ravishda, 8–10% va 16–20%ga kamaytirishi aniqlangan;
mayda dispersli shixta chiqindilari hamda kremniy va kremniyli qotishmalar ishlab chiqarishning gaz tozalash sistemasi changi-mikrokremnezemni briketlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnik kremniy va kremniyli qotishmalarni eritish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnik kremniy olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (№IAR 05440, 2014 y.) olingan. Natijada kremniy olishning yangi texnologiyasi qimmat kvarsitlar va tomir kvarsni o‘rniga mahalliy kvars qumlaridan foydalanish, import qilinuvchi an’anaviy uglerodli tiklovchilarni 80%ni tabiiy gazga almashtirish va solishtirma elektr energiya sarfini 8–10%ga kamaytirish imkonini bergan;
ferrosilisiyni eritish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (№IAR 05557, 2015 y.) olingan. Natijada ferrosilisiy olishning yangi texnologiyasi qimmat kremniyli xomashyo va uglerodli tiklovichlar o‘rniga kremniy va kremniyli qotishmalar ishlab ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan maydadispersli chiqindilardan foydalanish, uglerodli tiklovchilarni 80%ni tabiiy gazga almashtirish va solishtirma elektr energiya sarfini 16–20%ga kamaytirish imkonini bergan;
ferrosilisiyni yangi eritish usuli «Uz-Shindong Silicon» qo‘shma korxonasining Angren shahridagi ferrosilisiy ishlab chiqarish zavodida joriy etilgan («Uz-Shindong Silicon» O‘zbekiston Koreya qo‘shma korxonasining 2018 yil 5 apreldagi 91-T-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi eritish usuli 1 t mahsulot ishlab chiqarish uchun 205 kg kvarsit va 140 kg koksni tejash imkonini bergan;
kremniy eritish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qumitasining 2018 yil 2 apreldagi 06-906-son ma’lumotnomasi). Natijada «Oqbuyro» kvars tomiri tarkibi 99,2–99,3% bo‘lgan oliy markadagi texnik kremniy ishlab chiqarish uchun yaroqliligi to‘g‘risida xulosa qilish imkonini bergan.