Qo‘chqarov Zafarjon Qayumjon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari”, 12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu521.
Ilmiy rahbar: Tuxtasheva Umida Abdilovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Tillabaev Mirzatilla Alisherovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Ismoilov Olimjon Yusufjon o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, oliy ta’limni korrupsiyadan holi namunaviy sohaga aylantirishga qaratilgan ilmiy-nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim sohasidagi barcha turdagi imtixonlarni o‘tkazish jarayonlarini internet tarmog‘ida jonli efirga uzatish amaliyotini joriy etish va ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun ochiq platformani ishga tushurish korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlik va shaffoflikni, jamoatchilik nazoratini ta’minlovchi muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi asoslantirilgan;
OTMlarga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ularni umumiy kvotaga kiritmaslik bo‘yicha qoida belgilash, imtiyozlar berishni to‘liq raqamlashtirish va va elektron platforma orqali amalga oshirilishini qonunchilik hujjatlarida belgilash asoslantirilgan;
korrupsiyaga qarshi kurashishda yangicha yondashuv asosida HEMIS axborot tizimi orqali anonim so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan OTMlarining har yilgi korrupsiyaga qarshi kurashish reytingini aniqlash amaliyotini qonunchilik hujjatlarida joriy etishning ijobiy natijalari asoslantirilgan;
oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy usullardan foydalanish, xususan, OTMlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tizimli ravishda tahlil qilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ushbu faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati asoslantirilgan;
korrupsiyaviy usullardan foydalangan holda ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish va xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish sohasidagi javobgarlik choralarini kuchaytirish masalasining dolzarbligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
oliy ta’lim sohasidagi barcha turdagi imtixonlarni o‘tkazish jarayonlarini internet tarmog‘ida jonli efirga uzatish amaliyotini joriy etish va ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun ochiq platformani ishga tushurish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli Farmonining 3-bandiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2021 yil 21 iyundagi 01-09/4572-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan OTMlariga kirish va boshqa turdagi imtihonlarning ochiqlanishi, imtihon jarayonlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga xizmat qilgan;
OTMlarga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ularni umumiy kvotaga kiritmaslik bo‘yicha qoida belgilash, imtiyozlar berishni to‘liq raqamlashtirish va elektron platforma orqali amalga oshirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks” chora-tadbirlar dasturining 4,5,6,7-bandiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022 yil 17 iyundagi 01-09/2716-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish o‘qishga kirishda belgilangan imtiyozlardan foydalanishda mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldi olgan;
korrupsiyaga qarshi kurashishda yangicha yondashuv asosida HEMIS axborot tizimi orqali anonim so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan OTMlarining har yilgi korrupsiyaga qarshi kurashish reytingini aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-sonli Farmoni 3-bandi “v” kichik bandi va mazkur Farmon 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining 19-bandiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024 yil 1 apreldagi 01-09/1917-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish imkoniyatini yaratgan;
oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy usullardan foydalanish, xususan, OTMlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tizimli ravishda tahlil qilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tizim tashkilotlarida, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish va ularning natijalarini e’lon qilish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 4 martdagi 58-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 martdagi 03/23-851-son dalolatnomasi). Ushbu yo‘riqnoma OTMlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni bartaraf etish bilan bog‘liq muhim amaliyotni huquqiy tartibga solgan;
korrupsiyaviy usullardan foydalangan holda ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish va xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish sohasidagi javobgarlik choralarini kuchaytirish to‘g‘risida taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi 826-son Qonuni 2-moddasi 2-bandiga joriy qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 2 noyabrdagi 27/2-314-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga yuqori turuvchi rahbar va mansabdorlar tomonidan korrupsiyaviy usullardagi aralashuvlarining oldini olishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish