Muxamadieva Lola Atamurodovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi surunkali nospesifik o‘pka kasalliklarining tashxisi, davolash va profilaktikasiga yondashishni takomillashtirish», 14.00.09–Pediatriya, 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi  (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib66.

Ilmiy maslahatchilar:  Alimov Anvar Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Azamat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Axmedova Inobat Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuratov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamraev Abdurashid Jurakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy  ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: bolalardagi surunkali nospesifik o‘pka kasalliklarini klinik-patogenetik kechish mexanizmlarini tahlil qilish hamda kasallikning diagnostikasi, davolash va profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bronx-o‘pka sistemasi rivojlanish nuqsonlari bo‘lgan bolalarda kasallikning klinik simptomlari infeksiya qo‘shilgandan so‘ng, BEK, SDEBda esa o‘pkadagi uzoq davom etgan yallig‘lanishdan keyin yuzaga kelganligi aniqlangan;

SNO‘Kning patogenezida kasallardagi metabolik o‘zgarishlar membranadestabillashuvi jarayonlarining rivojlanishidagi (lipidlarning perekisli oksidlanishning aktivlashishi va antioksidant tizim defisiti) roli aniqlangan;

SB rivojlanishida va progressivlanib borishida T-hujayraviy immunitetning va neytrofillar funksional aktivligining pasayishi yoshga bog‘liqligi isbotlangan;

surunkali bronxitga qisman moyillik bo‘lgan genetik markyorlar aniqlangan, IRF-4 geni mutant genotipi tashuvchilarida kasallikni kelib chiqish xavfi aniqlangan;

ilk bor SNO‘K bo‘lgan bolalarda ozonoterapiya, lazeroterapiya va ularni birga qo‘llash, respirator trakt makrofagal hujayralari autotransplantatsiyasini qo‘llash ishlab chiqilgan va asoslangan;

BEKning operatsiyadan oldingi davrdagi ozon va lazeroterapiya birgalikda qo‘llanilganda xirurgik davolash samaradorligi oshishi aniqlangan.

VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 

Bolalarda SNO‘Kning diagnostikasi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Endobronxial`noe lechenie ozonirovannim fizrastvorom i arsenid-gallievim lazerom xronicheskoy pnevmonii u detey» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 iyundagi 8N-z/131-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanmadagi tavsiyalar bolalardagi SNO‘Kda ozonoterapiya bilan lazeroterapiya birga qo‘llanilganda kasallikning bronxlar va o‘pkadagi yallig‘lanish jarayonini qisqa muddatda bartaraf qilishga va kasallikning avj olish davrini qisqartirishga olib kelgan;

«Autotransplantatsiya makrofagal`nix kletok respiratornogo trakta v lechenii xronicheskoy pnevmonii u detey» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 iyundagi 8N-z/131-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma remissiya muddatini uzaytirgan va kasalxonada yotuvchi bemorlar sonini kamaytirgan, bu esa o‘z navbatida bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;

surunkali bronxiti bor bolalarni genetik moyillik faktorlari ADSS 15.25.1 raqamli “Razrabotka novix podxodov k diagnostike, lecheniyu i profilaktike xronicheskogo bronxita u detey” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 iyundagi 8N-z/131-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotga vrachlar uchun surunkali bronxitga moyillik faktorlari bor bolalar uchun algoritm ishlab chiqilgan hamda ushbu algoritm xavf guruhidagi bolalarga profilaktik choralar olib borilgan;

bolalarda SNO‘Kning diagnostikasi, davolash va profilaktikasi qo‘llash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot instituti birinchi klinikasi Bolalar bo‘limi va Samarqand davlat tibbiyot instituti ikkinchi klinikasi Torakal xirurgiya bo‘limi, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi, ToshPMI klinikasi Bolalar xirurgiyasi bo‘limlarida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 iyundagi 8N-z/131-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan diagnostika algoritmlari va o‘tkazilgan kompleks davo muolajalari natijasida shifoxonada davolanish muddatini o‘rtacha 4,3 o‘rin kuniga qisqartirish hamda xirurgik muolajalardan so‘ng o‘lim holatini kamaytirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish