Djurakulov Xusan Anvarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarning ekologik huquqiy ongini shakllantirish jarayoni», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal109.

Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.

Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Xukumov Abduxalim, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarning ekologik huquqiy ongini shakllantirishning falsafiy-nazariy muammolarini tadqiq etish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ekologik huquqiy bilimlar transformatsiyasida axborot ta’sirchanligini oshirishda didaktik vositalar, media loyihalar, uyali aloqa vositalarining yoshlarda ekohushyorlik darajasini yuksalishiga olib kelishi aniqlangan;

yoshlar ekologik huquqiy ongini shakllantirishda differensial yondashuvni ekologik faollik, mas’uliyat, burch singari sifatlari bilan milliy an’ana, huquqiy meros, diniy-ekologik qadriyatlar kabi ijtimoiy mental xususiyatlarining dialektik aloqadorligi asoslangan;

yoshlarning ekologik huquqiy ongini rivojlantirishda ta’lim-tarbiya institutlari faoliyatini uyg‘unlashtirishning potensial imkoniyatlari (imtiyoz, rag‘bat, hamkorlik) sohadagi nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan funksional bog‘liqligi ochib berilgan;

yoshlar ekologik huquqiy ongini shakllantirishda g‘ayriekologik, deviant harakatlar va nigilistik kayfiyatning oldini olish hamda ekologik faollikni rag‘batlantirishning hududiy va milliy ko‘nikmalarni avtomatlashtirilishi  asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Yoshlarning ekologik huquqiy ongini shakllantirish jarayoni bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

ekologik huquqiy bilimlar transformatsiyasida axborot ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Asliday asrang” efir eshittirishi  va “Dunyo bo‘ylab” kanalida “Muvozanat” nomli maxsus ko‘rsatuvning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 5 dekabrdagi O‘z/R-1-128-son va 2018 yil 6 yanvardagi 08-14-07-son ma’lumotnomasi). Bu yoshlar o‘rtasida ekologik huquqiy ongni rivojlantirishga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalarning keng tarqalishiga xizmat qilgan;

yoshlar ekologik huquqiy ongini rivojlantirishda differensial yondashuvning  ijtimoiy mental xususiyatlari bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy, metodologik g‘oyalardan O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashining “O‘zbekiston Ekologik harakati faoliyatini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan asosiy tashkiliy-huquqiy, nazorat-analitik va amaliy tadbirlar dasturi va 2017 yilda dasturiy masalalarni samarali amalga oshirish” nomli aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan ekologik chora-tadbirlar ish rejasining ikkinchi – “Atrof-tabiiy muhit masalalari bo‘yicha qabul qilingan qonunlarni va boshqa davlat hujjatlarining amaliyotga tatbiq qilinishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni joriy qilish va ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirish va rivojlantirishda ko‘maklashish” bo‘limning 46-qismi, uchinchi – “Atrof-muhitni muhofaza qilish va ushbu maqsadlar uchun beriladigan resurslardan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarning ijrosi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat va boshqa tuzilmalar mas’uliyatini oshirish” bo‘limidagi 75-qismi va to‘rtinchi – “Aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish” bo‘limidagi81; 83; 86; 89-qismlarida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik harakatining 2017 yil 27 sentyabrdagi 09/404-son ma’lumotnomasi). Bu aholining ekologik madaniyatini oshirishga, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirishga imkoniyat yaratgan;

yoshlar ekologik huquqiy ongini shakllantirishda ta’lim-tarbiya institutlari faoliyatini uyg‘unlashtirishning potensial imkoniyatlari bo‘yicha keltirilgan ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan ish rejaning 74-bandida belgilangan vazifalar ijrosini bajarishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan ekologik tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar jarayonida keng foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 22 iyundagi 04-13/3323-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz yoshlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi va ekologik huquqiy ongini oshirishga, shuningdek, Vat3animiz tabiatini asraydigan, atrof-muhit musaffoligiga to‘g‘ri yondasha oladigan chinakam sodiq yoshlarni tarbiyalashga imkoniyat yaratgan;

yoshlar ekologik huquqiy ongini shakllantirishda g‘ayriekologik, deviant harakatlarni chegaralash, taqiqlash va jazolash hamda ekologik faoliyatni rag‘batlantirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 2-yarim yilligidagi faoliyatini samarali amalga oshirish tadbirlar dasturining to‘rtinchi – “Atmosfera havosini muhofaza qilish” nomli bo‘limning 51-bandi va o‘n birinchi – “Ijtimoiy hayotda ommaviy axborot vositalari samaradorligini oshirish” deb nomlangan bo‘limning 113-bandidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 22 sentyabrdagi 03-01/1-4162-son ma’lumotnomasi). Bu Respublikamiz yoshlarining ekologik huquqiy dunyoqarashi va madaniyatini intensiv rivojlantirishga samarali xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish