Teshaboev Muhiddinjon Marifovichning

falsa fadoktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yoshlarning axloqiy madaniyatini yuksaltirishning falsafiy konseptual tahlili», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika) (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.Fa194.

Ilmiy rahbar: Ismoil Saifnazarovich Saifnazarov, falsafa fanlari doktori professor

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.

Rasmiy opponentlar: Usmon Hosilovich Qoraboev, falsafa fanlari doktori, professor; Bozorov Dilmurod Mirzarasulovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bugungi globallashuv sharoitidaO‘zbekistonda yoshlar axloqiy madaniyatini yuksaltirish omillarini ijtimoiy-falsafiy tahlil etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yoshlar axloqiy madaniyati tizimi modellari milliy mentalitetning bag‘rikenglik va jamoaviylik talablari asosida takomillashtirilgan;

yoshlar ahloqiy madaniyatini rivojlantirish strategiyasining pragmatik omilini kuchaytirish ijtimoiy va shaxsiy manfaatlar uyg‘unligi va shaxsning professional ma’suliyatini oshirish yo‘li bilan ta’minlanishi  mumkinligi isbotlangan;

yoshlar axloqiy madaniyatini yuksaltirishning kasbi va mehnat faoliyati bilan bog‘liq ilm-fan, ta’lim sohasining hamda o‘qituvchilarning jamiyatimizdagi mavqeini oshirish maqsadida “O‘qituvchilarning ijtimoiy maqomi to‘g‘risida” alohida qonun qabul qilish muhimligi asoslangan ;

yoshlarda xudbinlik (egotsentrizm) va manfaatparastlik (individualizm)ga qarshi ma’naviy immunitetni tarbiyalashda ijtimoiy fanlar imkoniyatlarini amaliy jihatdan faollashtirishning zarurligi asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda yoshlar axloqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlab chiqilgan falsafiy-konseptual takliflar asosida:

yoshlar axloqiy madaniyati tizimi modellari milliy mentalitetning bag‘rikenglik va jamoaviylik talablari asosida aks etishiga oid takliflardan “Kamolot” YoIH tomonidan tashkil etilgan turli davra suhbatlari, seminarlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarida keng foydalanilgan (“Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyat Kengashining 2017 yil 7 martdagi 02-06/241-son ma’lumotnomasi). Bu mamlakatimizda yoshlarning axloqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

yoshlar axloqiy madaniyatining ma’naviy asoslarini takomillash-tirishning (tanlash, saralash, andoza olish, joriy etish, monitoring qilish kabi) milliy-sellektiv omillarini rivojlantirishga va yoshlarda egotsentrizm va individualizmga qarshi ma’naviy immunitetni hosil qilishning monitoringiga oid taklif va tavsiyalardan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazida «Buzg‘unchi g‘oyalarning milliy o‘zlikka salbiy ta’siri» (Toshkent: Sano-standart, 2014. 7 ,75-b.), «Vayronkor g‘oyalar va buzg‘unchi mafkuralar» (Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015. 25-b.) nomli kitoblarni tayyorlashda foydalanilgan (Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil 21 maydagi 385-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy fan-texnika yutuqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanishda yoshlarda axloqiy immunitetni kuchaytirishga va targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

yoshlar axloqiy madaniyatini rivojlantirish strategiyasining pragmatik, empirik, plyuralistik va deterministik omillari takomillashtirish bo‘yicha takliflar Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2017 yilning birinchi chorak chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2017 yil 19 iyuldagi 01/02-572-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi ilmiy-nazariy qo‘llanmalar va dasturlarga bo‘lgan ehtiyojlarni muayyan darajada qondirishga xizmat qilgan;

yoshlarda xudbinlik (egotsentrizm) va manfaatparastlik (individualizm)ka qarshi ma’naviy immunitetni tarbiyalashda ijtimoiy fanlar imkoniyatlarini hamda yoshlar axloqiy madaniyatining identikligi, rivojlanish dinamikasi va darajalarini amaliy jihatdan faollashtirishga oid takliflardan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi faoliyatida foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashining 2018 yil 19 iyuldagi 01/02-572-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu takliflar Kengash faoliyatida yoshlar axloqiy madaniyati va ma’naviy darajasini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning saviyasi, ta’sirchanligi va amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;

yoshlar axloqiy madaniyatini yuksaltirishning kasbi va mehnat faoliyati bilan bog‘liq ilm-fan, ta’lim sohasining hamda olim va o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yanada oshirish maqsadida muhim bo‘lgan “O‘qituvchilarning ijtimoiy maqomi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarurligi asoslantirilgan taklif va tavsiyalar mazkur qonun loyihasini tayyorlash jarayonida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston “Adolat” SDP  Siyosiy Kengashining 2018 yil 28 sentyabrdagi 01-03/436-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashiyoshlar ahloqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan  dissertatsiyada ko‘rsatilgan boshqa xulosalar, takliflar, tavsiya va fikr-mulohazalardan kelgusida yoshlar bilan ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil qilish, shuningdek, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda keng foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish