Gafarov Islomxon Nozimxonovich
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy Osiyo mintaqasida AQShning zamonaviy tashqi siyosati (Hindiston va Pokiston misolida)” / 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari / siyosiy fanlar.  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ss489
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSc.11/25.08.2022.S.24/02
Rasmiy opponentlar:
1.    Jumaev Rustam Ziyatovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
2.    Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: AQShning Janubiy Osiyo mintaqasidagi tashqi siyosati, xususan, Hindiston va Pokiston bilan munosabatlarining O‘zbekiston tashqi siyosatiga ta’sirini aniqlash hamda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Konstruktivizm AQShning Janubiy Osiyo mintaqasiga qaratilgan zamonaviy tashqi siyosatining muhim konseptual-nazariy asosi ekanligi dalillangan;
AQShning Janubiy Osiyodagi tashqi siyosatining evolyusiyasi etti tarixiy davrga bo‘linib, ilmiy asoslangan;
AQShning Janubiy Osiyodagi siyosati O‘zbekiston tashqi siyosiy manfaatlari prizmasi orqali tahlil qilib, uning strategik ahamiyati va O‘zbekiston uchun muhimligi dalillangan;
Janubiy Osiyo mintaqasiga bo‘lgan tashqi kuchlar, xususan, Rossiya va Xitoyning ta’siri hamda ularning O‘zbekistonning tashqi siyosatiga bog‘liqligi isbotlangan;
Mintaqalar bog‘liqligi bo‘yicha O‘zbekistonning ahamiyati va xalqaro loyihalar tatbiqida O‘zbekiston asosiy tashabbuskor davlat bo‘lishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bog‘liqligi yo‘lida ko‘plab murakkab muammolar borligi va ularning echimida O‘zbekiston Respublikasi asosiy ishtirokchi sifatida faol tashqi siyosat olib borishi zarurligi ilmiy asoslab berilgan;
O‘zR Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasining 92-maqsadi ijrosi bo‘yicha amaliy xulosalar keltirilgan;
Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi mintaqalararo bog‘liqlikni mustahkamlash yo‘nalishida zamonaviy shart-sharoitlardan kelib chiqib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish