Zakirova Dilfuza Xabibullaevnaning
falsafa doktori(Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Shakldor iplarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyogadastlabki ishlov berish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4706
Ilmiy rahbar: Islambekova Nigora Murtozaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Akmaljon Alisher o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shakldor iplarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish orqali mahalliy iplardan xomashyo tayyorlash, shakldor ip assortimentlarini olish va xususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shakldor iplarning yangi assortimentini olish uchun xomshyo tarkibi asoslangan va xususiyatlari turlicha bo‘lgan iplarni qo‘shish asosida iplarni ishlab chiqarish texnologiyasi quruq va nam issiq muhitda termik ishlov berish orqali takomillashtirilgan;
kimyoviy va tabiiy iplarni quruq va nam issiq muhitda termik ishlov berish usulini qo‘llab, bikomponent shakldor iplarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kimyoviy iplarni termik ishlov berish orqali turli haroratlarda vaqtga nisbatan qisqarish jarayoni asosida kiruvchi omillarning ta’siri orqali iplarda hajmdorlikni hosil qilishning bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
mahalliy iplardan yangi assortimentdagi shakldor iplarni olish uchun ratsional parametrlari tajriba natijalari asosida aniqlangan va olingan iplarning asosiy texnologik xususiyatlari bo‘lgan cho‘zilishi, buramdorlikni saqlanishi va hajmdorligining yuqoriligi orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shakldor iplarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
polikomponent yangi turdagi gazlamalar uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasi Toshkent shahridagi «Shebnem textile» MChJ va Marg‘ilon shahridagi «Tang group» MChJ korxonalarida («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 7 avgustdagi 03/25-1734 sonli ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Natijada, mahalliy iplardan va to‘qimachilik korxonala rida mavjud dastgohlardan foydalanib, shakldor iplarning yangi assortimentlarini olish orqali to‘qimachilik mahsulotlari assortimentlarini kengaytirishga va mahalliy iplardan olingan yangi assortimentdagi shakldor iplarning tannarxini 9% ga pasaytirishga erishilgan.