Tuxtabaev Anvar Alisherovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlarda COVID-19 bilan miokardit assotsiatsiyasini tashhislash, davolash va reabilitatsiya tamoyillarini takomillashtirish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib644.
Ilmiy maslaxatchi: Karimov Axmad Xashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alyavi Baxromxon Anisxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlarda COVID-19 bilan miokardit assotsiatsiyasini tashhislash, davolash va reabilitatsiya tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokardit, koronavirus infeksiyasining yanada agressiv kechishi hisobiga o‘pka to‘qimalarining shikastlanishi va nafas olish atsidozi rivojlanishi (pH 7,34±0,06) natijasida, boshqa etiologiyali miokarditlarga qaraganda yuqori darajada yurak etishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi (89,66% ga nisbatan 53,57%), miokard shikastlanishining homiladorlikning 2 trimestriga qadar, homiladorlik muddatiga proporsional ravishda ortishi (63,79%) va 3 trimestrda kamayishi koronavirus infeksiyasi kechishining og‘irlik darajasiga bog‘liqligi bilan isbotlangan;
COVID-19 bilan assotsiirlangan miokardit tashhisi MRT tekshiruvida gadoliniy kontrastini ishlatmasdan yuqori sezuvchanlik (Se-96,6%), yuqori o‘ziga hoslik (Sp-97,1%), ijobiy va salbiy prognozli qiymatining yuqori bo‘lishi (PPV- 96,6% va NPV-97,1), ijobiy (LR+) va salbiy (LR-) test natijasining ehtimollik nisbatiga mos ravishda 33,8 va 0 ni tashkil qilishi MRTning umumiy aniqligi (Acc) 96,9% ko‘rsatkichga ega bo‘lishi bilan isbotlangan;
COVID-19 bilan assotsiirlangan miokardit tashhisi homiladorlar qonida kardiospesifik biomarkerlar B-turli (NT-proBNP) N-terminal natriyuretik peptid va troponin I (cTnI) miqdorlarini aniqlanishi, yuqori sezuvchanlik (Se-96,6%), yuqori o‘ziga xoslik (Sp-91,4%), ijobiy va salbiy prognozli qiymatining yuqori bo‘lishi (PPV va NPV), ijobiy (LR+) va salbiy (LR-) test natijasining ehtimollik nisbatiga mos ravishda 90,3% va 97% ni tashkil qilishi, taxlilning umumiy aniqligining yuqoriligi (Acc) 93,8% va 45,3% bilan isbotlangan;
homiladorlarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditni EKG usullari bilan tashhislashda yuqori sezuvchanlik (Se) – 96,6%, o‘rtacha o‘ziga hoslik (Sp) - 62,9%, usulning umumiy aniqligi (Acc) 78,1% va exokardiografiya usulning sezuvchanligi (Se) - 79,3%, o‘rtacha o‘ziga hoslik (Sp) - 97,1%, usulning umumiy aniqligining (Acc) - 89,1% ni yuqoriligi bilan isbotlangan;
homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditda va miokard shikastlanishi ko‘rinishidagi holatlarini aniq klinik farqlash zarurati, COVID-19 bilan assotsiirlangan miokard shikastlanishida salbiy akusherlik asoratlar – muddatidan oldin tug‘ruqlar (21,43%), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni Apgar shkalasi bo‘yicha past 5-6 ball bilan tug‘ilishiga (32,86%) olib kelishi isbotlangan;
COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditda yo‘ldosh to‘qimalaridagi yallig‘lanish jarayoni, miokard shikastlanmagan guruhlarga nisbatan, homilaning venoz o‘rtacha qon oqimi tezligining pasayishi (34,02±4,89 mm/sek.), paratsentral qisimda vaskulyarizatsiya indeksining kamayishi (VI-5,27%) va yo‘ldosh markaziy qismida qon oqimi indeksining pasayishiga (FI – 40,1 mm/sek.) olib kelishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollarda Covid-19 bilan assotsiirlangan miokarditni tashhislash, davolash va reabilitatsiya qilish tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokardit, koronavirus infeksiyasining yanada agressiv kechishi hisobiga o‘pka to‘qimalarining shikastlanishi va nafas olish atsidozi rivojlanishi (pH 7,34±0,06) natijasida, boshqa etiologiyali miokarditlarga qaraganda yuqori darajada yurak etishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi (89,66% ga nisbatan 53,57%), miokard shikastlanishining homiladorlikning 2 trimestriga qadar, homiladorlik muddatiga proporsional ravishda ortishi (63,79%) va 3 trimestrda kamayishi koronavirus infeksiyasi kechishining og‘irlik darajasiga bog‘liqligi bilan isbotlangan;ilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokardit, koronavirus infeksiyasining yanada agressiv kechishi hisobiga, ko‘pincha o‘pka to‘qimalarining shikastlanishi bilan kechishi va nafas olish atsidozi rivojlanishi (pH -7,34±0,06) natijasida, boshqa etiologiyali miokarditlarga qaraganda sezilarli darajada ko‘proq yurak etishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan (89,66% ga nisbatan 53,57%), miokard shikastlanishi homiladorlikning 2 trimestriga qadar homiladorlik muddatiga proporsional ravishda ortadi (63,79%), keyin esa 3 trimestrda kamayadi, bu holat koronavirus infeksiyasi kechishining og‘irlik darajasiga bog‘liqligi isbotlangan. Ushbu natijalar "Homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditning laborator diagnostikasi" va "MRT yordamida homilador ayollarda miokarditni tashxislash" uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan va RIOBSIATM ekspert kengashining 2023 yil 7 noyabrdagi 10/6 – son qarori bilan tasdiqlangan. Toshkent shahar 2-sonli tug‘ruq majmuasining 2023-yil 13-noyabrdagi 97-son buyrug‘i, 3-sonli shahar tug‘ruq majmuasining 2023-yil 15-noyabrdagi 102/1-son buyrug‘i, shuningdek Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialining 2023-yil 11-noyabrdagi 117-son buyruqlari bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 26.08.2024 yildagi 05/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditni o‘z vaqtida tashhislash va davolash, homiladorlikni muvaffaqiyatli kechishi, ijobiy akusherlik natijalari va tug‘ruqdan keyingi reabilitatsiyasiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan qonuniyatlar koronavirus infeksiyasi fonida homilador ayollarda miokard shikastlanishini erta tashhislash imkonini bergan, bu esa yurak etishmovchiligining klinik jihatdan og‘ir darajalarini oldini olishga imkon bergan. Tadqiqotimizda hammasi bo‘lib 60 ta homilador ayolda erta bosqichda miokard shikastlanishi fonida yurak etishmovchiligi belgilari bilan aniqlangan, natijada 144000000 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: olingan natijalar akusher-ginekolog va kardiolog shifokorlar amaliy faoliyatida qo‘llanma bo‘lib, homilador ayollarda miokarditni klinik tashhislash jarayonida muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, usulning yuqori aniqligi tufayli o‘z vaqtida tashhisni tasdiqlash va kerakli davolash choralarini boshlash imkonini bergan, bu usulning yuqori aniqligi tufayli yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan bitta homilador ayolni dori vositalari bilan davolashda o‘rtacha 2400000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan, shuningdek tashhisni o‘z vaqtida aniq qo‘yish va kerakli davo choralarini boshlash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan assotsiirlangan miokardit tashhisi MRT tekshiruvida gadoliniy kontrastini ishlatmasdan yuqori sezuvchanlik (Se-96,6%), yuqori o‘ziga hoslik (Sp-97,1%), ijobiy va salbiy prognozli qiymatining yuqori bo‘lishi (PPV- 96,6% va NPV-97,1), ijobiy (LR+) va salbiy (LR-) test natijasining ehtimollik nisbatiga mos ravishda 33,8 va 0 ni tashkil qilishi MRTning umumiy aniqligi (Acc) 96,9% ko‘rsatkichga ega bo‘lishi bilan isbotlangan.Ushbu natijalar "Homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditning laborator diagnostikasi" va "MRT yordamida homilador ayollarda miokarditni tashxislash" uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan va RIOBSIATM ekspert kengashining 2023 yil 7 noyabrdagi 10/6 – son qarori bilan tasdiqlangan. Toshkent shahar 2-sonli tug‘ruq majmuasining 2023-yil 13-noyabrdagi 97-son buyrug‘i, 3-sonli shahar tug‘ruq majmuasining 2023-yil 15-noyabrdagi 102/1-son buyrug‘i, shuningdek Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialining 2023-yil 11-noyabrdagi 117-son buyruqlari bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 26.08.2024 yildagi 05/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MRT yordamida COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditni erta aniqlash, qo‘shimcha diagnostik usullardan foydalanmasdan klinik tashhis qo‘yish, natijada homilador ayol ahvolining og‘irlashishiga yo‘l ko‘ymasdan, o‘z vaqtida samarali davolashni boshlashga, hamda tug‘ruqdan keyin ayolning tez orada reabilitatsiyasi va ish faoliyatiga qaytishiga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: O‘zbekistonda yurak MRTsi narxi o‘rtacha 230000 so‘m, PET tekshiruvi o‘rtacha 5000000 so‘m va yurak biopsiyasi ko‘p hollarda homilador ayollarda yuqori xavf bilan bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha 8000000 so‘mni tashkil qiladi. Tadqiqotimizda MRT tekshiruv usuli 45 ta ayolda o‘tkazildi va 214650000 so‘m mablag‘ tejashga erishilgan. Xulosa: Miokarditga, shu jumladan COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditga shubha qilingan homilador ayollarga tashhis qo‘yish jarayonida taklif etilgan MRT usullaridan foydalanish tavsiya etilgan. Miokarditni tashhislashda MRT usulidan foydalanish har bir homilador ayolda 4770000 so‘mni tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan assotsiirlangan miokardit tashhisi homiladorlar qonida kardiospesifik biomarkerlar B-turli (NT-proBNP) N-terminal natriyuretik peptid va troponin I (cTnI) miqdorlarini aniqlanishi, yuqori sezuvchanlik (Se-96,6%), yuqori o‘ziga xoslik (Sp-91,4%), ijobiy va salbiy prognozli qiymatining yuqori bo‘lishi (PPV va NPV), ijobiy (LR+) va salbiy (LR-) test natijasining ehtimollik nisbatiga mos ravishda 90,3% va 97% ni tashkil qilishi, taxlilning umumiy aniqligining yuqoriligi (Acc) 93,8% va 45,3% bilan isbotlangan. Ushbu natijalar "Homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditning laborator diagnostikasi" va "MRT yordamida homilador ayollarda miokarditni tashxislash" uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan va RIOBSIATM ekspert kengashining 2023 yil 7 noyabrdagi 10/6 – son qarori bilan tasdiqlangan. Toshkent shahar 2-sonli tug‘ruq majmuasining 2023-yil 13-noyabrdagi 97-son buyrug‘i, 3-sonli shahar tug‘ruq majmuasining 2023-yil 15-noyabrdagi 102/1-son buyrug‘i, shuningdek Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialining 2023-yil 11-noyabrdagi 117-son buyruqlari bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 26.08.2024 yildagi 05/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda miokarditni tasdiqlash uchun samarali laboratoriya markerlaridan foydalanish, ko‘plab keraksiz tashhislash muolajalarini bartaraf etishga yordam berib, homilador ayolning psixoemotsional salomatligini saqlaydi, bu esa homiladorlikni muvaffaqiyatli olib borish va davolashda muxim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: qonda NT-proBNP (152000 so‘m) va troponin (150000 so‘m) ko‘rinishidagi miokarditning asosiy laborator ko‘rsatkichlarini aniqlash tashkil qilgan, bemorlar uchun an’anaviy tashhislash kompleksi 2600000 so‘mga nisbatan sezilarli darajada tejamlangan. 128 nafar homilador ayolda laborator ko‘rsatkichlar asosida tashhisni tasdiqlash uchun 38656000 so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lsa, standart tashhislash uchun 332800000 so‘m talab etiladi, shu sababli guruxda tekshirilgan bemorlar uchun 294144000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: laborator tekshiruvlarni (yuqori spesifik kardiomarkerlar) tanlash orqali tashhisni o‘z vaqtida tasdiqlash, kerakli davo muolajalarini o‘z vaqtida boshlash bir bemor uchun 2298000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: homiladorlarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditni EKG usullari bilan tashhislashda yuqori sezuvchanlik (Se) – 96,6%, o‘rtacha o‘ziga hoslik (Sp) - 62,9%, usulning umumiy aniqligi (Acc) 78,1% va exokardiografiya usulning sezuvchanligi (Se) - 79,3%, o‘rtacha o‘ziga hoslik (Sp) - 97,1%, usulning umumiy aniqligining (Acc) - 89,1% ni yuqoriligi bilan isbotlangan. Ushbu natijalar "Homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditning laborator diagnostikasi" va "MRT yordamida homilador ayollarda miokarditni tashxislash" uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan va RIOBSIATM ekspert kengashining 2023 yil 7 noyabrdagi 10/6 – son qarori bilan tasdiqlangan. Toshkent shahar 2-sonli tug‘ruq majmuasining 2023-yil 13-noyabrdagi 97-son buyrug‘i, 3-sonli shahar tug‘ruq majmuasining 2023-yil 15-noyabrdagi 102/1-son buyrug‘i, shuningdek Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialining 2023-yil 11-noyabrdagi 117-son buyruqlari bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 26.08.2024 yildagi 05/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotda aniqlangan o‘ziga hos o‘zgarishlarga asoslangan EKG va ExoKG usullaridan foydalanish, homilador ayollarda miokardit va uning asoratlarini o‘z vaqtida tashhislashga yordam beradi, bu homiladorlikni sokin kechishi va muddatiga etgan chaqaloqlar tug‘ilishiga olib keladi, bularning barchasi ona va bola hayotining sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: tashhislashda olingan ma’lumotlarni ko‘llashni hisobga olgan holda COVID-19 bilan assotsiirlanagn miokarditni erta bosqichlarida aniqlashga erishilgan. EKG va ExoKG narxi 245000 so‘m, shifoxonada 1 kunlik yotib davolanish narxi 300000 so‘m va 1 kurs dori vositalari bilan davolanish 500000 so‘mni tashkil qilgan, natijada 1 nafar bemorga 5 kunlik davolanish uchun 2245000 so‘m sarflangan. Ilgari bu guruh bemorlar ko‘p hollarda 10 kun davomida jonlantirish bo‘limiga yotqizilib, davolash uchun harajatlar 32000000 so‘mni tashkil qilgan. Tadqiqotimizda jami 58 nafar miokardit bilan og‘rigan homilador ayollar davolangan, buning uchun 130210000 so‘m mablag‘ sarflangan va 1725790000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: olingan natijalar asosida homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditni tasdiqlashning umumiy diagnostik qidiruv algoritmi ishlab chiqilgan, uning yordamida bitta bemor uchun 29755000 so‘m iqtisod qilingan;
beshinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditda va miokard shikastlanishi ko‘rinishidagi holatlarini aniq klinik farqlash zarurati, COVID-19 bilan assotsiirlangan miokard shikastlanishida salbiy akusherlik asoratlar – muddatidan oldin tug‘ruqlar (21,43%), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni Apgar shkalasi bo‘yicha past 5-6 ball bilan tug‘ilishiga (32,86%) olib kelishi isbotlangan. Ushbu natijalar "Homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditning laborator diagnostikasi" va "MRT yordamida homilador ayollarda miokarditni tashxislash" uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan va RIOBSIATM ekspert kengashining 2023 yil 7 noyabrdagi 10/6 – son qarori bilan tasdiqlangan. Toshkent shahar 2-sonli tug‘ruq majmuasining 2023-yil 13-noyabrdagi 97-son buyrug‘i, 3-sonli shahar tug‘ruq majmuasining 2023-yil 15-noyabrdagi 102/1-son buyrug‘i, shuningdek Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialining 2023-yil 11-noyabrdagi 117-son buyruqlari bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 26.08.2024 yildagi 05/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq miokard shikastlanishini malakali taqqoslash, nafaqat bemorlarni davolashning optimal usulini aniqlashga, balki bizning tadqiqotimizda ko‘pincha ona va homila uchun salbiy oqibatlarga olib kelgan, ilgari kam e’tibor qaratilgan, miokard shikastlanishi bo‘lgan ayollar guruhini ko‘zdan qochirmasdan, kasallik prognozi va potensial ish qobiliyatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan assotsiirlangan miokard shikastlanishlarini adekvat farqlash, davolash bilan bog‘liq potensial harajatlarni sezilarli darajada tejaydi. Tadqiqotimizda umumiy 60 nafar homilador ayolda miokard shikastlanishi aniqlangan. Ilgari homilador ayol ahvoli etarlicha baholanmaganida, ushbu toifadagi bemorlarda erta tug‘ruq sodir bo‘lib, erta tug‘ilgan chaqaloqni reanimatsiya bo‘limida 10 kun davolash uchun 12000000 so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan, bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik natijasida 720000000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokard shikastlanishi, miokardit va miokard shikastlanishi shaklida namoyon bo‘lib, ko‘p hollarda erta tug‘ruqlar shaklida salbiy akusherlik asoratlariga olib keladi. Homilador ayol ahvolini og‘irlashishini oldini olish orqali, erta tug‘ruqlar oldi olingan va natijada 1 bemor uchun 12000000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilishga erilishilgan;
oltinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditda yo‘ldosh to‘qimalaridagi yallig‘lanish jarayoni, miokard shikastlanmagan guruhlarga nisbatan, homilaning venoz o‘rtacha qon oqimi tezligining pasayishi (34,02±4,89 mm/sek.), paratsentral qisimda vaskulyarizatsiya indeksining kamayishi (VI-5,27%) va yo‘ldosh markaziy qismida qon oqimi indeksining pasayishiga (FI – 40,1 mm/sek.) olib kelishi bilan isbotlangan. Ushbu natijalar "Homilador ayollarda COVID-19 bilan assotsiirlangan miokarditning laborator diagnostikasi" va "MRT yordamida homilador ayollarda miokarditni tashxislash" uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan va RIOBSIATM ekspert kengashining 2023 yil 7 noyabrdagi 10/6 – son qarori bilan tasdiqlangan. Toshkent shahar 2-sonli tug‘ruq majmuasining 2023-yil 13-noyabrdagi 97-son buyrug‘i, 3-sonli shahar tug‘ruq majmuasining 2023-yil 15-noyabrdagi 102/1-son buyrug‘i, shuningdek Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialining 2023-yil 11-noyabrdagi 117-son buyruqlari bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 26.08.2024 yildagi 05/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qon aylanishi buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash, homila hayotiga xavf tug‘diruvchi sharoitlar rivojlanishiga va erta tug‘ruq tufayli shifoxonada uzoq vaqt qolishga to‘sqinlik qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan assotsiirlangan miokardit bilan og‘rigan homilador ayollarda yo‘ldoshda qon aylanishining mumkin bo‘lgan asoratlari to‘g‘risidagi bilimlar, FPE ko‘rinishidagi og‘ir oqibatlar bilan bog‘liq homila tanasida chuqur o‘zgarishlarga olib keladigan xavfni, reanimatsiya bo‘limida kamida 5 kun davolanadigan muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni davolash uchun kuniga o‘rtacha 1340000 so‘m sarf xarajatlar talab qilinadi. 58 nafar homilador ayolda miokardit tashhisini erta tashhislash va o‘z vaqtida davolash natijasida 388600000 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: yo‘ldosh ichi gemodinamikasini baholashda paratsentral zonada vaskulyarizatsiya indeksining (VI-5.27), shuningdek yo‘ldosh markaziy qismida qon oqimining o‘rtacha intensivligini aks ettiruvchi qon oqimi indeksining (FI-2.61) pasayishi kuzatildi, bu erta bosqichlarda homila gemodinamikasi buzilishlariga olib keladigan sharoitlarni taxmin qilish imkonini bergan va har bir bemorning 5 kunlik davolanishi uchun 6700000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.