Butaev Shavkat Turdalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akademik lisey o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda lingvistik lug‘atlardan foydalanish metodikasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped394.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna,pedagogika fanlari doktori, professor; Alimov Farxod Sharabiddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akademik lisey o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda lingvistik lug‘atlardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik lisey o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda lingvistik lug‘atlardan foydalanish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
akademik lisey o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda predlog, artikl`, frazeologik birikma, affikslarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar lug‘atlardan foydalanish amaliyotida aniqlashtirilgan;
filologiya yo‘nalishidagi akademik lisey bosqichlari uchun ish, ta’lim, dam olish, sayohatga oid so‘zlarning lug‘at-minimumi V1 darajaga binoan ishlab chiqilgan;
A1 darajadan S1 darajasigacha bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalarining inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha onlayn elektron lug‘ati Google, Multitran dasturlarida leksikografiya talablari bo‘yicha yaratilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda izohli, sinonim, antonim, frazeologik, tarjima, omonim lingvistik lug‘atlaridan foydalanish metodikasi kommunikativ yondashuvga asosan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik lisey o‘quvchilarining so‘z boyligini oshirishda lingvistik lug‘atlardan foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
akademik lisey o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda lug‘atlardan foydalanish amaliyotida aniqlashtirilgan predlog, artikl`, frazeologik birikma, affikslarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklardan English-Uzbek/Uzbek-English dictionary / 80000 words and expressions. Inglizcha-O‘zbekcha/O‘zbekcha-Inglizcha lug‘at / 80000 so‘z va ibora lug‘atda foydalanilgan (English-Uzbek/Uzbek-English dictionary / 80000 words and expressions. Inglizcha-O‘zbekcha/O‘zbekcha-Inglizcha lug‘at / 80000 so‘z va ibora. – Toshkent: O‘qituvchi, 2013.–880 b.). Natijada poligrafik lingvistik lug‘atlar tipologiyasidan foydalanishga xizmat qilgan;
filologiya yo‘nalishidagi akademik lisey bosqichlari uchun V1 darajaga binoan ishlab chiqilgan ish, ta’lim, dam olish, sayohatga oid so‘zlarning lug‘at-minimumidan «Dunyo bo‘ylab» telekanalida joriy yilning 10 fevral` kuni efirga uzatilgan “Turfa olam” dasturida hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik” radioeshittirishining 2018 yil 21 aprel` kunidagi sonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 15 maydagi 08-14-249-son va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 14 maydagi 04-25-738-son ma’lumotnomalari). Natijada o‘quvchilarning ingliz tilidagi mustaqil ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Google, Multitran dasturlarida leksikografiya talablari bo‘yicha yaratilgan A1 darajadan S1 darajasigacha bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalarining inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha onlayn elektron lug‘atidan GOOGLE TRANSLATE – 10 more languages with your help dasturida foydalanilgan (Google inside search//The official Google search blog. December 11, 2014, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentiligining 2016 yil 22 sentyabrdagi mualliflik guvohnomasi, № 000272); Natijada elektron lug‘atga o‘zbek tili kiritilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda kommunikativ yondashuvga asosan takomillashtirilgan izohli, sinonim, antonim, frazeologik, tarjima, omonim lingvistik lug‘atlaridan foydalanish metodikasidan O‘MKHT akademik liseylarning 2-bosqich o‘quvchilari uchun “Ingliz tili” (2-qism) o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2007 yil 9 fevraldagi 0595-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘MKHT akademik liseylarning 2-bosqich o‘quvchilarining leksik kompetensiya rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.