Xasanova Mashxura Jumanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XV asr turkiy she’riyatida qasida janri”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari)

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil393.

Ilmiy rahbar: Muhiddinov Muslihidddin Qutbiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.

Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftondil Sadirxonovich, filologiya fanlari doktori; Eshonqulov Xusniddin Primovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: qasida janri, uning shakllanishi, qasida janrining turkiy she’riyatda paydo bo‘lishi va XV asr turkiy qasidachiligining badiiy-estetik jihatlari, tamoyillarini aniqlash, shular orqali qasida janrining mumtoz adabiyotdagi o‘ziga xos mavqei, nufuzini muayyanlashtirish va asoslashdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qasida janrining paydo bo‘lishi va rivojlanishi bo‘yicha mavjud ilmiy, nazariy qarashlar asosida uning janriy xususiyatlari XV asr adabiy jarayoni kontekstida ochib berilgan;

qadimgi “tangirla”, “alqish” kabi janrlar va epik dostonlar tarkibidagi madhlar vositasida qasida janrining turkiy muhitda o‘ziga xos ildizlari mavjudligi dalillanib, uning eng taraqqiy etgan davri XV asr ekanligi isbotlangan;

Sakkokiy va Hofiz Xorazmiy tomonidan yaratilgan, ammo tadqiq etilmagan qasidalari ilmiy iste’molga kiritilib, mavjud manbalar asosida Sakkokiyning nisbasi, ya’ni tug‘ilgan joyga nisbatan taxallusi hamda Gadoiy va Hofiz Xorazmiy qasidalarining mamduhlari aniqlangan;

Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Hofiz Xorazmiy va Alisher Navoiylarning ijtimoiy, falsafiy, diniy-tasavvufiy qarashlari aks etgan qasidalarini tahlil va talqin etish orqali shoirlarning madh va maqtov usuli bilan mamduhlarga ta’sir etish va ularni ulkan maqsadlar sari chorlash mahorati va uslublarining o‘ziga xosligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

XV asr turkiy she’riyatida qasida janrini tadqiq etishda olingan amaliy natijalar asosida:

XV asr turkiy she’riyati, temuriylar davri madaniyati va temuriy sultonlarning adabiyotga qo‘shgan hissalari va ularga bag‘ishlangan qasidalar bo‘yicha olingan xulosalardan OT-F1-138 raqamli “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tahlili” mavzuidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi 89-03-2734-son ma’lumotnomasi). Natijalarning  qo‘llanilishi bilan XV asr turkiy she’riyati, temuriylar davri madaniyati va temuriy sultonlarning adabiyotga qo‘shgan hissalari va ularga bag‘ishlangan qasidalarni o‘rganish imkoniyati yaratilgan;

Sharq mumtoz adabiyotining asosiy janrlaridan sanalgan qasida janri poetikasi, kompozisiyasi, uning shakllanish bosqichlari, tarixi va taraqqiyoti, turkiy qasidachilikning shakllanishi, XV asr qasidachilik an’analari, shu davrda yaratilgan qasidalar va ularning badiiyatini tadqiq etish borasida olingan ilmiy natijalardan F-1-139 raqamli “Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlari tipologiyasi” mavzuidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 sentyabrdagi 89-03-3204-son ma’lumotnomasi).  Olingan natijalarning qo‘llanilishi qasida janrining asosiy badiiy-estetik xususiyatlarini ta’riflab berishga xizmat qilgan;

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limida tashkil etilgan “Sadoqat” ijodiy to‘garagi va adabiy kechalarda ushbu tadqiqotning XV asr turkiy she’riyatining o‘ziga xosliklari, qasida janri, uning taraqqiyot bosqichlarini ko‘rsatib berish bo‘yicha xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 01-03/909-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yosh shoir va shoiralarga mumtoz adabiyot namoyandalarining hayoti va badiiy merosini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etgan;

XV asr turkiy she’riyatining o‘ziga xosliklari bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvida Ko‘rsatuvda Sakkokiy, Lutfiy, Hofiz Xorazmiy va Alisher Navoiylarning ijtimoiy, falsafiy, diniy-tasavvufiy qarashlari aks etgan, XV asr siyosiy-ijtimoiy hayotini o‘zida mujassamlashtirgan qasidalarining ahamiyati va ularda aks etgan yangi badiiy-estetik tamoyillar kabi masalalar atroflicha yoritishda foydalanilgan (“Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 01-16/377-son ma’lumotnomasi). Olingan amaliy natijalar teletomoshabinlarni XV asr qasidalari bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish