Yuldashev Botir Axmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali buyrak kasalligida kardiovaskulyar buzilishning klinik-instrumental va morfologik xususiyatlari va ularning korreksiyasi», 14.00.09-Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.D Sc/Tib988.
Ilmiy raxbar: Shamsiev Azamat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Bobomuradov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipov Rustam Xaitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mamadjanova Gul`nora Sidikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi);
 Yetakchi tashkilot: Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar surunkali buyrak kasalliklarida klinik, instrumental va morfologik xususiyatlarni hisobga olgan holda kardiovaskulyar buzilishlarni tashxislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlar rivojlanishini baxolash uchun prognostik matrisa ishlab chikilgan (KVB shakillanish xavfi ehtimoli zaif (72.1-119.3), o‘rta (119.4-272.0) va yuqori (272.1-471.9)) va uni qo‘llash orqali xavf guruhlari aniqlangan;
renokardial sindromning kompleks diagnostikasida surunkali buyrak patologiyasi bo‘lgan bolalarda miokarddagi metabolik o‘zgarishlarni aniqlashda instrumental tadqiqotlarning noinvaziv usuli sifatida kardiometriyaning samaradorligini aniklangan va bu usul orkali kardiovaskulyar buzilishlarni erta tashxislash (38,5%) mumkinligi asoslangan;
ilk bor surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda miokard va koronar tomirlar tuzilishining morfologik xususiyatini baxolash orkali yurak qon tomirlari endoteliysi va kardiomiotsitlaridagi patomorfologik tarkibiy o‘zgarishlarning kasallik bosqichiga (OR=4.11; DI: 1.35-12.5; χ2-2=6.46; p=0.01) va kardiovaskulyar buzilishlar rivojlanishiga (OR=11.25; DI: 0.55-2.86; χ2=5.93; p < 0.001) bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarni an’anaviy davo usuliga qo‘shimcha ravishda levokarnitin dori vositasi va magnitoterapiya usulini qo‘llash orkali davolash tatikasi takomillashtirilgan;
kardiovaskulyar buzilishlarining rivojlanish konsepsiyasiga asoslangan diagnostik va terapevtik dasturni ko‘llash natijasida surunkali buyrak kasalligi og‘ir bosqichiga o‘tish chastotasini 11,3% ga va kardiovaskulyar buzilishlar rivojlanishni 4.8%ga kamayganligi aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda surunkali buyrak kasalligida kardiovaskulyar buzilishning klinik-instrumental va morfologik xususiyatlari va ularning korreksiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlar rivojlanishini baxolash uchun prognostik matrisa ishlab chikilgan (KVB shakillanish xavfi ehtimoli zaif (72.1-119.3), o‘rta (119.4-272.0) va yuqori (272.1-471.9)) va uni qo‘llash orqali xavf guruhlari aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi 2024 yil 28 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Bolalarda surunkali buyrak kasalliklarida kardiovaskulyar buzilishlarining klinik va instrumental prognozi" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Samarkand shaxar 1-son bolalar shifoxonasi nefrologiya bo‘limi 2024 yil 05 sentyabrdagi 35-son buyrug‘i bilan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nefrologiya bo‘limi 2024 yil 16 sentyabrdagi 93/1-sonli buyrug‘i bilan va Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 13 sentyabrdagi 78/2-son buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kardiovaskulyar buzilishlarini erta bashorat qilish usuli kardiorenal asoratlarni kamaytiradi, bemorning hayot sifatini va uning mehnat qobiliyatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda SBKda kardiovaskulyar buzilishlarining rivojlanishini prognozlash qisqa vaqt ichida ushbu patologiyaning rivojlanishi uchun xavf guruhini aniqlashga imkon beradi, shu bilan birga ishlab chiqilgan usulni amalga oshirish uchun mehnat xarajatlari va miqdorini kamaytiradi. Umumiy iqtisodiy samara har bir bemor uchun 389000 so‘mni tashkil etadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: renokardial sindromning kompleks diagnostikasida surunkali buyrak patologiyasi bo‘lgan bolalarda miokarddagi metabolik o‘zgarishlarni aniqlashda instrumental tadqiqotlarning noinvaziv usuli sifatida kardiometriyaning samaradorligini aniklangan va bu usul orkali kardiovaskulyar buzilishlarni erta tashxislash (38,5%) mumkinligi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi 2024 yil 28 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Bolalarda surunkali buyrak kasalliklarida kardiovaskulyar buzilishlarining klinik va instrumental prognozi" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Samarkand shaxar 1-son bolalar shifoxonasi nefrologiya bo‘limi 2024 yil 05 sentyabrdagi 35-son buyrug‘i bilan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nefrologiya bo‘limi 2024 yil 16 sentyabrdagi 93/1-sonli buyrug‘i bilan va Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 13 sentyabrdagi 78/2-son buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kardiometriya metabolik o‘zgarishlar va yurak-qon tomir tizimining moslashish qobiliyatini hisobga olgan holda bolalarda SBKda kardiovaskulyar buzilishlarini erta tashxislashni optimallashtirishga yordam beradi, shuningdek, buyrak patologiyasida kardiorenal sindromning oldini olish uchun profilaktika qilish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usul bolalarda kardiorenal sindromning rivojlanish xavfini qisqa vaqt ichida va yuqori ishonchlilik bilan bashorat qilish imkonini berdi, shu bilan birga har bir bemor uchun xarajatlarni 90000 so‘mga va taklif etilgan usulni amalga oshirish uchun mehnat xarajatlarini oyiga 2570400 so‘mga kamaytirishga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda miokard va koronar tomirlar tuzilishining morfologik xususiyatini baxolash orkali yurak qon tomirlari endoteliysi va kardiomiotsitlaridagi patomorfologik tarkibiy o‘zgarishlarning kasallik bosqichiga (OR=4.11; DI: 1.35-12.5; χ2-2=6.46; p=0.01) va kardiovaskulyar buzilishlar rivojlanishiga (OR=11.25; DI: 0.55-2.86; χ2=5.93; p < 0.001) bog‘liqligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi 2024 yil 28 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Bolalarda surunkali buyrak kasalliklarida kardiovaskulyar buzilishlarining klinik va instrumental prognozi" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Samarkand shaxar 1-son bolalar shifoxonasi nefrologiya bo‘limi 2024 yil 05 sentyabrdagi 35-son buyrug‘i bilan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nefrologiya bo‘limi 2024 yil 16 sentyabrdagi 93/1-sonli buyrug‘i bilan va Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 13 sentyabrdagi 78/2-son buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBK bo‘lgan bolalarda miokard va koronar tomirlar tuzilishining morfologik xususiyatlarini aniqlash pediatr va bolalar nefrologiga kasallikning dastlabki bosqichida kardiovaskulyar buzilishlarni bashorat qilish imkonini beradi, bu esa kardiorenal asoratlar chastotasini kamaytirishga yordam beradi, bemorning hayot sifatini va uning mehnat qobiliyatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda SBKda kardiovaskulyar buzilishlarining rivojlanishini prognozlash qisqa vaqt ichida ushbu patologiyaning rivojlanishi uchun xavf guruhini aniqlashga imkon beradi, shu bilan birga mehnat xarajatlari va miqdorini kamaytirish natijasida xar bir bemor uchun 389000 so‘m iqtisod qilingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarni an’anaviy davo usuliga qo‘shimcha ravishda levokarnitin dori vositasi va magnitoterapiya usulini qo‘llash orkali davolash tatikasi takomillashtirilgan va va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi 2024 yil 28 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda kardiovaskulyar va metabolik buzilishlarni medikamentoz usulda tuzatish va ularning oldini olish samaradorligi" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Samarkand shaxar 1-son bolalar shifoxonasi nefrologiya bo‘limi 2024 yil 05 sentyabrdagi 35-son buyrug‘i bilan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nefrologiya bo‘limi 2024 yil 16 sentyabrdagi 93/1-sonli buyrug‘i bilan va Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 13 sentyabrdagi 78/2-son buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metabolik kasalliklarni korreksiyalash patogenetik jihatdan asoslangan, chunki u yurak-qon tomir o‘zgarishlari rivojlanishining asosiy sabablariga ta’sir qiladi. Levokarnitin energotropik preparati bilan davolash kasallikning kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi va terapevtik yondashuvni optimallashtirishga, salbiy natijalar sonini kamaytirishga, premorbit fonni yaxshilashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: CBK bo‘lgan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarini davolash va oldini olishga individual yondashuv taklif etilgan, shu jumladan energotropik Levokarnitin preparati va magnitoterapiyani qo‘llagan holda kombinatsiyalangan davolash tavsiya etilgan bo‘lib, bu kasal bolalarning klinik holatini barqarorlashtiradi, buyraklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va kasallikning kardiorenal sindromi rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish davolash kurslarini 1,8 baravar qisqartirishga olib keldi, natijada 12 oylik kuzatuv uchun an’anaviy davolanish qiymati 1858000 so‘m, tavsiya etilgan davolash taktikasi qiymati 1004500 so‘m, 12 oylik kuzatuvning iqtisodiy samaradorligi 1 bemorga 853500 so‘m tashkil etildi.
beshinchi ilmiy yangilik: kardiovaskulyar buzilishlarining rivojlanish konsepsiyasiga asoslangan diagnostik va terapevtik dasturni ko‘llash natijasida surunkali buyrak kasalligi og‘ir bosqichiga o‘tish chastotasini 11,3% ga va kardiovaskulyar buzilishlar rivojlanishni 4.8%ga kamayganligi aniklangan ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi 2024 yil 28 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Bolalarda surunkali buyrak kasalliklarida kardiovaskulyar buzilishlarining klinik va instrumental prognozi" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Samarkand shaxar 1-son bolalar shifoxonasi nefrologiya bo‘limi 2024 yil 05 sentyabrdagi 35-son buyrug‘i bilan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nefrologiya bo‘limi 2024 yil 16 sentyabrdagi 93/1-sonli buyrug‘i bilan va Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 13 sentyabrdagi 78/2-son buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali buyrak patologiyasi bo‘lgan bolalarda yurak-qon tomir asoratlarining keyingi rivojlanishining oldini olish uchun olib borilgan profilaktika gospitalizatsiya sonini 1,8 baravar kamaytirish, kasal bolalarning hayot sifatini yaxshilash va yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishining oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: SBK bilan og‘rigan bolalarda yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga individual yondashuv taklif etiladi, bu kasal bolalarning klinik holatini barqarorlashtiradi, buyraklar faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va kardiorenal sindromning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, gospitalizatsiya sonini kamaytiradi, natijada iqtisodiy xarajatlarni qisqartirishiga olib keladi..

Yangiliklarga obuna bo‘lish