Xoliqov Nodirjon Abduxalil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ziyorat turizmiga oid destinatsiyalarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2849.
Ilmiy rahbar: Turdibekov Xasan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimiz, jumladan Samarqand viloyati ziyorat turizmiga oid destinatsiyalarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyuk allomalarimiz merosi, buddizm va yahudiylik dinlari ziyoratchilarini aniq aviareyslar bo‘yicha qabul imkoniyatlari hamda qo‘shni mamlakatlar salohiyatidan kelib chiqib, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlardan 2026-yilga qadar mamlakatimizga 5 milliondan ortiq turist jalb etilib, 1,3 milliard AQSh dollariga yaqin turizm xizmatlari eksport qilishga erishish maqsadida Turkiy davlatlar tashkilotining veb-portalida «Tabarruk ziyorat» turizm platformasini ishlab chiqish va doimiy takomillashtirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarning ziyorat turizmi salohiyatini oshirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida hadisshunos olimlarimiz Imom al-Buxoriy, Muxammad ad-Dorimiy va Abu Iso at-Termiziy merosiga 101 ming, Abu Mansur al-Moturidiy merosiga 26,2 ming qiziquvchilarni hamda Naqshbandiya tariqati izdoshlari bo‘lgan 43,3 ming, Pahlavon Mahmud merosi va pahlavoniya tariqati izdoshlari bo‘lgan 3 ming, yahudiylar dini merosiga talabgor 39,8 ming ziyoratchilar jalb etish asosida turkiy davlatlarning tadbirkorlik sub’ektlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun O‘zbekistonga «Tabarruk ziyorat» xalqaro mediaturi va infoturlarni tashkillashtirish bo‘yicha takliflar dalillangan;
hududlarda ziyorat turizmini rivojlantirish, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan ziyoratchilar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida respublikamizda Islom mamlakatlarining standartlashtirish va metrologiya institutining «OIC/SMIIC 9:2019. Halol turizm xizmatlari. Umumiy talablar» standartini ishlab chiqish asosida joylashtirish vositalari va turoperatorlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
ziyorat turizmiga oid destinatsiyalarning turistlik salohiyati, madaniy meros resurslari va hududlarda turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2028 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametralarini qo‘llash dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston hududlarida ziyorat turizmni samarali rivojlantirishning istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
buyuk allomalarimiz merosi, buddizm va yahudiylik dinlari ziyoratchilarini aniq aviareyslar bo‘yicha qabul imkoniyatlari hamda qo‘shni mamlakatlar salohiyatidan kelib chiqib, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlardan 2026-yilga qadar mamlakatimizga 5 milliondan ortiq turist jalb etilib, 1,3 milliard AQSh dollariga yaqin turizm xizmatlari eksport qilishga erish maqsadida Turkiy davlatlar tashkilotining veb-portalida «Tabarruk ziyorat» turizm platformasini ishlab chiqish va doyimo takomillashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar 2022 yil 29 iyuldagi PQ-338-son “Turkiy dunyo doirasida «Tabarruk ziyorat» turizm konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar” rejasiga kiritilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 03-12-17-7257-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyatida ziyorat turizmi xizmatlarining 30 % ortishiga imkon yaratilgan;
hududlarning ziyorat turizmi salohiyatini oshirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida hadisshunos olimlarimiz Imom al-Buxoriy, Muxammad ad-Dorimiy va Abu Iso at-Termiziy merosiga 101 ming, Abu Mansur al-Moturidiy merosiga 26,2 ming qiziquvchilarni hamda Naqshbandiya tariqati izdoshlari bo‘lgan 43,3 ming, Pahlavon Mahmud merosi va pahlavoniya tariqati izdoshlari bo‘lgan 3 ming, yahudiylar dini merosiga talabgor 39,8 ming ziyoratchilar jalb etish asosida turkiy davlatlarning tadbirkorlik sub’ektlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun O‘zbekistonga «Tabarruk ziyorat» xalqaro mediaturi va infoturlarni tashkillashtirish bo‘yicha asoslangan taklifi 2022-yil 29-iyuldagi PQ-338-son “Turkiy dunyo doirasida «Tabarruk ziyorat» turizm konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar” rejasiga kiritilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 03-12-17-7257-sonli ma’lumotnomasi) Taklifning amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyatiga har yili qo‘shimcha 200 ming turistni jalb etish imkonini bergan;
hududlarda ziyorat turizmini rivojlantirish, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan ziyoratchilar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida respublikamizda Islom mamlakatlarining standartlashtirish va metrologiya institutining «OIC/SMIIC 9:2019. Halol turizm xizmatlari. Umumiy talablar» standartini ishlab chiqish asosida joylashtirish vositalari va turoperatorlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son “Hududlarda turistlar oqimini shakllantirish va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari” dasturiga kiritilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 03-12-17-7257-sonli ma’lumotnomasi) Ilmiy natijalardan foydalanish asosida ziyorat turizmi xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini 15%ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
ziyorat turizmiga oid destinatsiyalarning turistlik salohiyati, madaniy meros resurslari va hududlarda turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2028 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametralarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «2024-2027 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 03-12-17-7257-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar turistik destinatsiyalarda ziyorat turizmiga qo‘yilgan talablarni e’tiborga olgan holda tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlar infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilgan.