Tojiev Behzod Bekmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq aktivlarning qadrsizlanishi hisobi”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2026.
Ilmiy rahbar: Karimov Akram Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakirjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murod Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aktivlarning qadrsizlanishi hisobini yuritish va hisobotlarda aks ettirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aktivlarning qadrsizlanishini hisob siyosatida aks ettirish maqsadida 0201-“Asosiy vositalarning qadrsizlanishi”, 0301-“Moliyaviy ijaraga olingan aktivlarning qadrsizlanishi”, 0501-“Nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi” kabi ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan;
aktivlarning qadrsizlanishidan ko‘rilgan zararlarni hisob siyosatida aks ettirish maqsadida 9431-“Aktivlarning qadrsizlanishidan ko‘rilgan zararlar” ishchi schyotini kiritish taklifi asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarda aktivlarning har bir komponenti bo‘yicha foydalanish davriga mutanosib ravishda eskirish qiymatlarini hisoblash orqali ish va xizmatlarning tannarxi ishonchli ta’minlanishiga erishish taklif etilgan;
joriy aktivlar tarkibidagi tovar-moddiy zaxiralarning hisobot sanasida qoldiq summalariga reklassifikatsiya o‘tkazmalarini uzoq muddatli aktivlar qismiga o‘tkazish orqali moliyaviy hisobotlarda joriy aktivlarning likvidlilik darajasini aniq aks ettirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiq aktivlarning qadrsizlanishi hisobi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida aktivlarning qadrsizlanishini tekshirish bo‘yicha tashqi va ichki omillarni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil 25-iyuldagi 01-03-33/2829-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzuvchi korxonalar har yili aktivlarning qadrsizlanishini tekshirishdan oldin yuqorida keltirilgan tashqi va ichki omillar mavjud ekanligini aniqlanishiga va aktivlarni ishonchli qiymatda moliyaviy hisobotlarda aks ettirishga xizmat qilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarda aktivlarning har bir komponenti bo‘yicha foydalanish davriga mutanosib ravishda eskirish qiymatlarini hisoblab borish to‘g‘risidagi taklifi “4-sonli Montaj Boshqarmasi” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“4-sonli Montaj Boshqarmasi” AJning 2023-yil 19-iyuldagi 890-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga muvofiq hisobot tuzuvchi subektlarda aktivlarni alohida komponentlarga ajratib eskirish hisoblash va xarajatlarning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqib hisobotlarda tannarx yoki davr xarajatlari sifatida aniq qiymatda aks ettirish imkoniyatini yaratdi. Shuningdek, aktivlar foydalilik davri tugagach, capital ta’mirlash davrini to‘g‘ri aniqlash va eskirish xarajatlarini aniq hisob-kitob qilishga xizmat qilgan;
aktivlarning qadrsizlanish darajasini foizlarda belgilab beruvchi tahliliy formulani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil 25-iyuldagi 01-03-33/2829-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subektlarning aktivlari yildan-yilga qadrsizlanish darajasi ijobiy yoki salbiy darajada ekanligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish va aktivlar qiymatini hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirish imkoniyatini yaratgan;
joriy aktivlar tarkibidagi tovar-moddiy zaxiralarning hisobot sanasida qoldiq summalariga reklassifikatsiya o‘tkazmalarini berish orqali moliyaviy hisobotlarda aks ettirish bo‘yicha taklifi amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil 25-iyuldagi 01-03-33/2829-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotda moliyaviy hisobotni tuzish sanasiga korxonada mavjud tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘ini tasniflash nazarda tutilmoqda. Bunda kapital qo‘yilmalar, asosiy yoki yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha mavjud qoldiq summalarga buxgalteriya o‘tkazmasi berish orqali joriy aktivlarning ta’rifida keltirilgan 12 oydan kam foydalanish muddatiga ega aktivlar sifatida hisobotlarda aks ettirish imkoniyatini yaratgan. Shuningdek, moliyaviy ko‘rsatkichlar jumladan, joriy likvidlilik koeffisienti to‘g‘risida tahlil xulosalari shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini oldi olinishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish