Mansurov Omon Abduvalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mevalarni uzluksiz quritishning energiya tejamkor qurilmasini ishlab chiqish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3255.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Anvar Maxmudovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shaxnoza Abduvoxitovna, texnika fanlari doktori, professor; Ismoilov  Oybek Yulibaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mevalarni konvektiv quritish jarayonini takomillashtirish va o‘zi ag‘dariluvchan poddonlar yordamida uzluksiz ishlovchi energiyatejamkor qurilma ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konvektiv quritish jarayonining turli texnologik rejimlarida  5° qiya burchak ostida o‘zi ag‘dariluvchan poddonda xomashyoni harakatlanishi hamda qurituvchi agentning  qurilmaning ishchi balandligi bo‘ylab taqsimlanishi qonuniyatlari aniqlangan;
xomashyoni impuls bilan ag‘darib quritish jarayoni yuqori intensiv jarayon ekanligi va materialga maksimal mumkin bo‘lgan harorat, namlik va bosimning o‘sishi jihatidan strukturaviy-mexanik xususiyatining o‘zgarishi isbotlangan;
quritish jarayoni davomiyligiga uch faktorli (harorat, poddonlar soni, xomashyoning boshlang‘ich nam saqlashi) eksperiment usulidan foydalanib alohida faktorlar ta’siri mohiyati ochib berilgan;
o‘zi ag‘dariluvchan poddonlar ishtirokida xomashyo tarkibidan namlikni qurituvchi agent vositasida bug‘latish jarayonining texnologik va gidrodinamik rejimlarini optimal chegaralari aniqlangan;
uzluksiz quritish jarayonini tashkil etish orqali quritilayotgan xom ashyoning aylanishi hisobiga mahsulotning bir tekis quritilishi ta’minlanishi hamda quritish davomiyligini 42-48 % gacha qisqarishi isbotlangan;  
olho‘rini o‘zi ag‘dariluvchan poddonlardan foydalanib quritish jarayonining texnologik samaradorligi isbotlangan, shu asosda konvektiv quritgichning takomillashtirilgan yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mevalarni uzluksiz quritishning energiyatejamkor qurilmasini ishlab chiqish orqali quritish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zi ag‘dariluvchi poddonlar bilan ta’minlangan quritgichning tavsiya etilgan yangi konstruksiyasi “Nateco impex” MChJ ning 2024-2028-yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlar ro‘yxatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 24 avgustdagi 23-76/08-24-sonli -sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olxo‘rini uzluksiz quritish jarayonining davomiyligini 10-12 soatgacha qisqartirish, elektr energiya sarfini esa 25 % ga qisqartirish imkonini beradi;
olxo‘rini uzluksiz rejimda ishlaydigan quritish jarayonida xomashyo yuzasiga to‘liq ishlov berish texnologiyasi “GREEN FRUIT WAREHOUSE” MChJ ning 2024-2028-yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlar ro‘yxatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yilning 24 avgustdagi 23-76/08-24 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada quritilgan olxo‘rining sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga, 5 % yaroqsiz mahsulotni yo‘qotilishi oldi olinishiga va GOST 32896-2014 talablariga to‘liq mos kelish imkonini beradi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish