Ismatov Baxtiyor Nigmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siydik yo‘llari tuberkulyoz infeksiyasini kompleks diagnostikasi yondashuvlarini optimallashtirish» 14.00.26 – Ftiziatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4327.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Davronbek Zuxurovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib160.01.
Rasmiy opponentlar: Soipova Nodira Sagdullaevna, tibbiyot fanlari doktori; Zuban` Oleg Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi siydik yo‘llari tuberkulyozini kompleks diagnostikasi samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siydik yo‘llari tuberkulyozining uchrash chastotasi hamda siydik yo‘llari tuberkulezi bo‘yicha “yuqori” xavf guruhlarini shakllantirish uchun aniq va amaliy qo‘llash imkoniyati mavjud kliniko-funksional indikatorlar aniqlangan;
siydik yo‘llari tuberkulyozini aniqlashda molekulyar-genetik (GeneXpert va PZR), immunologik (kvantiferon va TB-LAM), kliniko-funksional test va tekshirish usullarining diagnostik spesifikligi hamda sezgirligi isbotlangan;
siydik yo‘llari tuberkulezida molekulyar-genetik testlarning yuqori spesifikligi va sezgirligini inobatga olgan holda o‘ziga xos kliniko-funksional va nur tadqiqot usullari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
birlamchi bo‘g‘in muassasalari shifokorlari uchun siydik yo‘llari tuberkulyozini erta tashxislash usuli morfofunksional tekshiruvlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi DM “Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi” Ilmiy kengashining 2024 yil 30 apreldagi 4M-R/001-sonli xulosasi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: siydik yo‘llari tizimida tuberkulez kasalligining uchrash chastotasi, siydik yo‘llari tuberkulezi bo‘yicha “yuqori” xavf guruhlarini shakllantirish uchun aniq va amaliy qo‘llash imkoniyati mavjud kliniko-funksional indikatorlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ftiziatriyada siydik yo‘llari tuberkulezining amaliy qo‘llash imkoniyati mavjud klinik-funksional xususiyatlarini baholash va tashxislashning zamonaviy yutuqlariga katta xissa qo‘shilgan. Ilmiy tadqiqotning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari siydik yo‘llari TBning klinik kechish xususiyati tashxislash murakkabligiga asoslanganligi Namangan viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2024 yil 1 iyundagi 01-2/59-sonli hamda Toshkent viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2024 yil 30 maydagi 130a-sonli buyruqlariga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: siydik yo‘llari TB aniqlangan bemorlarda infeksiya rivojlanish xavfini kamaytiradi; siydik yo‘llari TB aniqlangan bemorlarning kasalxonaga yotishlar sonini minimallashtiradi; bemorlarning hayot sifatini yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usul siydik yo‘llari tuberkulezi bo‘yicha “yuqori” xavf guruhlarini shakllantirish uchun aniq va amaliy qo‘llash imkoniyati mavjud kliniko-funksional indikatorlardan foydalanilganda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 766000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: siydik yo‘llari TB aniqlashda bir nafar bemorga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 56,6% ini iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: siydik yo‘llari tizimida tuberkulez mikobakteriyasining aniqlashda molekulyar-genetik (GeneXpert va PZR), immunologik (kvantiferon va TB-LAM), kliniko-funksional test va tekshirish usullarining diagnostik spesifikligi hamda sezgirligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: siydik yo‘llari tizimida tuberkulez mikobakteriyasining real taym asosida molekulyar genetik tekshirish kasalikning erta aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari siydik yo‘llari TBning klinik kechish xususiyati tashxislash murakkabligiga asoslanganligi Namangan viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2024 yil 1 iyundagi 01-2/59-sonli hamda Toshkent viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2024 yil 30 maydagi 130a-sonli buyruqlariga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: siydik yo‘llari tuberkulezini real taym asosida molekulyar genetik tekshirish kasallikni erta aniqlash bemorlarda kasallikning og‘ir klinik shakllari uchrash chastotasini kamaytiradi; erta tashhislash samaradorligi oshishi hisobiga bemordagi asoratlarning chastotasini kamayishi orqali bemorlar kasalxonaga tushish soni kamaydi, faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytish vaqti qisqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usul siydik yo‘llari TB aniqlashda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 766000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: siydik yo‘llari TB aniqlashda moloekulyar-genetik usuldan foydalinilganda bir nafar bemorga amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 766000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan
uchinchi ilmiy yangilik: siydik yo‘llari tubekulezini aniqlash uchun molekulyar-genetik testlarning yuqori spesifikligi va sezgirligini inobatga olgan holda o‘ziga xos kliniko-funksional va nur tadqiqot usullari bilan bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: siydik yo‘llari tuberkulezini kvantiferon test yordamida imunologik tekshirish hamda immunotanqis bemorlarda (OIV) LAM testini qo‘llash orqali TB jarayonini erta aniqlash, bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi kasallikning qaytalanish sonini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari siydik yo‘llari TBning klinik kechish xususiyati tashxislash murakkabligiga asoslanganligi Namangan viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2024 yil 1 iyundagi 01-2/59-sonli hamda Toshkent viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2024 yil 30 maydagi 130a-sonli buyruqlariga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: asosiy kasallikning avj olishidan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; erta tashhislash davolash samaradorligi oshishi hisobiga bemorlardagi asoratlarning chastotasini kamayishi orqali bemorlar kasalxonaga tushish soni kamaydi, faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytish vaqti qisqaradi; bemorlarning hayot sifatini yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usul siydik yo‘llari tubekulezini aniqlash uchun kvantiferon (QuantiFERON Interferon gamma release assay-IGRA) va LAM (Alere DetermineTM TB LAM Ag – lipoarabinomannan test,) testidan foydalanib siydik yo‘llari TB aniqlashda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 766000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: siydik yo‘llari TB aniqlashda immunologik tekshiruvlar qo‘llanilganda bir nafar bemorga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 47,6 %ini iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari uchun siydik yo‘llari tuberkulyozini erta tashxislash usuli morfofunksional tekshiruvlar asosida takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: siydik yo‘llari tuberkulyozini erta tashxislash usuli takomillashtirilgan birlamchi bo‘g‘in shifokorlar uchun tashhis qo‘yish siydik yo‘llari tizimida tuberkulez rivojlanish xavfini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari siydik yo‘llari TBning klinik kechish xususiyati tashxislash murakkabligiga asoslanganligi Namangan viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2024 yil 1 iyundagi 01-2/59-sonli hamda Toshkent viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi direktorining 2024 yil 30 maydagi 130a-sonli buyruqlariga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: sog‘liqni saqlishning birlamchi bo‘g‘ini uchun siydik yo‘llari tuberkulyozini erta tashxislashning takomillashtirilgan usuli tuberkulezni erta tashxislash va kompleks davolash asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi, bemorlarning hayot davomiyligini oshiradi va hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usul siydik yo‘llari tuberkulyozini erta tashxislashning takomillashtirilgan usulidan foydalanilib bir nafar bemor uchun o‘rtacha 1022000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: siydik yo‘llari tuberkulyozini erta tashxislash takomillashtirilgan usulidan foydalanib bir nafar bemorga amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 63,5% (1,6 barobar) iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish