Xusanov Ulugbek Nishanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Telekommunikatsiya korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.16 – «Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya»
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.4.DSc\Iqt625
Ilmiy maslahatchi: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Gulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik ; To‘raev Shovkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kenjaboev Aman Turg‘unovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Xalqaro Nordik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi telekommunikatsiya korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teleradio xizmatlari sifati va sonini sezilarli darajada oshirish, radiochastota spektridan yanada samarali foydalanish maqsadida bitta radiochastota spektrida sig‘imni oshirish orqali optimallashtirish asoslangan;
Olis va tog‘li hududlarda bo‘lgan aholi yashash maskanlarida teleradio xizmatlarini ko‘rsatishni uzlyuksizligini ta’minlash va uni monitoringini amalga oshirishda Sputnik signallaridan foydalanish usulini qo‘llash orqali korxona samaradorligini oshirishi taklif etilgan;
teleradio xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat natijalarini inobatga olgan holda korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligining  2024-2028-yillar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan;
telekommunikatsiya korxonalari faoliyatini to‘liq raqamli texnologiyalarda foydalangan holda o‘zgartirish orqali mehnat unumdorligini oshirish imkoniyati isbotlangan;
teleradio xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonada xizmatlar sifatini yaxshilash, moliyaviy samaradolikni oshirish va xizmatlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida nodavlat telekanallarining signallarini kodlash (Content Security, Code & Mobile App Protection) orqali tarqatish tizimi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Telekommunikatsiya korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
teleradio xizmatlari sifati va sonini sezilarli darajada oshirish, radiochastota spektridan yanada samarali foydalanish maqsadida bitta radiochastota spektrida sig‘imni oshirish orqali optimallashtirishga doir taklifi “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK 2017-2023-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK 2024-yil 26-yanvardagi 10-34/66 son, “Uzdigital TV” MChJning 2024-yil 15-yanvardagi 01-16/15 sonli ma’lumotnomalari). Natijada, “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUKning bitta raqamli uzatgichida DVB-T2 standartida 20 ta SD (standard definition) formatidagi kanallarni joylashtirish imkoniyati yaratilgan. Optimallashtirish orqali korxona daromadlari 2017-yildan boshlab o‘sishi, xususan “RRTM”DUKning 2023-yilda daromadi 2022-yilga nisbatan 15878,0 mln. so‘m “Uzdigital TV” MChJning daromadi 12576,0 mln.so‘mga oshishiga xizmat qilgan;
Olis va tog‘li hududlarda bo‘lgan aholi yashash maskanlarida teleradio xizmatlarini ko‘rsatishni uzlyuksizligini ta’minlash va uni monitoringini amalga oshirishda Sputnik signallaridan foydalanish usulini qo‘llash orqali korxona samaradorligini oshirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6079-son farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-fevraldagi 33-8/958 son va “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK 2024-yil 26-yanvardagi 10-34/66 son ma’lumotnomalari). Natijada, “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUKning  mablag‘larni iqtisod qilish, asosiy vositalar butligini ta’minlash, isteʼmolchilarga sifatli televizion signalni uzatish,  ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalangan holda teleradioeshittirish xizmatlarining barcha turlarini to‘liq qamrab olgan holda raqamli eshittirishlarni uzatishning optimal echimiga erishilgan;
teleradio xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat natijalarini inobatga olgan holda korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligining  2024-2028-yillar prognoz ssenariylariga doir taklifi “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUKning 2023-yil 11-dekabrda tasdiqlangan “2024-yil biznes rejasi”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-fevraldagi 33-8/958 son va“Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK 2024-yil 26-yanvardagi 10-34/66 son ma’lumotnomalari). Natijada, “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK faoliyatini raqamlashtirish jarayoni korxona sof tushumini ortishiga kuchli ta’sir etmoqda, yaʼni bu faoliyatda moliyaviy xarajatlar bir birlikka orsa ham korxona sof tushumi oldingi davrlarga qaraganda 2 barobar ko‘proq bo‘lishiga, hamda korxona sof tushumini 2 barobargacha oshirish imkoniyati mavjudligi ekonometrik tahlil usullarini qo‘llash orqali erishilishi isbotlangan.  
telekommunikatsiya korxonalari faoliyatini to‘liq raqamli texnologiyalarda foydalangan holda o‘zgartirish orqali mehnat unumdorligini oshirishga doir taklifi “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUKning “Kadrlar siyosatida” ishlab chiqishda foydalanilgan (“Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK 2024-yil 26-yanvardagi 10-34/66 son, “Uzdigital TV” MChJning 2024-yil 15-yanvardagi 01-16/15 sonli ma’lumotnomalari). Natijada, “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUKda 2019-yilda o‘rtacha oylik mehnat unumdorligi bir ishchi-xodimga 5065,0 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa raqamli texnologiyalardan to‘liq foydalanish jarayoni yakunlangandan so‘ng bir ishchi-xodim o‘rtacha mehnat unumdorligi 12145,0 ming so‘mni yoki 7080,0 ming so‘mga oshishiga xizmat qilgan;
teleradio xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonada xizmatlar sifatini yaxshilash, moliyaviy samaradorlikni oshirish va xizmatlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida nodavlat telekanallarining signallarini kodlash (Content Security, Code & Mobile App Protection) orqali tarqatish tizimi joriy etishga doir taklif “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUKning xizmatlar sifatini oshirish jarayonida foydalanilgan («Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK 2024-yil 26-yanvardagi 10-34/66 son ma’lumotnomasi). Natijada, “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK tomonidan 2023-yilda VERIMATRIX (Content Security, Code & Mobile App Protection) tizimini qo‘llash orqali oltita nodavlat telekannalari faoliyati haq evaziga yo‘lga qo‘yildi va ularning tarqatilishi xavfsizligi ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish