Muradov Botir Xayatningning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarini rivojlantirishning tashkiliy - iqtisodiy  mexanizmlarini  takomillashtirish», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt1348
Ilmiy maslahatchi: Isxakov Abdulaxat Qayumovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar:. Iskanderov Axmet Maksetbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xamdamova Gavhar Absamatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
     Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalarini  rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbekko‘mir” AJ korxonalarini sanoat klasterlari negizida tashkil qilishda birinchi navbatda ishlab chiqarish texnologiyalarini ustuvor yangilashga ko‘ra turli ishlab chiqarish quvvatlarining muvofiqligini ta’minlash va integratsion aloqalarni kuchaytirish zarurati asoslangan;
ko‘mir konlarining ag‘darma jinslaridan glinozem tarkibli mahsulotlar va sement ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalanish iqtisodiy va ekologik jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
energiya (uglerod) intensivligining 2050 yilgacha bo‘lgan davrda dunyo global talablarining taqsimlanishi prognozi hamda “O‘zbekko‘mir” AJda “General management MC” texnologiyasini tadbiq etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligining 2024-2030 yillardagi prognozi parametrlari ishlab chiqilgan;
ko‘mir qazib olish zaxiralari va hajmlarini oshirishga yo‘naltirilgan tarkibiy yangilanishlarning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarining 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“O‘zbekko‘mir” AJ  aksiyadorlik jamiyati korxonalarini samarali tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarga ko‘ra rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbekko‘mir” AJ  korxonalarini sanoat klasterlari negizida tashkil qilishda birinchi navbatda ishlab chiqarish texnologiyalarini ustuvor yangilashga ko‘ra turli ishlab chiqarish quvvatlarining muvofiqligini ta’minlash va integratsion aloqalarni kuchaytirish taklifi “O‘zbekko‘mir” AJ  tomonidan “Rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2024-yil 10- maydagi 01-13-905- sonli ma’lumotnomasi). Taklif korxonalarni modernizaiyalash jarayonini kengaytirish hamda tarmoq dasturlarini maqsadli realizatsiyasiga ko‘ra  rivojlantirish darajasini 1.1% ga oshirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ko‘mir konlarining ag‘darma jinslaridan glinozem tarkibli mahsulotlar va sement ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalanish ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekko‘mir” AJning  2024-yil 10- maydagi 01-13-905- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ko‘mir sanoati korxonalari samaradorligini 1,3 foizga oshirish imkonini yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan;
energiya (uglerod) intensivligining 2050 yilgacha bo‘lgan davrda dunyo global talablarining taqsimlanishi prognozi hamda “O‘zbekko‘mir” AJda “General management MC” texnologiyasini tadbiq etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligining 2024-2030 yillardagi prognozi parametrlari bo‘yicha takliflardan “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan “Rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2024-yil 10- maydagi 01-13-905- sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar “O‘zbekko‘mir” AJ tasar-rufidagi korxonalar faoliyatini qiyosiy tahliliga ko‘ra istiqboldagi rivojlanish ko‘rsatkichlarini asoslashda muhim mezoniy manba sifatida muayyan darajada xizmat qilgan;
respublika yoqilg‘i-energetika balansida ko‘mir qazib olish zahiralari va hajmlarini oshirishga ko‘ra tarkibiy yangilanishlarning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarining 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifdan “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan “Rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2024-yil 10- maydagi 01-13-905- sonli ma’lumotnomasi). Takliflarni amaliyotga joriy qilinishi mavjud imkoniyatdan samarali foydalanishga ko‘ra “O‘zbekko‘mir” AJ da ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini 2030 yilda 2022 yilga nisbatan 1,2 foizga kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish