Tursunkulova Shaxnoza Tuychievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tasavvuf falsafasida go‘zallik paradigmasining immanent va tizimli asoslari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Fal98.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Mahmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Gulandom Samievna, falsafa fanlari doktori, professor; G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; Agzamxodjaeva Shaxnoza Saidmatmabovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasavvuf falsafasida go‘zallik paradigmasining immanent va tizimli asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyo Uyg‘onish – Renessans davri xalqlari falsafiy tafakkuri rivojida tasavvuf ilmi allomalarini go‘zallik haqidagi qarashlarining diniy va dunyoviy asoslari uyg‘un ekanligi mantiqiy asoslangan;
tasavvuf falsafasida go‘zallikning substansional mohiyati, dialektik va sinergetik xususiyatlari, ierarxik rivojlanish darajalari falsafaning makon va zamon atributlari vositasida ochib berilgan;
tasavvuf falsafiy ta’limotida ifodalangan obektiv va subektiv go‘zallikning muhabbat, ishq, chiroylilik, latiflik, mukammallik, tartib, poklik, rahm-shafqat, yordam berish kabi immanent mezonlari yoshlar ma’naviyatini boyitishi, jismoniy va axloqiy kamolotiga konstruktiv ta’sir ko‘rsatishi dalillangan;
go‘zallikka oid tasavvufiy qarashlarning madaniy-antropologik, onto-gnoseologik hamda aksiologik aspektlarini ochib berish orqali yangilanayotgan O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy yuksaklikka erishish, adolatli jamiyatni bunyod etish, ijtimoiy davlatni qurish kabi strategik, ustuvor funksiyalarni amalga oshirishdagi imkoniyatlari asoslab berilgan;
tasavvufiy go‘zallikda o‘z ifodasini topgan vatanparvarlik, insonparvarlik, tinchlik, erkinlik, halollik, do‘stlik, ezgulik kabi ma’rifatni ulug‘lovchi insoniy qadriyatlar ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashda birlamchi omillar ekanligi tarixiylik va mantiqiylik nuqtayi nazaridan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi axloqiy muammolarni tadqiq qilish bilan bogʻliq ilmiy natijalar asosida:
“Markaziy Osiyo Uyg‘onish — Renessans davri xalqlari falsafiy tafakkuri rivojida tasavvuf ilmi allomalarining go‘zallik haqidagi qarashlarining diniy va dunyoviy asoslari uyg‘un ekanligi mantiqiy asoslanganligi”ga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual falsafiy metodologiyasi” (Harakatlar strategiyasi asosida) mavzusidagi PZ-20170928696-raqamli amaliy loyihasi nazariy qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 17-maydagi 04/11-2972-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda mamlakatimizda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarni tushunishda, yoshlarning ma’naviy, axloqiy dunyoqarashi yuksalishida go‘zallik paradigmalarini anglashlariga xizmat qilgan;
tasavvuf falsafasida go‘zallikning substansional mohiyati, dialektik va sinergetik xususiyatlari, ierarxik rivojlanish darajalari falsafaning makon va zamon atributlari vositasida ochib berilganligiga oid nazariy xulosalar va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli kitobni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 8-maydagi 02/220-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni ajdodlar ma’naviy-ilmiy merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga, go‘zal insoniy munosabatlar tizimini tartibga solishga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat ko‘nikmalarining shakllanishiga, inson kamolotida muhim ahamiyat kasb etgan go‘zallik paradigmalari to‘g‘risidagi qarashlarning takomillashuviga xizmat qilgan;
tasavvuf falsafiy ta’limotida ifodalangan obektiv va subektiv go‘zallikning muhabbat, ishq, chiroylilik, latiflik, mukammallik, tartib, poklik, rahm-shafqat, yordam berish kabi immanent mezonlari yoshlar ma’naviyatini boyitishi, jismoniy va axloqiy kamolotiga konstruktiv ta’sir ko‘rsatishi dalillanganligiga doir nazariy xulosalar va takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatining oldini olish” haqidagi 26-bandi “Jamiyatda radikallashuv kuchayishining oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilgan turli xil harakatlarga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilash va amalga oshirish” hamda mazkur yo‘nalishning 28-bandi “Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish” mavzularida belgilangan vazifalar ijrosini bajarishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 20-iyundagi 234-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda radikalizm va ekstremizmga qarshi kurash yo‘nalishidagi faoliyatni tashkil etish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilgan turli xil harakatlarga qarshi kurashishda, ma’naviy tarbiyani kuchaytirishda ma’naviy-ma’rifiy soha targ‘ibotchilari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
go‘zallikka oid tasavvufiy qarashlarning madaniy-antropologik, onto-gnoseologik hamda aksiologik aspektlarini ochib berish orqali yangilanayotgan O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy yuksaklikka erishish, adolatli jamiyatni bunyod etish, ijtimoiy davlatni qurish kabi strategik, ustuvor funksiyalarni amalga oshirishdagi imkoniyatlari asoslab berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining 2023-yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan dasturining 53-bandi “Yangi O‘zbekiston 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, turizm va madaniy merosni yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni o‘z muddatida bajarish choralarini ko‘rish”, shuningdek, 25-bandi nomavsumiy oylarda chegirmalar taqdim etgan holda “Ichki turizm oyligi”ni tashkil qilish hamda “Ichki turizm haftaligi”, “Ichki turizm kunlari” dasturlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Samarqand viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining 2023-yil 31-maydagi 03-13/4-358-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqandda ichki turizm imkoniyatlari, ayniqsa, aholi va sayyohlarning tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlarga bo‘lgan qiziqishlarining yanada ortishiga xizmat qilgan;
tasavvufiy go‘zallikda ifodasini topgan vatanparvarlik, insonparvarlik, tinchlik, erkinlik, halollik, do‘stlik, ezgulik, ma’rifatni ulug‘lovchi insoniy qadriyatlar ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashda birlamchi omillar ekanligi tarixiylik va mantiqiylik nuqtayi nazaridan isbotlanganligiga doir xulosa, taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yilda efirga uzatilgan “Kun mavzusi” nomli eshittirishning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 6-apreldagi 01-07/112-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning tasavvuf falsafiy merosi, tasavvuf ilmi allomalarining go‘zallik, inson go‘zalligi haqidagi qarashlarining boyishiga xizmat qilgan.