Zaripov Xurshid Zakir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda inson kapitalidan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/4208.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xidirova Gavhar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada inson kapitalidan samarali foydalanish va rivojlantirish asosida Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va baholashning uslubiy jihatlarini ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaviy darajada inson kapitalini baholash uslubiyatiga ko‘ra, ta’lim tizimi, demografik va bandlik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori (0.84-0.93 ball), o‘rta (0.68-0.79 ball), quyi (0.51-0.60) darajalarda baholash taklifi asoslangan;
Xorazm viloyatida oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bitiruvchilari sonini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida YaHMning o‘rtacha 2,8 foizga oshirish modeli taklif qilingan;
inson kapitalidan foydalanish samaradorligini oshirishda Xorazm viloyati tumanlarining o‘sish nuqtalari bo‘yicha barqaror rivojlangan (7-9 ball), rivojlanayotgan (5-6 ball) rivojlanishga muhtoj (2-3 ball) darajalarda baholash taklifi asoslangan;
inson kapitalining rivojlanish tendensiyasi saqlanib qolishi shartida 2033-yilga kelib YaHMning o‘sishi 2022-yilga nisbatan o‘rtacha senariy bo‘yicha 62 %, pessimistik senariy bo‘yicha 38,24 % va optimistik senariy bo‘yicha 79,48 % ni tashkil etganligi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mintaqaviy darajada inson kapitalini baholash uslubiyatiga ko‘ra, ta’lim tizimi, demografik va bandlik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori (0.84-0.93 ball), o‘rta (0.68-0.79 ball), quyi (0.51-0.60) darajalarda baholash taklifi Xorazm viloyat hokimining 2023-yil 13-fevraldagi 47-12-0-Q/23-son “IT ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarning dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishi hamda eksportga yo‘naltirishi bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 26-avgustdagi 04-10/2650-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda ta’lim tizimi, bandlik munosabatlarini dasturlarini takomillashtirishga imkon yaratilgan;
Xorazm viloyatida oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bitiruvchilari sonini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida YaHMning o‘rtacha 2,8 foizga oshirish modeli Xorazm viloyat hokimining 2023-yil 13-fevraldagi 47-12-0-Q/23-son “IT ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarning dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishi hamda eksportga yo‘naltirishi bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 26-avgustdagi 04-10/2650-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bitiruvchilarining YaHMga ta’sirini baholash imkonini bergan;
inson kapitalidan foydalanish samaradorligini oshirishda Xorazm viloyati tumanlarining o‘sish nuqtalari bo‘yicha barqaror rivojlangan (7-9 ball), rivojlanayotgan (5-6 ball) rivojlanishga muhtoj (2-3 ball) darajalarda baholash taklifi Xorazm viloyat hokimining 2023-yil 13-fevraldagi 47-12-0-Q/23-son “IT ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarning dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishi hamda eksportga yo‘naltirishi bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 26-avgustdagi 04-10/2650-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat tumanlarida drayver tarmoqlar va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash potensialini aniqlashga imkon bergan;
inson kapitalining rivojlanish tendensiyasi saqlanib qolishi shartida 2033-yilga kelib YaHMning o‘sishi 2022-yilga nisbatan o‘rtacha senariy bo‘yicha 62 %, pessimistik senariy bo‘yicha 38,24% va optimistik senariy bo‘yicha 79,48 % ni tashkil etganligi bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyat hokimining 2023-yil 13-fevraldagi 47-12-0-Q/23-son “IT ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarning dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishi hamda eksportga yo‘naltirishi bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 26-avgustdagi 04-10/2650-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Xorazm viloyatida inson kapitalini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish