Sharipov Djamshed Xakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Galliy, indiy va talliy bilan legirlangan Zn22Al qotishmasining anod xossasi va oksidlanishi, ularning xossalarining o‘zgarishini modellashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik B. G‘ofurov nomli Xo‘jand davlat universitet, Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Obidov Ziyodullo Raxmatovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi galliy, indiy va talliy bilan legirlangan Zn22Al qotishmasining anod xossasi va oksidlanishi, ularning xossalarining o‘zgarishini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
0.01-0.1 mas.% miqdorida galliy, indiy va talliy qo‘shimchalari Zn22Al qotishmasining korrozion-faol muhitlarda anod barqarorligini 2-3 martaga oshirishi galliy va talliyning kimyoviy aktivligi haroratga bog‘liqlik darajasi asosida tadqiqotlar yordamida aniqlangan;
alyuminiy korroziyasi potensialining o‘zgarishlari asosida rux-alyuminiy qotishmalarining pitting hosil bo‘lish va repassivatsiya dinamikasining grafigi ishlab chiqilgan;
galliy bilan legirlangan qotishmalardan indiy bilan legirlangan qotishmalarga, so‘ngra talliy bilan legirlangan qotishmalarga o‘tilganda qotishmalarning korroziyalanish tezligi muhitning rN ga bog‘liq ravishda ortishi aniqlangan;
ruxning oksidlanishining muhitning haroratiga giperbolik bog‘lanishi asosida Zn22Al-Ga(In,Tl) qotishmalarning oksidlanish xarakterining grafigi ishlab chiqilgan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Galliy, indiy va talliy bilan legirlangan Zn22Al qotishmasining anod o‘zini tutishi va oksidlanishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Zn22Al qotishmasining indiyli yangi tarkibi (patent № TJ 1275) «Korgohi moshinasozӣ» DUK korxonasiga joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vazirligining 15.02.2023 yildagi № 14-334 ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida mashinasozlik detallarining xizmat qilish muddati 12-14% ga oshgan;
turli markali uglerodli po‘latlardan ishlangan detallarni ularning eritmasiga botirish yo‘li bilan himoyalovchi qotishma qoplamalarni qaynoq qoplash texnologiyasi «Korgohi moshinasozӣ»DUK korxonasiga joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vazirligining 15.02.2023 yildagi № 14-334 ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida po‘lat detallarning korrozion bardoshliligi 25-27% ga oshgan;
qotishmalarni korroziyadan himoyalaydigan qoplamaning tarkibi «Korgohi moshinasozӣ» DUK korxonasiga joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vazirligining 15.02.2023 yildagi № 14-334 ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida detallar yuzasining oksidlanish tezligi 8-10% ga kamaygan;
ko‘rsatilgan korroziyaga bardoshli himoyalovchi qotishma qoplamalardan keladigan iqtisodiy samara ishqalanuvchi detallarning xizmat qilish muddatining ortishi hisobiga yiliga 812 AQSh dollarini tashkil qiladi (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vazirligining 15.02.2023 yildagi № 14-334 ma’lumotnomasi).