Muxammadov Mirkomil Gapir o‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Futbolchi qizlarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirishda o‘yin vaziyatini modellashtirish samaradorligi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1852.
Ilmiy rahbar: Musaev Bahrom Baxtiyorovich pedagogika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ataev Otabek Raximberganovich Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv mashg‘ulot jarayonida yosh futbolchi qizlarning o‘yin vaziyatlarini modellashtirishga qaratilgan texnik-taktik harakatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
futbolchi qizlarning yillik tayyorgarlik bosqichlarida maxsus jismoniy tayyorgarlikning o‘yin vaziyatlariga yaqinlashtirilgan o‘yin xususiyatiga ega, yuqori intensivlikdagi mashqlar va vositalarni mashg‘ulotlar jarayoniga singdirish hisobiga portlovchi kuch va chaqqonlikni kompleks ko‘rsatkichlariga ega jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
yosh futbolchi qizlarning tayyorgarlik jarayonini musobaqa yuklalamalarining shiddati va meyorlarini besh kundan olti kungacha bo‘lgan haftalik mikrotsikllariga yuklama hajmi va davomiyligini inobatga holda optimallashtirish orqali musobaqa faoliyatidagi murakkab texnik-taktik vaziyatlarda tezkor hujum harakatlarini bajarish samaradorligi oshirilgan;
futbolchi qizlarning tayyorgarlik davrida mashg‘ulot yuklamalarini o‘yin jarayonida vujudga keladigan vaziyatlarni aks ettiruvchi himoya va hujum uyushtirish bo‘yicha vositalarni taqsimlash va yuklamalarni ta’sir etish darajalari bo‘yicha samarador me’yoriy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish hisobiga aerob, aralash, anaerob-glikolitik, anaerob-alaktat rejimidagi mashg‘ulotlarni turli variantlarda qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan;
yosh futbolchi qizlarning amplualari bo‘yicha tanlab yo‘naltirilgan va musobaqa faoliyatidagi vositalarni, murakkablik darajasi bo‘yicha o‘yin vaziyatlariga yaqinlashtirilgan holda modellashtirish hisobiga o‘yin faolligi va shiddat darajasini baholash tizimi takomillashtirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Futbolchi qizlarning o‘yin vaziyatlarini modellashtirishni hisobga olgan holda texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan metodikani amalda qo‘llash natijalari asosida:
yosh futbolchi qizlarning yillik tayyorgarlik bosqichlarida umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash asosida maxsus jismoniy tayyorgarlikning ikki tomonlama o‘yin vaziyatlariga yaqinlashtirilgan mashg‘ulotlar jarayoniga singdirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “OKMK” PFK jamoasi yosh futbolchi qizlarining o'quv-mashg'ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 03-16/1793-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh futbolchi qizlarning umumiy jismoniy tayyorgarligi 12% ga, maxsus jismoniy tayyorgarligi 14 % ga yaxshilangan;
yosh futbolchi qizlarning o‘yin vaziyatini modellashtirilgan mashqlar kompleksini mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash hisobiga yillik tayyorgarlikning bazaviy, umumiy va maxsus tayyorgarlik, tortuvchi va musobaqa oldi mikrotsikllarni turlararo taqsimlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Neftchi futbol jamoasi yosh futbolchi qizlar jamoalasining mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 03-07/1793-son ma’lumotnomasi). Natijada vaziyatli texnik-taktik harakatlarni bajarish samaradorligi 20 % ga yaxshilangan;
yosh futbolchi qizlarning tayyorgarlik davrlarida mashg‘ulot yuklamalarini taqsimlash asosida o‘yin jarayonida vujudga keladigan vaziyatlarni aks ettiruvchi vositalarni himoya va hujum uyushtirish bo‘yicha taqsimlab, yuklamalarni ta’sir etish darajalari bo‘yicha aniq me’yoriy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish taklif va tavsiyalar «Futbolda hujum va himoya taktik harakatlarini takomillashtirish» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktorining 2023-yil 16-sentyabrdagi 33/d-sonli buyrug‘i asosida O‘Q-0014 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada yosh futbolchi qizlarning o‘tkazilgan tajriba asosida tajriba guruhining musobaqa faoliyatidagi kompleks mashqlar samaradorligi 9,4 % ga yaxshilangan;
yosh futbolchi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonidagi yuklamalarning texnik–taktik tayyorgarlikka yo‘naltirilgan meʼyoriy ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan va o‘yin vaziyatlarini modellashtirishga qaratilgan vositalarning shiddat zonalari bo‘yicha turli variantlari «OKMK» PFK futbolchi qizlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi  03-16/1793-sonli ma’lumotnomasi) Natijada o‘tkazilgan tadqiqot asosida tajriba guruhining musobaqa faoliyatidagi jamoaviy texnik-taktik harakatlari samaradorligi 19 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish