Yodgorova Zebo G‘afforovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Media olamning lisoniy manzarasida modallik kategoriyasining milliy o‘ziga xosligi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2146.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Akmal Gulyamjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bosma media olamining lisoniy manzarasida modallik kategoriyasini ifodalovchi til vositalarini lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosma medianing lisoniy olamida modallikning voqelanishi, modallik kategoriyasi turlarining tasniflanishi, ular o‘rtasidagi umumiy farqlar axborotning maqsadi, ta’sir etish, ishontirish va kommunikativ funksiyasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi hamda bu jarayon bir qator lingvistik, ekstralingvistik omillar, mexanizmlar va me’yorlarga bog‘liqligi asoslangan;
bosma mediamatnda modallik kategoriyasining axborot orqali voqealanishi mafkuraviy ta’sirga hamda shakl va shamoilga tayanishi, har bir bosma media o‘z auditoriyasining ehtiyojlariga qarab bayon qilinayotgan voqea-hodisalarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirishi modallikning aksiologik baholash mezonlari orqali amalga oshirilishi dalillangan;
gazeta matnida modallik kategoriyasi morfologik, leksik va sintaktik vositalar hamda kirish so‘zlarning lingvistik tasnifi asosida yoritilgan va modal semantik mazmunga ega bo‘lgan ehtimolilik, ruxsat, iltimos, taklif, buyruq, majburiyat yoki maslahat kabi otlarning fe’llar bilan bog‘lanib kelishi dalillangan;
media olamining milliy manzarasida modallikni ifodalovchi til birliklari (modal so‘zlar, ibora va maqollar)ning o‘ziga xosligi, olamni bilish va o‘zlashtirishning maxsus usuli, mediamatndagi modallik kategoriyasining axborotning ishonchliligini belgilovchi mental va sosial jarayonlar hamda epistemik, gnoseologik va kommunikativ parametrlar bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Media olamining lisoniy manzarasida modallik kategoriyasi va uning o‘zbek va ingliz tillarida ifodalanishi hamda milliy o‘ziga xosligi muammosining tadqiqi asosida:
bosma medianing lisoniy olamida modallikning voqelanishi va modallik kategoriyasining turlari tasniflanib, ular o‘rtasidagi umumiy farqlar axborotning maqsadi va kommunikativ funksiyasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi hamda bu jarayon obektiv va subektiv omillarga bog‘liq ekanligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan “FZ-2016-0908165532-raqamli Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 6-fevraldagi 69-son ma’lumotnomasi). Natijada media olamining lisoniy manzarasida modallik kategoriyasining milliy o‘ziga xosligi tushunchasi bilan bog‘liqligi borasida bevosita ilmiy-nazariy manbalar boyitishga xizmat qilgan;
bosma mediamatnning ma’noviy maydonida modallik kategoriyasining axborot orqali voqealanishi hamda bayon qilinayotgan voqea-hodisalarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirishda modallikning aksiologik baholash darajasining mavjudligi haqidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan IL 21091378-raqamli “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 8-iyundagi IRD/23 130-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy madaniyatimizga xos aksiologik xususiyatlar shakllanishiga amaliy jihatdan xizmat qilgan;
gazeta matnida modallik kategoriyasi morfologik, leksik va sintaktik vositalar hamda kirish so‘zlarning lingvistik tasnifi asosida yoritilgan va modal semantik mazmunga ega bo‘lgan ehtimollik, ruxsat, iltimos, taklif, buyruq, majburiyat yoki maslahat kabi otlarning fe’llar bilan bog‘lanib kelishi haqidagi ilmiy xulosalaridan Qashqadaryo viloyati “Voqif” ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-ommabop gazetasidagi maqolalarni tayyorlashda keng foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat “Voqif” ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-ommabop gazetasi tahririyatining 2023-yil 5-yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-ommabop gazeta materiallari mazmuni ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitilib, ilmiy dalillar bilan ta’minlangan;
media olamining milliy manzarasida modallikni ifodalovchi til birliklari (modal so‘zlar, ibora va maqollar)ning o‘ziga xosligi, olamni bilish va o‘zlashtirishning maxsus usuli, mediamatndagi modallik kategoriyasining axborotning ishonchliligini belgilovchi mental jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqligi haqidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan IL 21091378-raqamli “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2023-yil 8-iyundagi IRD/23 130-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvokultrologiya va psixolingvistika kabi fanlarni o‘qitilishida hamda mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron resurslar, nazariy hamda amaliy materiallarlar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.