Isaboeva Dilyora Zokirjon qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda o‘qish savodxonligi bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalarni xalqaro baholash dasturi asosida shakllantirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped7452.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanova Muqaddas Qahramonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kiyamov Nishon Sadikovichlar, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida o‘qish savodxonligi bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalarni xalqaro baholash dasturlari asosida shakllantirishning samarali metodlarini aniqlash va texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish tuzilmasi va komponentlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligi ko‘nikmalarini xalqaro baholash dasturi talablari asosida shakllantirishda PIRLS xalqaro baholash dasturi konsepsiyasiga muvofiq tayanch ko‘nikmalarni shakllantirishga fanlararo integratsiyani o‘quvchilarning rivojlanish vektoriga ko‘ra vertikal va gorizontal ta’minlash tamoyiliga muvofiq ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishning didaktik tizimi va metodik ta’minoti o‘qitishning zamonaviy paradigmalarini o‘quvchilarning motivatsion preferensiyalarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ergonomik xususiyatlariga ko‘ra ta’limiy jarayonining kognitiv, operatsion-texnologik, refleksiv-baholash bosqichlariga muvofiq tizimli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida zamonaviy ko‘nikmalarni xalqaro baholash dasturlari asosida shakllantirishning innovatsion modeli ta’lim standartlarida uyg‘unlik, umumiylik va yondashuvlarning yaxlitlashuvi bilan bog‘liq tendensiyani ta’lim mazmunining amaliy ahamiyatini oshirishga nisbatan integratsion ta’lim muhitiga ko‘ra pragmatik o‘quv muhiti talablariga muvofiq qo‘llash asosida takomillshtirilgan;
ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar innovatsion o‘quv muhitida o‘quvchilarning amaliy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga ustuvorlik berish hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining yosh, fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan konstruktiv loyihalarni o‘quv jarayonining pragmatik talablariga metodik jihatdan moslashtirish asosida aniqlshtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida xalqaro baholash tadqiqotlari asosida zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligi ko‘nikmalarini xalqaro baholash dasturi talablari asosida shakllantirishda PIRLS xalqaro baholash dasturi konsepsiyasiga muvofiq tayanch ko‘nikmalarni shakllantirishga fanlararo integratsiyani o‘quvchilarning rivojlanish vektoriga ko‘ra vertikal va gorizontal ta’minlash tamoyiliga muvofiq ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish tuzilmasi va komponentlari, o‘qitishning zamonaviy paradigmalarini o‘quvchilarning motivatsion preferensiyalarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ergonomik xususiyatlariga ko‘ra ta’limiy jarayonining kognitiv, operatsion-texnologik, refleksiv-baholash bosqichlariga muvofiq tizimli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishning didaktik tizimi va metodik ta’minoti bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan, Samarqand, Farg‘ona viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 15-avgustdagi 01/11-1-571-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o’quvchilarida zamonaviy ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyasi takomillashtirilgan;
ta’lim standartlarida uyg‘unlik, umumiylik va yondashuvlarning yaxlitlashuvi bilan bog‘liq tendensiyani ta’lim mazmunining amaliy ahamiyatini oshirishga nisbatan integratsion ta’lim muhitiga ko‘ra pragmatik o‘quv muhiti talablariga muvofiq qo‘llash asosida takomillshtirilgan boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida zamonaviy ko‘nikmalarni xalqaro baholash dasturlari asosida shakllantirishning innovatsion modeliga oid taklif va tavsiyalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022 yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli”FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 13-avgustdagi 89-son ma’lumotnoma) Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zamonaviy ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyasi takomillashtirilgan;
innovatsion o‘quv muhitida o‘quvchilarning amaliy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga ustuvorlik berish hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining yosh, fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan konstruktiv loyihalarni o‘quv jarayonining pragmatik talablariga metodik jihatdan moslashtirish asosida aniqlshtirilgan ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2024-yil 08-avgustdagi 04-36-923-son ma’lumotnoma) Natijada, ko‘rsatuvlar o‘quvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.