Babaeva Sevara Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Isajon Sulton romanlarida badiiy tafakkur tadriji”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2186.
Ilmiy rahbar: Fayzullaeva Obidaxon Xolbekovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: Hamroqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Islomjon Ahmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universitetini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Isajon Sulton romanlarida muallif badiiy tafakkuri individual xususiyatlarining badiiy asar talqinida namoyon bo‘lishi masalasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy asar kontekstida badiiy tafakkurning pedagogika, psixologiya, mantiq, estetika kabi boshqa sohalar, shuningdek, muallif badiiy tafakkurining ijod jarayoni va ong oqimi bilan bog‘liqligi, ijtimoiy hayot tavsifi va ijodkor shaxsiy “men”ining uyg‘unlashuvi asosida badiiy tafakkurning yangi qirralari Isajon Sulton romanlari misolida ochib berilgan;
Isajon Sulton romanlaridagi g‘oya davomiyligi, biri ikkinchisidan o‘sib chiqqan obrazlarning mavjudligi, sayyor syujetlarning zanjir sifatida bog‘lab tadqiq etish imkoniyatini berishi kabi jihatlar mazkur romanlar bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan badiiy tafakkurning tadrijini namoyon qiluvchi va o‘zaro ta’sir asosida yozilgan asarlar ekanligi isbotlangan;
mustaqillik davri o‘zbek romanlarida psixopoetik matn, falsafiy dunyoqarash, ramziylikning ustuvor jihatlari, intertekstuallik, romanlarda Sharq va G‘arb an’analarining badiiy sintezi jarayoni, xaos olam tasviri orqali kosmik mantiq paydo qilish xususiyatlari asosida yozuvchining san’at asarlarini yaratish va idrok etish, inson tafakkuri oqimining asosiy va o‘ziga xos tabiati, yakuniy maqsadlari, ijtimoiy funksiyalari va amaliyotiga kiritish usullari kabi o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan;
Isajon Sulton romanlarida badiiy tafakkurning poetik xususiyatlari, tasavvufiy qarashlar ifodasi va unda komil inson masalasining badiiy talqini, tarixiylik tamoyili hamda badiiy mahorat masalalarining berilishi asosida o‘zbek nasrida ijodkor inson va badiiy tafakkurning mumtoz adabiyotga oid bilimlar bilan sintezlashganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Isajon Sultonning romanlarida badiiy tafakkurning tadriji masalasini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Isajon Sulton romanlarida badiiy tafakkurning poetik xususiyatlari, tasavvufiy qarashlar ifodasi va unda komil inson masalasining badiiy talqini, tarixiylik tamoyili hamda badiiy mahorat masalalarining berilishi asosida o‘zbek nasrida ijodkor inson va badiiy tafakkurning mumtoz adabiyotga oid bilimlar bilan sintezlashganligiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini yaratish mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 13-maydagi 01-10/933-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek adabiyotida muallif badiiy tafakkuri hamda roman janrining nazariy belgilari orqali badiiy-estetik tahlillar mazmunining boyishiga erishilgan;
mustaqillik davri o‘zbek romanlarida psixopoetik matn, falsafiy dunyoqarash, ramziylikning ustuvor jihatlari, intertekstuallik, romanlarda Sharq va G‘arb an’analarining badiiy sintezi jarayoni, xaos olam tasviri orqali kosmik mantiq paydo qilish xususiyatlarining tahlili asosida yozuvchining san’at asarlarini yaratish va idrok etish, inson tafakkuri oqimining asosiy va o‘ziga xos tabiati, yakuniy maqsadlari, ijtimoiy funksiyalari va amaliyotiga kiritish usullari kabi o‘ziga xos jihatlari ochib berilganligiga doir ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258-raqamli O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 21-dekabrdagi 01/4-3524-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek romanchiligida chet tilidagi so‘zlar va matnlarning o‘rinli tarzda qo‘llanilishi, yangilangan adabiy-estetik tafakkurning in’ikos etishi, muallif poetik mahorati kabi muammolarini ochib berishga imkon bergan;
Isajon Sulton romanlaridagi g‘oya davomiyligi, biri ikkinchisidan o‘sib chiqqan obrazlarning mavjudligi, sayyor syujetlarning zanjir sifatida bog‘lab tadqiq etish imkoniyatini berishi kabi jihatlar mazkur romanlar bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan badiiy tafakkurning tadrijini namoyon qiluvchi va o‘zaro ta’sir asosida yozilgan asarlar ekanligiga doir masalalar yuzasidan chiqarilgan ilmiy xulosalardan Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Mutolaa”, “Biz suv ichgan daryolar” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 25-oktyabrdagi 294- va 295-son ma’lumotnomalari). Natijada, mazkur ko‘rsatuvlar yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasining yanada yuksalishiga xizmat qilgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish