Azizova Nodira Mannapovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): «Qishloq joylarda xotin-qizlar farovonligining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari (sotsiologik tahlil)» 22.00.02 – Ijtimoiy institutlar, ijtimoiy tuzilma va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/S71.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Latipova Nodira Muxtorjonovna sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori, professor Nurmatova Mukarram Axmedovna, siyosiy fanlar doktori, professor Jalilov Aktam Tashnazarovich.
Yetakchi tashkilot: Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi “Ijtimoiy fikr”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq joylarida yashovchi xotin-qizlarning farovonligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni aniqlash va ularning farovonligini oshirish va teng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mintaqaviy va har bir mahallada mavjud bo‘lgan resurslaridan foydalanish asosida mahalliy aktivlarga asoslangan jamiyatni rivojlantirish, ma’naviy meros, mahalliy hunarmandchilik, agro-logistic, milliy organik qishloq ho‘jalik mahsulotlaridan foydalangan holda turizmning zamonaviy yo‘nalishlarini (Historical-cultural Heritage, Eco Village, Eco farm, Art tourizm, Etnhnic tourizm) rivojlantirishga erishilishi sotsiologik asoslantirilgan;
oila institutlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan integral indikatorlarning  belgilanishi (ma’naviy qadriyatlar, demografik ko‘rsatkichlar, ijtimoiylashuv darajasi, shaxslarning jamiyatdagi o‘rni, o‘zgarishlardagi inklyuzivlik darajasi, salomatlik holati, ijtimoiy himoya tizimi, ma’lumoti, huquqiy muhofaza, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishi, bo‘sh vaqt sharoitlari) qishloq joylarida yashovchi ayollarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy ahvolini yanada yahshilashga erishilishi sotsiologik asoslantirilgan;
xalqaro integratsiyalashgan gender ko‘rsatkichlari asosida kombinatsiyalangan yondashuvlarning (sifat va miqdor, hududiy xususiyat, ayollar) mahallada qo‘llanilishi samaradorligi jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarning ishsizligini mikro va makro darajada kamaytirilishiga erishilishi sotsiologik asoslantirilgan;
xalqaro tajribaga asoslangan ayollarga individual takomillashish balansini qo‘llash (Leaky Bucket, Smart Village, Community centres, Smart Extension Services, Smart greenhouse, Food Safety), dunyoqarashini kengaytirish va inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirilgan gender byudjetni shakllantirishni qo‘llab-quvvatlovchi vositalarning mahallalarda qo‘llanilishi sotsiologik asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq joylarda yashovchi xotin-qizlarining farovonligining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini o‘rganish natijalari asosida:
mintaqaviy va har bir mahallada mavjud bo‘lgan resurslaridan foydalanish asosida mahalliy aktivlarga asoslangan jamiyatni rivojlantirish, ma’naviy meros, mahalliy hunarmandchilik, agro-logistic, milliy organik qishloq ho‘jalik mahsulotlaridan foydalangan holda turizmning zamonaviy yo‘nalishlarini (Historical-cultural Heritage, Eco Village, Eco farm, Art tourizm, Etnhnic tourizm) rivojlantirishga erishilishi sotsiologik asoslantirilganligidan Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorida (3- va 4-bo‘limlar, 4-paragraf) belgilangan qo‘shimcha ish o‘rinlaridan foydalanish uchun teng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha asosiy dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oil va Xotin-Qizlar Davlat Qo‘mitasining 2022 yil 5 avgustdagi 01-02/302-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  xotin-qizlarning oilani mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, tadbirkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etishdagi rolini oshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish imkonini bergan;
oila institutlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan integral indikatorlarning  belgilanishi (ma’naviy qadriyatlar, demografik ko‘rsatkichlar, ijtimoiylashuv darajasi, shaxslarning jamiyatdagi o‘rni, o‘zgarishlardagi inklyuzivlik darajasi, salomatlik holati, ijtimoiy himoya tizimi, ma’lumoti, huquqiy muhofaza, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishi, bo‘sh vaqt sharoitlari) qishloq joylarida yashovchi ayollarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy ahvolini yanada yahshilashga erishilishi sotsiologik asoslantirilganligidan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil
31 maydagi 08/34-04/3520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  mamlakatimizning chekka hududlarida yashovchi xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha mintaqaviy va har bir mahallada mavjud bo‘lgan resurslaridan foydalanish asosida zamonaviy yo‘nalishlarni taklif etib, ularni bajarish uchun ilmiy va amaliy mexanizmlarini ishlab chiqishiga xizmat qilgan.
xalqaro integratsiyalashgan gender ko‘rsatkichlari asosida kombinatsiyalangan yondashuvlarning (sifat va miqdor, hududiy xususiyat, ayollar) mahallada qo‘llanilishi samaradorligi jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarning ishsizligini mikro va makro darajada kamaytirilishiga erishilishi sotsiologik asoslantirilganligidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining  “O‘zbekiston fuqarolari gender tengligi to‘g‘risida”gi ilmiy-tadqiqot faoliyatida qishloq joylarida yashovchi xotin-qizlari farovonligi darajasini o‘lchash bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni joriy etishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 03/24/2022 yildagi 01-16/75-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sotsiologik tadqiqotlar so‘rovnomalari va tadqiqot otqazish usullari  oila institutlarini mustahkamlashga va ularning faravonligini oshirishga yo‘naltirilgan integral indikatorlar bilan boyitilgan;
xalqaro tajribaga asoslangan ayollarga individual takomillashish balansini qo‘llash (Leaky Bucket, Smart Village, Community centres, Smart Extension Services, Smart greenhouse, Food Safety), dunyoqarashini kengaytirish va inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirilgan gender byudjetni shakllantirishni qo‘llab-quvvatlovchi vositalarning mahallalarda qo‘llanilishi sotsiologik asoslantirilganligidan “Mahalliy hamjamiyatlarni barqaror rivojlantirish” dasturi va “Gender harakat rejalari” dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l jamg‘armasi qoshidagi Loyihani Amalga oshirish Guruhining 2022 yil 29 apreldagi 02/12-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Raspublikasi Vazirlar  Mahkamasining Qarorida “Mahalliy hamjamiyatlarni barqaror rivojlantirish” dasturi va O‘zbekiston Respublika Transport vazirligi “Gender harakat rejalari” dasturida qishloq joylarda yashuvchi ayollarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy ahvolini yanada yahshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish