Ixtiyarov Farhod Akmalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): «Inson kapitalini keys metodi asosida rivojlantirishning sotsiologik xususiyatlari». 22.00.02 - Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/S143.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti Buxoro Tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karimov Bobir Sharopovich sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor v.b.
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professor Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich; psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Hayitov Oybek Eshboeyich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keys metodi asosida inson kapitalini rivojlanish imkoniyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ijtimoiy munosabatlar inson kapitalining determinanti sifatida jamiyatdagi ijtimoiy o‘lchovlarni birlashtirgan kompozit indekslar (daromad, ta’lim, salomatlik, ma’naviy-ma’rifiy, axborotlarga egalik, xorijiy tillarni bilish darajasi, madaniy hordiq va dam olish, o‘zini namoyon qilish) yaxlitligini ta’minlovchi pragmatik ijtimoiy-madaniy indikatorlar keys metodi asosida ishlab chiqilgan;
inson salohiyatini yuksaltirishga imkon yaratuvchi shaxsning anglangan ehtiyoji, qobiliyati va manfaatining maqbul nisbati ijtimoiy faoliyat orqali jamiyatga foydalilik darajasi sotsiologik asoslantirilgan;
shaxs rivojlanishi va sotsial taraqqiyot omillarining ijtimoiy jihatlarini takomillashtirishga yonaltirilgan inson kapitalining yosh, jins, kasb va hudud kesimlarida mutanosib rivojlantirishning ijtimoiy modeli ishlab chiqilgan;
inson kapitali tranzitiv jamoalarda o‘zgaruvchan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida sotsiologik asoslanib, bu hodisani mamlakatimizdagi «inson-jamiyat-davlat» uchligida manzilli va maqsadli rivojlantirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Keys metodi asosida inson kapitalini rivojlantirish va barqaror taraqqiyotga erishishni ta’minlashda ijtimoiy faktoplar va inson salohiyatini tashkil etuvchi omillarining o‘zaro bog‘liqligilini tadqiq etish asosida:
ijtimoiy munosabatlar inson kapitalining determinanti sifatida jamiyatdagi ijtimoiy o‘lchovlarni birlashtirgan kompozit indekslar (daromad, ta’lim, salomatlik, ma’naviy-ma’rifiy, axborotlarga egalik, xorijiy tillarni bilish darajasi, madaniy hordiq va dam olish, o‘zini namoyon qilish) yaxlitligini ta’minlovchi pragmatik ijtimoiy-madaniy indikator ekanligi va keys metodi asosida rivojlantirishga oid takliflardan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining tadqiqot dasturlari doirasida foydalanilgan (Respublika «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2024 yil 25 yanvardagi 01/16–19-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sotsiologik jarayonlarda inson kapitali masalalarini tadqiq etish orqali ijtimoiy-madaniy, milliy xususiyatlarining monitoringi va ijtimoiy tendensiyalarini tahlil qilish kabi ilmiy tadqiqot xulosalari va tavsiyalaridan nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilgan;
inson salohiyatini yuksaltirishga imkon yaratuvchi shaxsning anglangan ehtiyoji, qobiliyati va manfaatining maqbul nisbati ijtimoiy faoliyat orqali jamiyatga foydalilik darajasi sotsiologik asoslantirilganligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» teleradiokanali» aksiyadorlik jamiyati «Yoshlar» telekanali «Tafakkur yo‘li» teleko‘rsatuvida ssenariy va ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanildi («Yoshlar» teleradiokanali ning 2024 yil 15 fevraldagi 14–01\26-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholining o‘zini o‘zi takomillashtirish va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi ortishiga yo‘naltirilgan teleko‘rsatuvlarning ta’sirchanligi oshdi, aholining deduktik, obrazli tafakkur imkoniyatlarini oshirishga, inson kapitalini rivojlantirishga ta’sir qilgan;
shaxs rivojlanishi va sotsial taraqqiyot omillarining ijtimoiy jihatlarini takomillashtirishga yonaltirilgan inson kapitalining yosh, jins, kasb va hudud kesimlarida mutanosib rivojlantirishning ijtimoiy modeli ishlab chiqilganligidan «Yoshlar» telekanali «Tafakkur yo‘li» teleko‘rsatuvida ssenariy va ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanildi («Yoshlar» teleradiokanali ning 2024 yil 15 fevraldagi 14–01\26-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs rivojlanishi va sotsial taraqqiyot omillarining ijtimoiy jihatlarini takomillashtirish imkonini bergan;
inson kapitali tranzitiv jamoalarda o‘zgaruvchan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida asoslanib, bu hodisani mamlakatimizdagi «inson-jamiyat-davlat» uchligida manzilli va maqsadli rivojlantirish mexanizmi Buxoro davlat universitetida o‘quv jarayonlarini tashkil etishda nazariy-metodologik asos sifatida foydalanildi. (Buxoro davlat universitetining 2024 yil 24 sentyabrdagi 02\5615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida inson kapitalini rivojlantirish ilmiy tadqiqot xulosalari va tavsiyalaridan nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilgan.