Alikarieva A’loxon Nuriddinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): «O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati boshqaruvi tizimini takomillashtirish (sotsiologik tahlil)» 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/S13.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmuradov Mansur Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: akademik, iqtisod fanlari doktori, professor Abduraxmanov Qalandar Xadjaevich, pedagogika fanlari doktori, professor Umarov Alisher Yusubjanovich, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent Seitov Azamat Pulatovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sotsiologik usullar bilan olingan empirik ma’lumotlar asosida O‘zbekiston OTMlarida ta’lim sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha samaradorlikni yanada oshirish va yangi sotsial mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston OTMlarida ta’lim sifati boshqaruvi tizimini majmuaviy yondashuv asosida takomillashtirishda milliy-mental xususiyatlarini e’tiborga olib sotsial boshqaruvning yangi mexanizmlaridan klaster usulining (muassasalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi) avfzalliklari sotsiologik asoslab berilgan;
boshqaruv sohasida xorijiy davlatlarda samarali foydalanilayotgan Deming tomonidan ishlab chiqilgan sifat darajasini aniqlash PDCA (Plan, Do, Chesk, Act) sikli metodologiyasini O‘zbekistonda ta’lim sifati boshqaruviga joriy etish orqali mohiyatan o‘zgargan strategiya, amaliyot, baholash, o‘zgargan yangi holat kabi ta’lim sifatini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
OTMlar faoliyatining sifat darajasini obektiv baholashda professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish, talabalar mustaqil ta’lim olishini kuchaytirish, korrupsion holatlarni oldini olishga yo‘naltirilgan majmuaviy grafik usuli ishlab chiqilgan;
ta’limda grafik usulidagi modellashtirishdan foydalanish hamda muammolarning og‘zaki va vizual tarzda taqdim etilishi orqali, real vaqt rejimida va dinamikada oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshlik parametrlarining tahlil va qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan ko‘pqirrali ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan;
OTMlarda ta’lim sifati boshqaruvi tizimining sotsial mexanizmlari hisoblangan kvalimetrik yondashuv, klaster, modellashtirish usullari asosida takomillashtirishda sotsiologik, korrelyasion, o‘lchov nazariyasi va matematik statistikaning konseptual qoidalari ijtimoiy asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. OTMlarda ta’lim sifati boshqaruvi tizimini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston OTMlarida ta’lim sifati boshqaruvi tizimini majmuaviy yondashuv asosida takomillashtirishda milliy-mental xususiyatlarini e’tiborga olib sotsial boshqaruvning yangi mexanizmlaridan klaster usulining (muassasalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi) avfzalliklari “Mening yurtim” (MY5) telekanalining 2022-yilning 05-may hamda 2023-yilning 07-iyun kunlari efirga uzatilgan “Ochiqcha gaplashamiz” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda asos sifatida foydalanilgan (“Umarov energy productions” MChJ xususiy telekanalning 2023-yil 29-avgustdagi 5-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tavsiyalarning qo‘llanishi natijasida ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga hamda salohiyatini oshirishga, teleradiokompaniya muxlislarini esa oliy ta’lim sifatini oshirish orqali yangi va kuchli mutaxassislarni tayyorlash, yoshlarning ijodiy fikrlarini boyitish, ma’naviy qiyofasini shakllantirish, O‘zbekistonda ijtimoiy davlat qurishning asosiy yo‘llarini yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini qondirishga xizmat qilgan.
boshqaruv sohasida xorijiy davlatlarda samarali foydalanilayotgan Deming tomonidan ishlab chiqilgan sifat darajasini aniqlash PDCA (Plan, Do, Chesk, Act) sikli metodologiyasini ta’lim sifati boshqaruviga joriy etish orqali mohiyatan o‘zgargan strategiya, amaliyot, baholash, o‘zgargan yangi holat kabi ta’lim sifatini baholash mezonlari ishlab chiqilganligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son “2019-2023-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 4-komponenti 4-ilovasi 5-bandining 3-xatboshidagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, 5-komponenti 5-ilovasi 3-bandining 3-chi hamda 4-xatboshidagi matnlarni shakllantirishda, 7-komponenti 7-ilovasi 1-bandining 5-xatboshidagi chora-tadbirlar dasturini shakllantirishda, 9-komponenti 9-ilovasi 3-bandi dasturi bo‘yicha 4-chi hamda 5-chi xat boshidagi takliflarni ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada mamlakatda qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarining tayyorlanishida ilmiy tadqiqot ishning ilmiy takliflari va tavsiyalaridan maqsadli foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 12-sentyabrdagi №04/11-5565-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif-tavsiya va xulosalar mamlakatimizda ta’lim sifati boshqaruvi tizimini rivojlantirishni takomillashtirish hamda ilg‘or xorijiy va milliy nazariy-metodologik vositalardan foydalanish asosida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazishning sifat jihatidan yangi va zamonaviy tadqiqot amaliyotini shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.
OTMlar faoliyatining sifat darajasini obektiv baholashda professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish, talabalar mustaqil ta’lim olishini kuchaytirish, korrupsion holatlarni oldini olishga yo‘naltirilgan majmuaviy grafik usuli ishlab chiqilganligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonunining 4-moddasini “ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi” jumlalari bilan, 5-moddasini “aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish” jumlalari bilan to‘ldirishda inobatga olingan. Shuningdek, 30-moddasidagi 1-chi, 2-chi, 3-chi hamda 4-chi xat boshilarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish Qo‘mitasining 2023-yil 8-sentyabrdagi №69-sonli dalolatnomasi). Natijada, korrupsiyaga oid talabalar orasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijalari orqali ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish chora-tadbirlariga oid takliflar hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirishga hamda mazkur bandning ijrosi bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotnomalarning nazariy-metodologik va ilmiy-amaliy jihatdan samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.
ta’limda grafik usulidagi modellashtirishdan foydalanish hamda muammolarning og‘zaki va vizual tarzda taqdim etilishi orqali, real vaqt rejimida va dinamikada oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshlik parametrlarining tahlil va qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan ko‘pqirrali ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini ishlab chiqishda, jumladan, qonunning 26-moddasini “ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi; “ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash tartibini belgilaydi; ta’lim tashkilotlarida kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, o‘quv dasturlarini takomillashtiradi” jumlalari bilan, 36-moddasini “yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o‘tkazishga hamda ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan” jumlasi bilan, 41-moddasini “ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish; ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining o‘sishini va sifatining oshishini rag‘batlantirish; pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish; o‘qitish sifatining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish; mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadlarida belgilanadi” jumlalari bilan, 43-moddasini “ta’lim tashkilotlari ta’lim sifati ustidan nazoratni amalga oshirishda ta’lim inspeksiyasiga, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga ko‘maklashadi” jumlasi bilan to‘ldirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining 2023-yil 13-sentyabrdagi №09-12/1940-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, raqamlashtirish tizimining yaratilishi va joriy etilishi ta’lim sifati boshqaruvi tizimini mutlaqo yangi taraqqiyot darajasiga olib chiqishda va ta’lim tizimi rivojini ta’minlashda xizmat qilish imkonini bergan.
OTMlarda ta’lim sifati boshqaruvi tizimining sotsial mexanizmlari hisoblangan kvalimetrik yondashuv, klaster, modellashtirish usullari asosida takomillashtirishda sotsiologik, korrelyasion, o‘lchov nazariyasi va matematik statistikaning konseptual qoidalari ijtimoiy asoslantirilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5667-son “Sotsiologik tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Farmoni: kirish qismi 2-bandining a) xatboshisida ijtimoiy sohada – aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga, uning bandligini ta’minlashga, real daromadlarini oshirishga va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirishga, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, madaniyat, san’at, sport, ilm-fan va boshqa yo‘nalishlarning sifatini oshirishga, davlatning yoshlarga oid siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini bajarishga yo‘naltirilgan islohotlar borasidagi takliflardan; 9-bandning 5-xatboshisida sifatli ma’lumotlarni to‘plash zamonaviy usuli, ko‘p omilli va samarali tadqiqotlar natijasida matematik-statistik modellashtirishni qo‘llanilish amaliyotini shakllantirish haqidagi takliflardan foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2023-yil 13-sentyabrdagi № 01-16/152 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sifati boshqaruvi tizimini rivojlantirishni takomillashtirish hamda konkret sharoitlarda oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim bo‘lgan omillarni aniqlashga hamda ushbu muhimlikning miqdoriy tavsifini olishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish